15-maruza. Elektron hukumat reja: Elektron hukumat tushunchasi


elektron davlat xizmatining reglamenti



Yüklə 39,79 Kb.
səhifə2/4
tarix21.10.2023
ölçüsü39,79 Kb.
#159072
1   2   3   4
Elektron hukumat.

elektron davlat xizmatining reglamenti — elektron davlat xizmati ko‘rsatishga doir 
tartibni va talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat; elektron davlat xizmati — axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati.
Elektron hukumatni turlicha ta’riflash mumkin. Keng ma’noda, elektron hukumatning 
vazifalari va xizmatlar ko‘rsatishi hamda faoliyatini rivojlantirish uchun AKTni qo‘llash 
ko‘rinishida belgilanishi mumkin. Shuningdek, elektron hukumatni ― davlat oganlari 
ko‘rsatayotgan hizmatlarning, ochiqligi, shaffofligi, shuningdek, samaradorligi va sifatini oshirish 
maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish usuli deb tushunish ham o‘rinlidir. Bundan 
tashqari, elektron hukumatni AKTni ko‘llagan holda davlat organlarining yanada samarali faoliyat 
ko‘rsatishi hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga sifatli xizmatlar ko‘rsatish tizimi deb 
ta’riflash mumkin.
E-xizmatlarning yana bir muhim jihati shundaki, ular davlat organlari faoliyatining 
ochiqligi va shaffofligini ta’minlash barobarida nafaqat shu tashkilotning, balki butun 
mamlakatning umumiy imijini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, elektron hukumat atamalarini quyidagi to‘rtta asosiy qismlar orqali 
umumlashtirsa bo‘ladi.
Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi:
1. AKT dan foydalanish (kompyutertarmoqlari, internet, faks va telefon);
2. Hukumat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash (axborot bilan ta’minlash, xizmatlar, mahsulotlar, 
ma’muriy boshqaruv);
3. Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi aloqa kanallarini yaratish, siyosiy 
yoki ma’muriy jarayonlarga fuqarolarni targ‘ibot va tashviqotlar orqali jalb qilish);
4. Belgilangan strategiyalarga mos ravishda ishtirokchilarnin gtegishli jarayonlarda qatnashish 
faolligini belgilash.
Elektron hukumatning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
– davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning 
mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot 
almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish;
– ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan o‘zaro 
munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlar yaratish; – 
o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma’lumotlar bazalarini, 
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona 
reyestrini shakllantirish; – aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga 
oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o‘zaro hamkorligi va ularning 
ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga 
davlat boshqaruvi tizimida «Yagona oyna» tamoyilini joriy etish;
– tadbirkorlik subyektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan statistika 
hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar 
berishda, shuningdek davlat organlaridan axborot olish jarayonlarida elektron hujjat 
aylanishidan foydalanishga o‘tkazish;
– tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog‘I orqali mahsulotni 
sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek kommunal 
xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq to‘lashning 
avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish;
– naqd bo‘lmagan elektron to‘lovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish 
tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish.

Yüklə 39,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin