Boshlang’ich ta’lim metodikasi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə1/2
tarix18.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#183919
  1   2
Презентация PPT (2)

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim va gumanitar fanlar fakulteti “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o’qituvchi Asror Pardayevning matematika o’qitish metodikasi fanidan ochiq darsi

Mavzu:Matnli masalalar ustida ishlash metodikasi. Masalalar ustida ishlash metodikasining umumiy vazifalari.


Samarqand 2023

Mavzu: Matnli masalalar ustida ishlash metodikasi. Masalalar ustida ishlash metodikasining umumiy vazifalari.


MASALA YECHISHNI BIRGALIKDA
OʻRGANAMIZ
Masala nima? Har qanday matnli masala - bu hodisani (vaziyatni, jarayonni) tavsiflashdir. Shu nuqtai nazardan, matnli masala hodisaning (vaziyat, jarayon) og'zaki modelidir va har qanday modelda bo'lgani kabi, matnli masala ham butun hodisani bir butun sifatida emas, balki faqat ba'zi jihatlarini, asosan uning miqdoriy xususiyatlarini tavsiflaydi.
Har qanday matnli masala ikki qismdan iborat - shartlar va talablar (savollar). Shartlarda ob'ektlar va ob'ektning ba'zi raqamli ma'lumotlari, ular orasidagi ma'lum va noma'lum qiymatlar to'g'risida ma'lumot beradi. Masalaga qo'yiladigan talablar - bu topish kerak bo'lgan ma’lumotdir. Bu buyruq yoki so'roq shaklidagi jumlalar bilan
ifodalanadi.
Har qanday masalani ishlash quyidagicha boshlanadi:
1) Oʻquvchilar mustaqil ravishda masala sharti bilan tanishadilar.
2) Oʻquvchilardan biri masalani baland ovozda oʻqiydi, u matnni
shuday oʻqishi kerakki, masala sharti hammaga tushunarli boʻlishi zarur.
2) Soʻng oʻquvchilar birgalikda masalani tahlil qiladilar.
3) Masalada asosiy jumlalarni ajratib koʻrsatishlari kerak va masalani qisqa shartini yozadilar.
4) Masalani yechishning qisqa rejasini tuzadilar.
5) Masala modelini tanlaydilar (rasm, chizma, jadval).
6) Yechish usuli tanlanadi.
7) Masala savoliga javob beradilar.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin