Real vaqt tizimi. Dasturiy tizim «real vaqt tizimi» bolib hisoblanadi, ishning muvaffaqiyati nafaqat uning mantiqiy togriligidan, balki olingan natijalar vaqtiga ham bogliq. Agar bunday tizim vaqtli cheklanishni qoniqtirmasa, unda uning ishidagi adashishlar qayd qilinishi lozim. POSIX 1003. 1-standarti «real vaqt» deganda, bu tizimning malum vaqt oraligida servisning talab qilingan darajasi bilan taminlash deb tariflaydi. Shunday qilib, tizimning oldindan bashorat qilinmagan tashqi hodisalarining paydo bolishiga vaqtning oldindan bashorat qilingan reaksiyasi real vaqt tizimining chegarasi bolib hisoblanadi. Bazida real vaqt tizimi tushunchasi «tezkor tizim» bilan tenglashtiriladi, biroq bu har doim ham togri bolavermaydi, chunki tizimning ushlanib qolish reaksiyasining vaqti emas, balki korib chiqilayotgan vazifa uchun yetarli bolgan vaqt muhimdir va u kafolatlangan bolishi lozim.
Kopgina amaliy sohalarda «real vaqt»ga ozgacha tushuncha bilan qaraladi. Signallarga raqamli ishlov berish sohasidan misol qilib keltiramiz. Agar audio malumotlarga ishlov berishda tovushning har bir T soniyasi tahliliga T dan oshib ketuvchi vaqt kerak boladigan bolsa, bunday ishlov berish jarayoni real vaqt jarayoni bolib hisoblanmaydi. Agar T soniyadan kam talab qilinsa, bu endi real vaqt jarayoni bolib hisoblanadi. «Qattiq» va «yumshoq» real vaqt tizimi ajratiladi. «Qattiq» real vaqt tizimi malum interval vaqtida harakatlarni bajarishni taminlaydi. Odatda, bunday kafolatlar reaksiyaning ornatilgan muddatidan chetga chiqishi tizimning ishlash qobiliyatining faqat buzilishiga olib keluvchi tizimlar uchun talab qilinadi. Bunga oxshash jamlanma quyidagilarni oz ichiga oladi:
Boshqarish oqimi.
Vazifalarni rejalashtirishning maxsus oqimi.
Real vaqt signallari.
Sinxronizatsiya vositalari.
Yuqori oqimli taymerlar.
Sinxron kirish chiqish.
Linux operatsion tizimida real vaqt. Linux operatsion tizimi real vaqtda vazifalarni yechish uchun yuqorida qayd qilingan maxsus vositalarni qollab-quvvatlashni taminlaydi. Biroq u qatiy qilib aytganda, real vaqtning operatsion tizimi bolib hisoblanmaydi. Real vaqt tizimini baholashda ikkita muhim xarakteristikadan foydalaniladi:
uzilishga javob vaqti uzishni talab qilish va uzishga ishlov berish funksiyasini bajarishni boshlash fursati orasidagi vaqt;
boshqaruv oqimiga javob berish vaqti («latency») uzishni talab qilish va ushbu uzilishga bolgan reaksiyaga javob beruvchi oqimni bajarishni boshlash fursati orasidagi vaqt. U, xususan, uzishga javob vaqti, rejalashtirishni toxtatib turish, kontekstni ozgartirish vaqtini oz ichiga oladi.
Linux operatsion tizimi uchun korsatilgan xarakteristikalardan ikkinchisining qiymati 110 msni tashkil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, ishlov berish vazifalari va real vaqtda boshqarish holatlarida chaqiriqqa talab qilingan vaqt 1 m sekunddan kamni tashkil qilsa, «Linux»dan foydalanish muammoli bolib qoladi. Shu bilan birga, yumshoq vaqtning kopgina vazifalari «Linux» boshqaruvi ostida muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Keltirilgan javob vaqtini baholash oddiy foydalanuvchi jarayonlar uchun maqul. Bir vaqtning ozida bu qiymatlar tizimning superfoydalanuvchisi nomidan ilovani yurgizib yuborish hisobiga biroz kamaytirilishi mumkin. Bu dispetcherizatsiya tuzilmasini tanlash, yuqori yechimli taymerga erishish, operativ xotirada foydalanuvchi jarayonlarga erishib bolmaydigan «svopingsiz» bazi malumotlarni majburiy ornatish qator imkoniyatlardan foydalanishga imkon yaratadi.
Superfoydalanuvchi nomidan ilovani yurgizib yuborish tizimning xavfsizligini kozda tutgan holda potensial darajada xavflidir, biroq kopgina holatlarda bunday yechimga yol qoyiladi. Qoidaga kora, yoki real vaqtning butun ilovalari, yoki uning yadrosi foydalanuvchining qanday bolmasin, ishtirokini kozda tutmaydi va mustaqil ishlovchi avtonom komponentlar korinishida amalga oshiriladi. Agar tizimning holatidan nazorat qilinishi va yoki inson tomonidan uning boshqarilishi talab qilinadigan bolsa, unda ushbu vazifalar bilan taminlash odatdagi «foydalanuvchi» zimmasiga yuklatiladi. Uning real vaqt ilovasi bilan aloqasi operatsion tizim bilan taklif qilinadigan jarayonlararo ozaro tasirning standart vositalaridan foydalaniladi. Biroq shuni yodda saqlash muhimki, «Linux» «qattiq» real vaqt ilovalarini bajarish uchun moljallanmagan. Umumiy maqsaddagi barcha operatsion tizimlarga oxshab «Linux» eng yomon holatni korib chiqish orniga ortacha ishlab chiqarish korsatkichini maksimallashtirishga harakat qiladi. Eng yomon holatlarda uzilishga ishlov berishdagi ishlab chiqarish nihoyatda yuqori emas. Ishlab chiqarishni oshirishda qollanilayotgan usullarning kopchiligi eng yomon holatlarda reaksiyaning vaqtini oshirish bilan «orta holatda» vaqtning kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga, «qattiq» real vaqt ilovalari uchun RTLinux kabi Linuxga maxsus kengaytmalar mavjud.