kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti IS = const bo‘lgandagi . (10)
Kichik signal parametrlari o‘zaro ifoda bilan bog‘langan.
Stok-zatvor xarakteristika tikligi USI kuchlanishning o‘zgarmas qiymatlarida topiladi. To‘yinish sohasida tiklik (8) ifodadan aniqlanadi.
, (11)
(UZI - U0)=1V bo‘lganda S=V, shuning uchun V parametr solishtirma tiklik deb ataladi.
Yuqoridagi ifodalardan S=f(IC) bog‘lanishni
(12)
ko‘rinishda topamiz.
Ichki qarshilikning eng kichik qiymatlari chiqish xarakteristikalarning tik sohalariga mos keladi. To‘yinish rejimida qarshilikni e’tiborga olgan holda,
(13)
ifodadan topiladi.
Stok tokining temperaturaga bog‘liqligi
MDYa – tranzistorning stok toki IC o‘zgarmas bo‘sag‘aviy kuchlanish U0 qiymatida yuqoridagi ifodaga muvofiq solishtirma tiklik V ga, u esa yuqoridagi ifodaga muvofiq kanaldagi zaryad tashuvchilar harakatchanligi μ ga proporsional. Zaryad tashuvchilar xarakatchanligi temperatura ortishi bilan kamayadi va o‘z navbatida stok tokining kamayishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan, temperatura ortishi bilan bo‘sag‘aviy kuchlanish U0 kamayadi. Shunday qilib, ikkala omil stok tokiga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi va bir-birini kompensatsiyalashi mumkin. Natijada, MDYa – tranzistorning stok-zatvor xarakteristikasida stok toki temperaturaga bog‘liq bo‘lmagan ishchi nuqta mavjud bo‘lishi kerak. Bunday nuqta termobarqaror nuqta deyiladi. Termobarqaror nuqtaning mavjudligi kanali p-n o‘tish bilan boshqariluvchi MTlar uchun ham tegishlidir.
MT odatda, katta stok toklarda ishlagani munosabati bilan tranzistor kuchaytirgich kaskadida ishlaganda bunday ishchi nuqtani hamma vaqt ham topib bo‘lmaydi.
Umuman, MTlarning temperatura koeffitsiyenti BTlarning temperatura koeffitsiyentiga nisbatan ancha yaxshi va odatda temperatura bir gradusga o‘zgarganda 0,2% dan oshmaydi. Temperatura ortishi bilan stok toki kamayadi. Buning sababi tushunarli. BTlarda noasosiy zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi temperatura ortishi bilan eksponensial qonuniyat bo‘yicha ortuvchi tok bilan aniqlanadi. MTlarda temperatura ta’sirida asosiy zaryad tashuvchilarning konsentratsiyasi deyarli o‘zgarmaydigan harakati tokni belgilaydi.
MDYa – tranzistorlarda temperatura ortishi bilan stok toki kamayadi. Bu zaryad tashuvchilar harakatchanligi kamayganda yarimo‘tkazgich qarshiligining ortishi bilan tushuntiriladi. Temperaturaning ortishi zaryad tashuvchilar konsentratsiyasining ortishiga, u esa, stok tokining ortishiga olib keladi. Stok tokining absolyut qiymati bularning birgalikdagi ta’siri bilan aniqlanadi. Katta stok toklar rejimida temperaturaning ortishi stok tokining kamayishiga olib keladi.