Maksvell nazariyasiga binoan, jism sirtiga tushayotgan ‘ar qanday elektromagnit to’lqin jismga bosim beradi. Bu bosim R=w(1+), w - sirtga tushayotgan yorug’lik dastasi energiyasining ‘ajmiy zichligi, - sirtning yorug’lik qaytarish koeffitsienti. Yorug’lik bosimini birinchi bo’lib 1900 yilda P.N. Lebedev tajribada aniqladi: osongina buriladigan parrakning qanotlaridan biri qoraytirilgan, ikinchisi esa yaltiroq qilib yasalgan (15.9-rasm). Bu qanotlarni navbatma-navbat yoritish natijasida ‘osil bo’ladigan parakklarning buralishlri taqqoslanadi. Yaltiroq sirt uchun =1. SHuning uchun Rya = (1+)=2w. Yorug’likni to’la yutuvchi qoraytirilgan sirt uchun =0. Natijada
Rq = (1+)=
Nisbati
Rya / Rk = 2,
Tajriba bu natijani tasdiqladi.
Yorug’lik bosimini kvant tasavvurlar asosida ‘am tushuntirish mumkin.
KOMPTON EFFEKTI
Yorug’likning korpuskulyar xossalari Kompton effektida yorqin nomoyon bo’ladi. Amerikalik fizik Kompton 1923 yilda yengil atomli moddalarda monoxromatik rentgen nurlarining sochilishini o’rganayotib, sochilgan nurlanish tarkibida birlamchi to’lqin uzunlikli nurlanish bilan birga kattaroq to’lqin uzunlikli nurlanish borligini aniqladi. Tajribalar =- farq tushuvchi nurlanishning to’lqin uzunligi , sochuvchi jismga bog’liq bo’lmay, faqat sochilish burchagi ga bog’liqligini ko’rsatdi:
= - = 2 s sin2 /2
bu yerdagi skompton doimiysi deb ataladi va u s=2,41.10-12 m ga teng. 15.10 -rasmda ko’rsatilgan D1, D2 diafragmalardan o’tgan ingichka rentgen nurlari Kr kristallga tushadi. Sochilgan nurlanishni Sn - spektrograf yordamida tekshirish mumkin. Nurlanish yo’nalishda (=0) o’zgarmaydi, boshqa yo’nalishlarda sin2 /2.
SHunday qilib, Kompton effekti deb nurlanish (rentgen, - nurlanish) moddaning erkin elektronlarida sochilishi natijasida to’qin uzunligining ortishiga aytiladi.
To’lqin nazariya nuqtai nazaridan bu xodisani tushintirib bo’lmaydi. Elektron yorug’lik to’lqini taosirida shu to’lqin chastotasiga teng chastota bilan tebranishi va shu chastotaga teng to’lqin nurlantirishi kerak.
Kvant nuqtai nazariga ko’ra rentgen fotonlarining kristall elektronlari bilan taosirlashganda yuqoridagi ifoda ‘osil bo’ladi bunda s=h/m0c. ‘isob-kitoblar s uchun yuqoridagi son qiymatini beradi.