15-mavzu: Grafik organayzerlar. Reja: Interfaol metodlar mohiyati. Ularni ta’lim jarayonida qo’llash



Yüklə 38,37 Kb.
səhifə4/8
tarix20.11.2023
ölçüsü38,37 Kb.
#164007
1   2   3   4   5   6   7   8
15-mavzu Grafik organayzerlar. Reja Interfaol metodlar mohiyat

birinchidan, o’quv mashg’ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog’liq;

  • ikkinchidan, bayon qilinadshan materialning harakteriga bog’liq;

  • uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog’liq;

  • to’rtinchidan, o’quv jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog’liq;

  • beshinchidan, oliy o’quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog’liq;

  • oltinchidan, o’quv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bog’liq;

  • yettinchidan, o’qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o’quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o’qituvchining hozirgi zamon metodlari bo’yicha bilimlariga bog’liq.

    Shunday qilib, oliy ta’lim muassasalaridagi kasbiy ta’lim jarayoni o’qitishning zamonaviy shakl va metodlariga muvofiq tashkil etiladigan ko’pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl o’z oldiga qo’ygan vazifalarni bajaradi, lekin shakl va metodlar to’plami yagona didaktik majmuani hosil qiladi. Bu didaktik majmuaning amalga oshirilishi esa, o’quv jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi.
    Keyingi maqolalarda hozir amalda ko’p qo’llanayotgan interfaol ta’lim metodlaridan ayrimlariga doir ma’lumotlar keltiriladi.
    2. Interfaol metodlarni ta’lim jarayonida qo’llash.
    Respublikamizda olib borilayotgan ta`lim-tarbiya islohotlari, mutaxassis kadrlar salohiyotini oshirishga qaratilgan bo’lib, oliy o’quv yurtlarida pedagoglarning metodik mahoratini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Pedagoglarimiz bu vaziyatdan chiqishda ularni o’z faoliyatiga tanqidiy yondashib, psixologik jihatdan qayta ko’rib chiqib, ularni yangi sharoitda bolalarga samimiy munosabatda bo’lish, ularni rivojlantirishda shaxsiy yondashuv, hamkorlik, hamijodkorlik, individuallashish asosida, ularni ta`lim - tarbiya jarayoniga motivatsiya hosil qilish orqali ta`lim jarayonida faol ishtirokini ta`minlashga barcha kuchlarini va e`tiborlarini qaratishni talab etadi.
    Agar pedagog o’zining faoliyatni kuzatib borsa, tahlil qilsa, o’ziga baho bera olsa, o’z faoliyatiga tuzatishlar, yangiliklar kirita olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
    Shu sababli ham respublikamizda interfaol metodlarni o’quv jarayoniga qo’llash keng joriy etilmog’i kerak. Bu o’z navbatida o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, demokratiyalash --tirish, liberilizatsiyalashni tashkil etishni taqozo etmoqda. Qisqa qilib aytganda, o’quv jarayoni markazida bola shaxsi, uning extiyoji bo’lmog’i lozim. O’quv jarayoni uning hoxish, istagiga qaratilgan, yo’naltirilgan bo’lmog’i talab etiladi. SHaxsga qaratilgan ta`lim bolani o’quv – biluv faoliyatini tashkil etishning harakatlantiruvchi, qiziqish, extiyojini, hoxish, istaklarini ro’yobga chiqaruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. Innovatsiya:

    • Yangilanish, o’zgarish;

    • Biror – bir yangilikni kiritish;

    • Yangilikni o’zlashtirish jarayoni.

    Innovatsiya – (inglizcha Innovation – yangilik kiritish) – tizim ichki tuzilishini o’zgartirish, amaliyot va nazariyaning muhim qismi. Innovatsion jarayonning mazmuniy tomonini o’z ichiga oladi (ilmiy g’oyalar va ularning texnologiyalarini amaliyotga kiritish).

    Demak, faqatgina innovatsion jarayonlarni pedagogik tizimga bog’lash yoki kiritish orqaligina ta`limda yuqori darajalarga erishish mumkin. Bunda yangiliklarni sekinlik bilan, bosqichma – bosqich kiritish, uni qanchalik foyda keltirishini atroflicha o’ylab, o’lchab amalga kiritish maqsadga muvofiqdir. Innovatsiyalarni pala – partish, tartibsiz, oldindan natija olishni mo’ljallamay amalga oshirish zarar keltirishi ham mumkin.
    Zero, innovatsiya chuqurroq bilim olish, o’rganish, o’zlashtirish, keng hajmdagi bilimlarni olishga qaratilmog’i yaxshi natijalar berishi mumkin.
    Bular doimiy pedagogik muammo bo’lib kelayotgan: o’quv – tarbiyaviy faoliyat motivatsiyasini oshirish, dars jarayonlarida o’quv materialni hajmini oshirish, o’quv jarayonini jadallashtirish, vaqtni tejash, ko’proq ilg’or metodlardan foydalanish, o’quv – tarbiyaviy ishlarda interfaol usullardan foydalanish, ilg’or texnologiyalarni qo’llash, axborot – kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishdan iborat. YUqori natijalar beradigan yangi g’oyalar, yangi nazariy bilimlar beruvchi, insonni rivojlanishiga olib keluvchi, tom ma`nodagi innovatsiyalarni yaratish, izlash, joriy etish talab etiladi.
    Ko’plab umumiy va xususiy loyihalarni tahlil etib, pedagogik nazariya va amaliyotga tadbiq etilish xususiyat va holatlarini o’rganish asosida umum pedagogik innovatsiyalarni shunday ko’rinishda bo’lishini belgilash mumkin:


    • Juda yangi bo’lmasada, doimiy faol bo’lgan, o’zining g’oyasi – ahamiyati jihatdan eskirmagan, o’quv – tarbiya jarayoni texnologiyalarini, o’quv jarayonini optimallashtirish nazariyasi va amaliyotini;

    • Gumannistik pedagogika va uning nazariy va amaliy jihatlari texnologiyalarini;

    • Pedagogik tizim jarayonidagi boshqaruvlarni yangi g’oya, yondashuvlar asosida tashkil etilishi;

    • Yangi g’oyalarga asoslangan texnologiyalar, axborot vositalari va ommaviy kommunikatsiyalarga suyanish kabilar kiradi.

    • Innovatsiyani (yangiliklarni) bosh va asosiy yo’nalishlari qilib pedagogik sistemadagi:

    • Pedagogik sistemaning bir butunligiga;

    • O’quv muassasalari;

    • Pedagogik nazariya;

    • Pedagog;

    • Ta`lim oluvchilar;

    • Pedagogik texnologiya;

    • Mazmun;

    • SHakl, metod, vosita;

    • Boshqaruv;

    • Maqsad va natijalarni ko’rsatib o’tish mumkin.

    CHuqur o’zgarishlarni amalga oshirish orqali pedagogik tizimga ta`sir etish asosida innovatsiyani amaliyotga joriy qilish mumkin.

    1. Rus olimi YU.K.Bobanskiyning keyingi 10 yilliklar orasida fanda yangi va muhim yo’nalish bo’lib, innovatsion jarayon va novatsiyalar nazariyasi paydo bo’ldi, deydi. Bu nazariya pedagogning bevosita mehnat faoliyatiga bog’liqdir.

    O’quv – tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishning yana bir yo’li o’quv jarayonini insonparvarlashtirishdir.


    Darsni insonparvarlashtirish:

    • Hamkorlik;

    • Bolaga (talaba)ga g’amxo’rlik;

    • Bolani hurmat qilish;

    • E`zozlash;

    • Kechirimli bo’lish;

    • O’z – o’zini rivojlantirishga muhit yaratish;

    • Psixologik sog’lom muhit yaratish;

    • Ijodiy muhit;

    • Do’stona munosabatda ish yuritish;

    • Bolani extiyoji, qiziqishi, shaxsiy fazilati, iqtidorini, ichki imkoniyatlarini ishga solish.

    Umuman o’quv jarayonida pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, liberizatsiya etishni.

    • O’zining shaxsiy – kasbiy sifatlari va fazilatlarini tahlil qilishi, bu boradagi kamchiliklarni aniqlashi va ularga barham berish yo’llarini izlashi;

    • Pedagogik jarayonda do’stona, samimiy muhit, hamkorlik, hamijodkorlik va g’amxo’rlik vaziyatda ish faoliyatini olib borish;

    • Bola, talaba shaxsini xurmat qilish va e`zozlash yo’llarni egallashi, o’qitish jarayonida ijodiy va qulay ijtimoiy – psixologik muhitni yaratish ko’nikma va malakalarini egallagan bo’lishi;

    • Bolalarni rag’batlantirish va uni yangi metodlarini qo’llash ko’nikmalarini;

    • O’zining pedagogik va o’quvchilarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarga barham berishning samarali usullarini egallagan bo’lishi kerak.

    Albatta, yuqoridagi ishlarni amalga oshirish ta`lim sifati va samarodorligi oshirishni kafolatlaydi.Buning uchun pedagoglarning bilimlarini va pedagogik mahoratlarini takomillashtirib borishlari doimiy, uzluksiz holda olib borilishi talab etiladi.
    Innovatsion faoliyatda ish yuritish uchun yuksak madaniy – insonparvarlik asosida ta`limga yondashishi talab etiladi.Insonparvarlik pedagogikasi shaxs va uni rivojlanishiga qaratilgandir. Uning belgilari: ma`lumotlarni egallab olish va ma`lum doiradagi mahorat va ko’nikmalar hosil qilish uchun texnik, jismoniy, aqliy rivojlanishiga diqqatni qaratilishidir. Mustaqil fikrlovchi va harakat qiluvchi shaxsni shakllantirishga qaratilgan kuchlarni to’plash, har qanday hayotiy va o’quv vaziyatlarda asoslangan qarorlarni tanlay olib, qaror qabul qila olishdir. O’quv jarayonini qayta qurish va yo’naltirishga zaruriy tashkiliy sharoitlarni yaratish.
    O’quv jarayonini insonparvarlashtirish yondashuvi asosida haqiqiy insoniy munosabatlarni o’rnatish orqali avtoritar pedagogikadan voz kechib borish demakdir. SHaxsga shunday muhit, sharoit yaratish kerakki, u yuqori sifatli bilim, ko’nikma, malaka olsin va ma`naviy – ma`rifiy, tarbiyaviy ishlarga befarq qolmasligi kerak.Insonparvar pedagogika maktabni o’quvchiga moslashuvi, qulay sharoit, ijodiy muhit yaratib, “psixologik himoya” bilan ta`minlashni talab etadi.
    Insonparvarlik maktabi amaliyotini innovatsion faoliyatning aniq uslublarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Ular:

    1.O’quv – tarbiya jarayonini differentsiyalash;


    2.O’quv – tarbiya jarayonlarini har bir shaxs xislat – qobiliyatlariga qarab muvofiqlashtirish;
    3.Har bir tarbiyalanuvchini uning qiziqishini rivojlantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish;
    4.Gotogen guruh, guruhlar va shunga o’xshashlarni tashkil etish;
    5.O’quv – tarbiya faoliyatni qulayligi;
    6.Psixologik xavfsizlik, tarbiyalanuvchilarni himoyalash;
    7.Tarbiyalanuvchilar larning kuchiga va imkoniyatlarga ishonish;
    8.Bolani qanday bo’lsa, shunday qabul qilish;
    9.Ta`lim – tarbiya muvaffaqiyatini ta`minlash;
    10.Maktab yo’nalishini maqsadga qarab o’zgartirish;
    11.Insonparvarlik ta`limini kuchaytirish.
    Innovatsion, interfaol ta`lim o’qituvchi va talabaga doimiy ijodiy izlanish, uzluksiz o’z shaxsini rivojlantirish, takomillashtirish imkonini beradi.
    Yuqorida aytganimizdek, bolai shaxsiga, uning qiziqish, hoxish, istagiga, extiyojiga qaratilmog’i kerak. YA`ni ta`limni individuallashtirishga qaratilmog’i talab etiladi. Endi ta`limni individuallashtirish deganda nimani tushunish kerak? degan savolga javob beraylik.
    Demak, ta`lim – tarbiya sifati va samaradorligi bolaning ta`lim mazmunini o’zlashtirishga yo’naltirilgan mustaqil mutoala bilan samarali shug’ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog’liq.
    Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o’quvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini ko’rsatish mumkin:
    Bola (talaba)o’qitilibgina qolmay, mustaqil o’qish, o’rganish, ishlashga, o’zlashtirishga o’rgatiladi.Talabalarni mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o’zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o’rgatiladi. Bizga yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o’z nuqtai nazarini himoya eta olish ko’nikmalari shakllantiriladi. Talabaga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni darsliklardan, axborot – resurs markazlaridan, internetdan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali ijodiy mushohada yuritish imkoniyati yaratiladi. Talabaning darsliklar bilan ishlash, o’qish, o’rganish, konspekt yozish, qo’shimcha adabiyotlar va manbalardan foydalanib, mustaqil o’zlashtirish ko’nikmalarini egallashga o’rgatiladi.
    Guruhdagi barcha talabalarni o’z qobiliyatlari darajasida o’zlashtirishlari kafolatlanadi. Talabaning o’zlashtirganligini, olgan bilimlarini kundalik hayotda, amaliy faoliyatda foydalana olish ko’nikma va malakalari bilan belgilanadi.
    O’qituvchi - talabalar interfaol metodlar asosida ishlashni o’rganib, uni o’z o’quv - biluv faoliyatlariga olib kira olsalar, barcha talabalar deyarli bir xil natijalarga erishadilar.

    Interfaol metodda dars jarayoni tashkil etilganda:



    •Talabalarning o’zaro faolligi oshadi, hamkorlik, hamijodkorlikda ishlash ko’nikmalari shakllanadi.
    • O’quv reja, dastur, ta`lim mazmuni, darslik, standart, me`yor, qo’llanmalar bilan ishlash malakalari shakllanadi.
    •Ta`lim mazmunini, matnini mustaqil mutoala qilish, ishlash, o’zlashtirish kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi.
    •Talaba erkin fikr bildirish, o’z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi.
    •Eng muhimi o’quv jarayonida didaktiv motivlar vujudga keladi. YA`ni talabaning extiyoji, hoxish, istagi qondiriladi, dars qiziqarli kechayotganligi sababli, vaqt o’tayotganini bilmay qoladi. O’quv – biluv jarayonida o’quvchining shaxsiy manfaatdorligi oshadi. Bu holat o’quvchini o’quv maqsadlariga intilishi va erishishida yuqori bosqichga ko’taradi.

    Yüklə 38,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin