15-mavzu. Ilmiy uslub va uning uslubiy xususiyatlari. Reja


- mashq. Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang



Yüklə 25,33 Kb.
səhifə2/4
tarix08.06.2023
ölçüsü25,33 Kb.
#127030
1   2   3   4
15-MAVZU

1- mashq. Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt hamda barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi. Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis (II) oksidi shular jumlasidandir.
Ilmiy uslub
Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi.
Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor:
1. Axborotning obyektivligi, aniqligi;
2. Nutqning ma’lumotlarga boyligi;
3. Fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi;
4. Muallif individualligining sezilmasligi;
5. Emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi;
6. Atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi;
7. Matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi;
8. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi;
9. Fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi;
10. Ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta so`zning tushib qolishi);
11. Turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi;
12. Otlarni, asosan, birlikda ishlatish;
13. Matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish;
14.Maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z, so`z birikmalarining qo`llanishi.
Til ta’limi nazariyasiga oid dolzarb muammolarni o‘rganuvchi lingvota’limshunoslik fanining tushunchalari majmuini ifodalovchi terminlar soha mutaxassislari tomonidan, asosan, xorijda va yurtimizda bitilgan turli darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy adabiyotlarda ishlatilmoqda. Ushbu jarayonni o‘zbek tili misolida olib qaraydigan bo‘lsak, haqiqatan, hozirgi kunda lingvota’limshunoslikning tushunchalarini yangi talqinda tavsiflovchi milliy ttrminologiya tizimi shakllanmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy sohada terminlarni tartibga solishda muammolar bor.

Yüklə 25,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin