15-mavzu: korreksion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta`lim



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə1/6
tarix26.06.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#135242
  1   2   3   4   5   6
15-MA\'RUZA MASHG\'ULOTI

15-MAVZU: KORREKSION PEDAGOGIKA ASOSLARI. INKLYUZIV TA`LIM (INCLUSIVE EDUCATION).


15.1. Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog’i sifatida
15.2. Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari.
15.3. Aqliy rivojlanishi, eshitish, ko’rish, nutqida nuqsoni bor bolalar.
15.4. Inklyuziv ta’lim tamoyillari, komponentlari, mezonlari va ko’rsatkichlari.
15.5. Maktabgacha ta’lim muassasasida inklyuziv ta’lim va imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus shart-sharoitlar yaratish.
15.1. Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari orreksion pedagogikaning asosiy maqsadi — belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik)
faoliyat o'rtasidagi nomuvofiqlikni yo'qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korreksion-pedagogik faoliyat yaxlit ta'lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o'qitish, psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta'minlaydi. Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta'lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo'naltirilgan yaxlit jarayon.
Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o'rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:

  1. rivojlanishida turli kamchiliklar bo'lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korreksionkompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;

  2. differensatsiyali o'qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;

  3. anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;

  4. rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish; 5) bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo'qotish yoki kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

  1. anomal bolalikning oldini olish bo'yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;

  2. anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.


Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin