15-MAVZU. Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari
Reja:
1.Muloqotning turlari
2. Verbal muloqot
3. Noverbal muloqot
Noverbal muloqot so‘zlarga tayanmaydigan harakat
va jestlardan iborat
bo‘lgan barcha shakllarni o‘zida mujassam etgan til sifatida mashhur.
Psixologlarning e‘tirof etishicha, noverbal signallarni o‘qish samarali muloqotning
muhim shartidir. Nima uchun noverbal signallar muloqotda shunchalik muhim?
Birinchidan, 70%ga yaqin ma‘lumotni inson ko‘rish, kuzatish kanallari orqali
(vizual) qabul qiladi. Ikkinchidan, noverbal signallar suhbatdoshning haqiqiy xislari
va fikrlarini tushunishni taqozo etadi;
Uchinchidan, bizning suhbatdoshga
munosabatimiz ko‘pincha birinchi taassurot orqali shakllanadi. Bu, o‘z navbatida,
noverbal faktorlarning ta‘siri natijasidir – yurish-turish, yuz tuzilishi, qarash, o‘zni
tutish, kiynish va h.k. Ayniqsa noverbal signallarning qiymati shundaki, ular
so‘zlardan farqli o‘laroq o‘z-o‘zidan, samimiy tarzda nutqqa chiqadi. Ish yuzasidagi
muzokaralarda noverbal signallar katta ahamiyatga
egaligi eksperimental
tadqiqotlarda tasdiqlanadi, ya‘ni so‘zlar (biz shunchalik katta ahamiyat beradigan)
faqat 7% ma‘noni, 38% tovush va intonatsiya ma‘nosini va 55% imo-ishoralar
suhbat mazmunini ochib bera oladi. Noverbal muloqot o‘zida beshta tasnifni jam
qilgan: 1. Makon tasnifi. 2. Nigoh. 3. O‘zida quyidagilarni qamrab olgan optik-
kinetik tasnif: – suhbatdoshning tashqi ko‘rinishi; – mimika (yuz ifodasi); –
pantomimika (imo-ishoralar) 4. Paralingvistik yoki nutqqa yaqin tasnif: – ovozning
vokal sifati; – uning diapozoni; – toni; – tembri. 5. Ekstralingvistik
yoki nutqdan
tashqari tasnif: – nutqning tempi; – pauza; – kulgu va h.k. Biz suhbatdoshimiz haqida
maksimum ma‘lumot beruvchi uchta – nigoh, makon va optik-kinetik tasniflarni
o‘rgandik. Kinetik vositalarga (insoniy tashqi tuyg‘u va emotsiyalar paydo
bo‘lishiga)
yuzning ifodasi, mimika, holati, vizual kommunikatsiya (ko‘zlarning
harakati, nigohlar) kiradi. Bu noverbal komponentlar juda katta informatsion
vazifani tashiydi. Turli tillarda so‘zlovchilarning kinesikadan foydalanishi ayniqsa
o‘ziga xos holatlardan biridir. Imo-ishora va ma‘noli harakatlar bu borada
muloqotda yagona imkoniyat bo‘lib qoladi va juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan
kommunikatsion funksiya vazifasini bajaradi. T.A.van
Deyk fikrni bayon etishda
paralingvistik faoliyatni alohida ko‘rsatadi va unga deyktik hamda turli imo-
ishoralar, yuz tuzilishi,
gavdaning harakati, ishtirokchilarning jismoniy
harakatini
alohida ajratib ko‘rsatadi. Noverbal sohaga muloqotning aksional komponentlari
kiradi. Aksional komponent nutqni kuzatuvchi kommunikantlarning harakatini
namoyon etadi. Masalan, gapirayotgan shaxsning iltimosiga javob qaytarishi uchun
(aytaylik, chiroqni yoqish, gazetani olib berish va h.k.) adresat talab qilinayotgan
harakatni amalga oshiradi. Shu tariqa kommunikatsiya jarayonida noverbal muloqot
verbal muloqot bilan navbatma-navbat amalga oshishi mumkin. O‘z
mohiyatiga
ko‘ra noverbal komponentlar boshqa semiotik sistemalarda (masalan, tasvir,
madaniyatning namoyon bo‘lishi, odob-axloq formulalarida va h.k.), shuningdek,
predmetli yoki situativ bo‘lishi mumkin. Buning ostida kommunikatsiya
ishtirokchilari atrofidagi obyekt tushuniladi.