15-mavzu: O‘zbekiston respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi. Reja



Yüklə 20,43 Kb.
səhifə1/2
tarix21.12.2022
ölçüsü20,43 Kb.
#77025
  1   2
15-мавзу


15-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI O‘RNI VA NUFUZINI ORTIB BORISHI.
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting
va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘satkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar.
2.O‘zbekiston Respublikasida suveren indeks va indikatorlar tizimiga integratsiyalashuv jarayonlarini jadallashtirilishi.
Tayanch so’z va iboralar:
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, mutasaddi vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda xalqaro reytinglarni hisoblash metodologiyalarining tahlili, ularda O‘zbekistonga berilayotgan baholarga sabab bo‘layotgan omillar. Xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning aksariyati bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi.
Aholi turmush darajasini oshirish, davlat organlarining xalq manfaatlari uchun xizmat qilishida davlat siyosatidagi ustuvorligini ta’minlash hamda mamlakatga kirib kelayotgan investisiyalar oqimini jadallashtirish va investor mulkini davlat tomonidan himoya qilish kabi mamlakatda turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni dunyo hamjamiyatiga namoyon etish maqsadida turli sohalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan tuziladigan xalqaro reyting va indekslar muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori baholangan har qanday xalqaro reytinglar samarasi sifatida ishbilarmonlardan tortib dunyo aholisi barcha qatlamining e’tibori shu mamlakatga qaratiladi: investision muhit, turizm, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanadi, buning natijasida aholining turmush darajasi va farovonligi yaxshilanadi. Xalqaro reyting va indekslarni faoliyat yo‘nalishiga qarab ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga ajratish mumkin. Bunda iqtisodiyot, ishbilarmonlik, byudjet, sanoat, investisiya va barqaror rivojlanish maqsadlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohaga, huquq, korrupsiya, demokratiya hamda boshqaruv sifatini siyosiy-huquqiy sohalarga kiritish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-sonli Farmoniga asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik) halqaro reyting va indekslarga O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yaxshilash uchun mas’ul etib belgilangan. Indeksni tuzuvchi xalqaro tashkilotlar tegishli davrlar bo‘yicha davlat organlari tomonidan e’lon qilingan ochiq ma’lumotlar hamda turli xalqaro tashkilotlarning (World Economic Forum, World Bank, International Monetary Fund, UN, Transparency International va boshqalar) reyting hisobotlari natijalariga asoslanib, indikatorlar natijalarini hisoblaydi hamda o‘zining rasmiy veb saytlarida e’lon qilib boradi.
2020 yilgi reyting natijalariga ko‘ra Biznes yuritish va Iqtisodiy erkinlik indeksida Yangi Zelandiya, Gong Kong hamda Singapurni yuqori 3 talik davlatlar qatorida ko‘rish mumkin. Indikatorlar bo‘yicha reytingi yuqori davlatlar tahlil qilinganda, Yangi Zelandiya Biznes yuritish indeksining korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (100.0) va kredit olish indikatorida (100.0), Singapur kontraktlar ijrosini ta’minlashda (84.5) hamda Gong Kong qurilish uchun ruxsatnoma olishda (93.5) dunyoda etakchilik qiladi. Umr ko‘rish davomiyligi 85.3 yil, kutilayotgan ta’lim yillari 18.1 yil, o‘rtacha ta’lim yillari 12.6 yil hamda aholi jon boshiga yalpi milliy daromad 68 059.0 AQSh dollari bo‘lgan Inson kamoloti indeksida Norvegiya davlati 2001 yildan byeri (2007, 2008 yillar bundan mustasno) ushbu reytingni boshqarib kelmoqda.
So‘nggi reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro reytinglar tasnifiga ko‘ra, Biznes yuritish indeksida top 20-talik islohotchimamlakatlar, Iqtisodiy erkinlik indeksida davlatda iqtisodiyot asosan erkin bo‘lmagan davlatlar, Inson kamoloti indeksi bo‘yicha inson taraqqiyoti darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin oldi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda o‘rnini quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha izohlash mumkin: - indikatorlar ko‘rsatkichining o‘zgarishi: Biznes yuritish indeksi tarkibidagi 10 ta yo‘nalishning 9 tasida (to‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilishdan tashqari), Iqtisodiy erkinlik indeksi tarkibidagi (sud faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichidan tashqari) barcha indikatorlarda hamda Inson kamoloti indeksi bo‘yicha umr ko‘rish davomiyligi indikatorida 2020 yilda 2019 yilga nisbatan o‘sishga erishgan; - indikatorlar o‘rnining pastligi: turlari bo‘yicha eng so‘nggi reyting natijalariga ko‘ra, Biznes yuritish indeksi tarkibidagi 3 yo‘nalish (qurilish uchun ruxsatnomalar olishda 132-o‘rin, xalqaro savdoda 152-o‘rin va to‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilishda 100-o‘rin), Iqtisodiy erkinlik indeksi tarkibidagi 6 yo‘nalish (sud faoliyati samaradorligida 123-o‘rin, davlat yaxlitligida 142-o‘rin, monetar erkinlikda 175-o‘rin, savdo erkinligida 129-o‘rin, investisiyalar erkinligida 169-o‘rin va moliyaviy erkinlikda 162-o‘rin) hamda Inson kamoloti indeksi bo‘yicha 3 yo‘nalish (umr ko‘rish davomiyligida 117-o‘rin, kutilayotgan ta’lim yillarida 128-o‘rin va aholi jon boshiga YaMDda 126-o‘rin) indikatori juda past ko‘rsatkich sifatida baholangan. Oxirgi to‘rt yil davomida barcha sohalarda bo‘lgani kabi mamlakatimizning investisiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash borasida ko‘plab shu jumladan, xalqaro reyting va indekslarda ham salmoqli yutuqlarga erishildi. Bu yutuqlarni O‘zbekiston Respublikasining 2011-2020 yillardagi xalqaro reyting va indekslardagi dinamikasi orqali ko‘rishimiz mumkin. Mamlakatimizning Biznes yuritish indeksi bo‘yicha 2020 yil 2011 yilga nisbatan 81 ta pog‘onaga, Iqtisodiy erkinlik indeksi bo‘yicha 49 ta pog‘onaga hamda Inson kamoloti indeksi bo‘yicha esa 7 ta pog‘ona (2020 yilgi reyting natijalari 2020 yil dekabr oyida e’lon qilinishini hisobga olib, 2019 yil yakunlariga nisbatan olindi)ga yuqorilab, bu borada bir qancha yutuqlarga erishayotganini ko‘rish mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini oshirish va byerilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlik tomonidan har bir indeks bo‘yicha tegishli vazirlik, idora hamda ilmiy tadqiqot institutlari bilan idoralararo ishchi guruh tarkibi tuzilmoqda hamda 2020 yil ikkinchi yarmi uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan choratadbirlar rejasi ishlab chiqilib, Respublika Kengashiga tasdiqlash uchun kiritilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar ulushi esa 2010 yildagi 47,1 foiz o‘rniga 52 foizga o‘sgan va bu Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlaridagi ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada yuqori... Yurtimizda 10 foiz yaxshi ta’minlangan va 10 foiz etarlicha ta’minlanmagan aholi daromadlari o‘rtasidagi farq, ya’ni «desil koeffisenti» deb nom olgan ko‘rsatkich barqaror pasayib bormoqda, bu raqam 2010 yildagi 8,5 foiz o‘rniga 2015 yilda 7,7 foizni tashkil qildi.
Aholimizning uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar bilan ta’minlanish darajasida ham sifat o‘zgarishlari ro‘y byerdi. Bugungi kunda bu tovarlarning aksariyati yurtimizda ishlab chiqarilmoqda. Xususan, har 100 oilaning 42tasi engil avtomobillariga ega bo‘lib, bu besh yil avvalgi ko‘rsatkichdan 1,5 baravar ko‘p, 47ta oila shaxsiy kompyutyerlar bilan ta’minlangan va bu davrda o‘sish 3,9 barobarni tashkil etdi. Shuningdek, har 100 oiladan 31tasi kondisionyerga ega yoki bu boradagi o‘sish bo‘lsa 1,7 barobarga teng, har 100 oilaga 234ta mobil telefon to‘g‘ri kelmoqda yoxud bu sohadagi o‘sish 1,6 martani tashkil etmoqda.
2016 yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, modernizasiya qilish va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun 17 milliard 300 million dollar qiymatidagi investisiyalar yo‘naltirish, ular o‘sish sur’atini bo‘lsa 109,3 foizga yetkazish belgilab qo‘yilgan. Ana shu investisiyalarning 4 milliard dollardan ortig‘ini esa xorijiy investisiyalar tashkil qiladi, bu 2015 yilga nisbatan 20,8 foizga ko‘proqdir...
Biz oldimizga judayam aniq maqsadni – ya’ni 2030 yilga borib, mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning hajmini kamida ikki barobar oshirish vazifasini qo‘yishimiz uchun ham bugun, hech shubhasiz, barcha asoslarimiz bor.
Bu yo‘lda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobidan sanoatni jadal rivojlantirish hamda yalpi ichki mahsulotda uning ulushini 2015 yildagi 33,5 foizdan 40 foizga yetkazish, qishloq xo‘jaligining ulushini esa 16,6 foizdan 8 – 10 foizga kamaytirish, enyergiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish evaziga yalpi ichki mahsulot uchun sarflanadigan enyergiya hajmini taxminan 2 baravarga qisqartirish rejalashtirilgan...».
Yuqorida keltirilgan fakt va dalillar, shaxsan o‘zingiz jonli guvohi bo‘lib turganingizdek, bugungi, ertangi kunlarga taalluqli. Yurtimiz qishloqlarini obod qilish, qishloq aholisining turar-joy hamda transport-kommunikasiya sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha bizning tajribamiz xalqaro hamjamiyatda ham rosa katta qiziqish uyg‘otayotganligidan esa o‘zingiz ham juda yaxshi boxabarsiz.
Keling, yana yaqin moziyga qaytib, suhbatimizni o‘sha qora va kir o‘tmish zamonlarga bevosita daxldor qismidan davom ettirsak. Faqat shundagina bugungi, istiqlol davridagi dorilamon kunlarimizning haqiqiy qadr-qimmatini tyeranroq anglagan, o‘tmish xatolarining yana takrorlanmasligi, butun dunyoga doston diyorimizning yana jadalroq taraqqiyoti uchun barchamiz o‘zaro hamkorlik, hamjihatlikda faoliyat ko‘rsatishimiz hamda marrani yanada balandroq olib, tag‘in
faolroq xatti-harakatlarni qilgan bo‘lardik.

Yüklə 20,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin