15-mavzu: pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o’rni



Yüklə 243,95 Kb.
səhifə1/26
tarix18.05.2023
ölçüsü243,95 Kb.
#115935
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
15- dan 23-mavzular

15-MAVZU:

PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O’RNI

REJA:

  1. О`qituvchilik kasbining jamiyatda tutgan o`rni


  2. Pedagogik mahorat tushunchasi

  3. Pedagogik ta’sir vositalari haqida umumiy tushuncha.

Bugun pedagogning ma`naviyati, mafkuraviy e`tiqodi va o`quv jarayonini yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega.
Birinchidan, pedagog jamiyatning fuqarosi sifatida o`z mavqei va faol o`rnini o`quvchilarga namoyish eta olishi lozim. Xususan, uning jamiyat va o`z jamoasidagi o`rni, tanlagan kasbi, o`qitayotgan predmeti bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lishi, talab va qoidalarga amal qilishi, me`yor va qonunlarni hurmat qilishi lozim.
Ikkinchidan, pedagogning e`tiqodi va bilimdonligi uning yangi bilimlar, o`zi tanlagan sohasidagi yangiliklarga nisbatan qiziqishida namoyon bo`ladi.
Uchinchidan, e`tiqodli va bilimdon pedagog o`ziga xos fikrlash tarzi bilan ajralib tura olishi shart. Chunki, yoshlar Shunday noyob, qaytarilmas, andozasiz fikrlash sharoitidagina mustaqil fikrlashga o`rganadilar va fanni boshqa fanlardan ajrata oladilar.
Bugungi pedagogdan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar ekan. Uning bilimdonligi darajasi masalasi ham o`ta muhim.
Bular quyidagilar:
- Ijtimoiy bilimdonlik
Dars mobaynida sinf bilan samarali o`zaro muomala shaklini tashkil eta olish, yoshlar bilan til toptirish va sog’lom ma`naviy muhitni hosil qila olish qobiliyati.
- Uslubiy bilimdonlik-
Barcha bilimlarini, ko`rgan-kechirganlarni yoshlarga tushunarli, ravon tilda yetkaza olishi, ta`lim texnologiyasi va metodlaridan boxabarlik qobiliyati.
- Kasbiy bilimdonlik
O`z fanini va predmeti sohasi bo`yicha chuqur va har tomonlama mukammal bilimlariga ega bo`la olishi, o`z ustida ishlash qobiliyati.
Amaliyotda eng obro`li, bilimdon pedagoglar birinchi navbatda insoniy bilimdonlik sohiblari bo`lishadi va shundaylarni o`quvchilar yaxshi qabul qilishadi. Chunki zamonaviy o`quvchi ko`plab ma`lumotlarga ega, uning psihologiyasi, talab-takliflarini aniq bilib til topisha olgan shaxsgina pedagogik jarayonda katta yutuqlarga erishadi.
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy aytganidek, «Muallimning maqsadi mansab uchun kurash bo`lmasligi, bilmagan ilmlarini aytmasligi, o`zini ko`rsatish uchun dars bermasligi, ochko`zlik va johillik qilib, quruq gap sotmasliklari, g’avg’o ko`tarmasliklari lozim». U muallimlikni olijanob va faxrli kasb deb hisoblaydi. Shu sababdan bo`lsa kerak:

Yüklə 243,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin