15-mavzu: pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o’rni


Pedagogik nazokat me’yori: ihtisos sohasidagi burch, pedagogik adolat, ihtisosga doir vijdon izzat-nafs va pedagogik oriyat



Yüklə 243,95 Kb.
səhifə14/26
tarix18.05.2023
ölçüsü243,95 Kb.
#115935
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
15- dan 23-mavzular

Pedagogik nazokat me’yori: ihtisos sohasidagi burch, pedagogik adolat, ihtisosga doir vijdon izzat-nafs va pedagogik oriyat.
Pedagogik vaziyatlar tez-tez o’zgarib turadigan sharoitda o’qituvchining vazifasi ro’y bergan vaziyatda tez mo’ljal olib, unga to’g’ri baho bera bilish, zarur tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan to’g’ri qarorga kelishdan iboratdir. Agar o’qituvchi bolalarining xatti-harakatlarini to’g’ri idrok etib, baho bera bilsa, ularni vujudga keltirgan sabablarini chuqur ko’ra olsagina, shu bilan birga o’zida sabot, o’zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik kabi fe’l-atvor xususiyatlarini rivojlantira olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin.
Bu pedagogik nazokatga rioya qilishning zarur shartidir. Nazokat me’yor tuyg’usi yoki odob qoidalariga rioya qilishni bildiradi. Pedagogik nazokat me’yor tuyg’usi va o’z o’quvchilari to’g’ri munosabatga amal qilishdir. Pedagogik nazokatning psixologik asoslari deb bir qolipdagi fikrlar (barqaror tasavvurlar), ijtimoiy yo’l-yo’riqlar va shaxsiy hislatlarning jamini aytish mumkin, ular o’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatlari dialog (muloqot) tarzida bo’lishi lozimligini tushunishi muhimdir. Agar o’qituvchiga o’quvchilar bilan munosabatlarning ishonch asosiga qurilishiga erishishga yo’l-yo’riq bo’lsagina bunday muloqot ro’y beradi. Tarbiya tajribasida bunday yo’l-yo’riqni amalga oshirish qiyin ishdir, lekin unga butunlay erishish mumkin. Pedagogda bolalar bilan o’zaro ishonch va do’stlik munosabatlari vujudga kelgandagina bunga erishish mumkin. Bunga shuning uchun ham erishish mumkinki, bolalardagi katta yoshdagi do’stga ega bo’lish va u bilan muomala qilishga qat’iy ehtiyoj mavjud bo’ladi
Mahorat so’zining lug’aviy ma’nosi haqida gapiradagan bo’lsak – bu ma’lum ishni a’lo darajada bajarmoqdir. Mutaxassis - murabbiy mahorati deganda esa chuqur bilimli, talabalar ruhiyatini yaxshi biladigan, o’qituvchilikning g’ururi, yuqori darajada bo’lgan insonlar faoliyati tushuniladi. Aslida bizning kasbda mayda ish yo’q. Har bir harakatimiz katta ahamiyatga ega.
Bola eng toza, eng nafis va eng buyuk mavjudotdir. Shuning uchun hali u, bu yoshda gunoh qilishga ulgurmagan bo’ladi. Hamma narsaga hayrat va hayajon bilan boqadi. U kattalarni juda aqlli, ishonchli, ibratli deb biladi. Bola-rostu yolg’oningizga chippa-chin ishonadi.
Bola shuning uchun ham nafiski, u hali aldovga yo’liqmagan, zarbaga duchor bo’lmagan-bir aldov uning ming ishonchini poymol qilishi, bir zarba uning murg’ak dunyoqarashini alg’ov-dalg’ov qilib yuborishi mumkin.
Ayting, ruhiyatning bolalikda shakllanadigan poydevoriga darz ketmasin!
Hayoldagi qalban nogiron odamlar kattalarning talabalar ko’nglini asrab-avaylab olmaganining natijasidir. Talabalarning buyukligi shundaki, ular er kurrasining ertangi sohiblari, kelajak tarihini bituvchilaridir.
Aytingchi, shunday toza, nafis va buyuk zot qoshiga qanday qilib taraddudsiz, shunchaki ro’baro’y kelib bo’ladi? Bu bokira olamga bo’ynida la’nat, ko’nglida loqaydlik bilan kirish gunohi azim-ku! Bir noqobil shifokor umriga kushanda bo’lishi, no’noq muhandis muhim mehanizmni ishdan chiqarishi mumkin. Noqobil muallim esa har gal o’ttiz nafar bolaning ma’naviy dunyosini qorong’i qilib chiqaveradi.
Haqiqatdan ham hayotda turli hil murabbiylarni uchratamiz. Ba’zilari talabalarni joni dilidan ortiq sevadi, biroq bilimi sayoz, ba’zilari chuqur bilimga ega bo’lsada talabalar bilan muomala qilishni bilmaydi, ba’zilari o’rta miyona. Sanasangiz nuqsonlar ko’payaveradi. Ho’sh, pedagogik mahorat nima o’zi? U hammada ham bormi? Albatta, mahoratni hammada shakllantirish mumkin. Buning uchun avvalambor sabr - bardosh, qunt bilan o’qish, o’z ustida ishlash, talabalarning ruhiyatini, ularning rivojlanish xususiyatlarini chuqur o’rganib, tahlil qila olish va yana eng asosiy narsalar talabalarga mehr va o’qituvchining o’zida pedagogik g’urur mujassam bo’lmog’i lozim.
Demak, pedagogik mahorat bu-o’qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida shaxs sifatidagi xususiyatlarini yuqori darajada tashkil qila olish mahoratidir.
Mutaxassis - murabbiyning mahorati bir qator komponentlardan tarkib topadi.
U pedagogika va psixologiya bo’yicha ilmiy bilimlarni, ya’ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o’z ichiga oladi.
O’qituvchilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ishlarining chinakam ustalariga aylanadilar. O’qituvchilar bilan bo’lgan suhbatlaridan birida: “…. men o’zimni bir oz bo’lsada, talantli pedagog deb hisoblamaganman va hisoblamayman ham … Ammo men ko’p ishladim, o’zimni ishga qobiliyatli deb hisobladim va hisoblayman, men ana shu mahoratni egallashga harakat qildim, dastlab, hatto ishlaganim ham yo’q, ha shunday mahorat bormi yoki pedagogik talanti deb aytilishi lozim bo’lgan narsa haqida gapirish kerakmi, deb o’ylayman. Ammo biz talantlarning tasodifiy taqsimlanishiga bog’lasak bo’ladimi? Bizda bunday juda talantli tarbiyachilar qani? Mahorat haqida, ya’ni tarbiyaviy jarayonni chindan ham bilish to’g’risidagina, tarbiyalash o’quvi haqidagina gapirish lozim. Men o’z tajribamda masalani ko’nikma va malakaga asoslangan mahorat hal qiladi, degan xulosaga keldim», deb ta’kidlagandi bir adib. Sog’lom fikr yurituvchi har bir kishi mahoratli tarbiyachi bo’la oladi, mahoratga tajriba hamda fikr yuritish orqali erishiladi, deb ishongandi. Mutaxassis - murabbiylik mahorati – bu avvalo o’qituvchiga pedagogik vaziyatni ta’lim tizimi oldida turgan siyosiy va pedagogik vaziyatlarga muvofiq tarzda hal etish imkonini beradigan kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni egallashdir. Mutaxassis - murabbiylik mahoratining nazariy asosi kasbga oid bilimlardir. Tarbiyaning birinchi galdagi vazifalarini konkret aniqlab, yuzaga kelgan pedagogik vaziyatda pedagogik bilimlarni qo’llashni, tarbiyaviy ishda maqsadga qat’iy va zo’r g’ayrat bilan intilish talab qilinadi. Bu nimaga erishmoqchi bo’lganimizni bilishimiz va buni hech qachon unutmasligimiz kerak. Ammo, pedagogika, psixologiyaga doir bilimlar konkret tarbiyaviy momentlarda yuzaga keladigan barcha vazifalarga tayyor javoblar berolmaydi. Mutaxassis - murabbiyning faoliyati - ijodiy faoliyati va aynan bilimlarini ijodiy qo’llash, mohir - pedagogning o’ziga hos xususiyatini ko’rsatib turadi.

Yüklə 243,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin