Ilmiy tadqiqot (maqola, tavsiya, qo‘llanmalar yaratish) ILMIY TADQIQOT - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos
Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim.
Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki qism - tajriba va nazariyadan iborat.
muammoni aniqlash
mavzuni belgilash
mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shart-sharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish
tajriba oʻtkazish
olingan natijalarni tahlil etish va umumlashtirish
kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish
ilmiy bashorat yuritish
ILMIY TADQIQOTNING ASOSIY KOMPONENTLARI: Ilmiy-tadqiqot
MAQOLA – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo‘lib, u dolzarb ilmiy muammo bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qilishdir
MAQOLA USTIDA ISHLASHNING ASOSIY BOSQICHLARI 1. Mavzuning belgilanishi, uning tahlili, reja/tezislarning tuzilishi. 2. Reja/tezislar asosida maqolaning birinchi varianti ustida ishlash 3. Ishning yakunlanishi, matn tahlili, takomillashtirish, tuzatish.
Maqola yozishga kirishishdan oldin quyidagi savollarga javob bering: - materialdan qanday xulosa chiqarish kerak? - ish mazmuni nimadan iborat bo‘ladi? - maqola nima uchun yoziladi?
darslikdagi har bir mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari va o‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashri
O‘QITUVCHI UCHUN METODIK QO‘LLANMA E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!