15-mavzu: pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o’rni


-Mavzu:PEDAGOGIK NAZOKAT. PEDAGOGIK



Yüklə 243,95 Kb.
səhifə11/26
tarix18.05.2023
ölçüsü243,95 Kb.
#115935
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
15- dan 23-mavzular

19-Mavzu:PEDAGOGIK NAZOKAT. PEDAGOGIK
ODOB-AHLOQ
Reja

  1. Pedagogik odob va pedagogik nazokat haqidagi tushuncha.

  2. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari.

  3. Pedagogik nazokat me’yori: ihtisos sohasidagi burch, pedagogik adolat, ihtisosga doir vijdon izzat-nafs va pedagogik oriyat.

  4. O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt.

  5. Pedagogik nazokat - o’qituvchi axloqining ijodiy ko’rinishi.



Tayanch iboralar: Pedagogik odob va pedagogik nazokat. Pedagogik nazokat tamoyillari va uning vazifasi. Pedagogik nazokat me’yori: ixtisos sohasidagi burch, pedagogik adolat, ixtisosga doir vijdon izzat-nafs va pedagogik oriyat. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyati. O’qituvchining dars jarayonidagi naz
1. Pedagogik odob va pedagogik nazokat haqidagi tushuncha.
O‘qituvchining o‘quvchilar muhitiga uzviy ravishda qo‘shilib keta olishi nihoyatda qiyin jarayon. Lekin uning pedagogik faoliyati bevosita o‘quvchilar orasida olib boriladi. O‘zaro munosabatlarni ishonch va do‘stlik tuyg‘ulari bilan mustahkamlab borish o‘qituvchidan jiddiy psixo-logik tayyorgarlikni talab qiladi. Buning uchun o‘qituvchi avvalo, turli xarakterdagi o‘quvchilardan iborat bo‘lgan, sinf jamoasida tez-tez o‘z-garib turadigan pedagogik vaziyatlarga darhol o‘z munosabatini bildirishi va unga odilona baho berishi kerak. U o‘quvchilar xatti-harakatini to‘g‘ri idrok etishi, vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilishi, tarbiyaviy metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llashi, o‘quvchilar bilan muomalada bosiqlik, sabr, milliy an’ana va turmush tarzimizdan kelib chiqqan muruvvat va himmat, odamiylik va mehr-oqibat tuyg‘ularini ko‘rsata olishi shart. Bu vazifalar o‘qituvchining zimmasiga yuklanadigan va u rioya qilishi lozim bo‘lgan pedagogik nazokat deb atalmish faoliyatning zarur shartidir.
Pedagogik nazokat – o‘qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namo-yon etuvchi me’yor tuyg‘usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi demakdir. Pedagogik nazokat o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatini tashkil qilish vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror tasavvurlarida mujassam-lashgan shaxsiy insoniy hislatlarining yig‘indisidir.
O’qituvchining pedagogik odob – axloqi (deontologiya), nazokati haqida tushuncha. «Odob deganda rasm – taomil, xulq – odatlar yigindisi, ijtimoiy – iqtisodiy tizum taqozosi bilan turmush sharoitining aloxida tarzi, an‘analari asosida odamlar o’rtasida paydo bo’lgan muomala munosabatlarining xususiyatlari tushuniladi.
Demak, o’qituvchi odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, talablari, mezonlarini ta‘lim – tarbiya jarayonida oydinlashtirib, muallimning o’quvchilar, o’z kasbdoshlari, ota – onalar, maktab raxbarlari bilan muomala – munosabatlarida ifodalanadigan axloqiy xususiyatdir.
O’qituvchi odobining moxiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muxim bo’lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi.
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, inson turmushining barcha soxalarida kishining xulqi, xatti – harakatlarini tartibga solib bashqarib turuvchi, Vatanga, mehnatga, mulkka, odamlarga munosabatini bildiruvchi (yunaltiruvchi) qonun – koidalar, yul – yuriklar, mezonlar, pand – nasixatlar yigindisidan iboratdir. Axloq umuminsoniy va milliy harakterga ega bo’lib, kishilarning tarixan qaror topgan va har bir odam egallashi lozim bo’lgan axloqiy ideallari, orzu – umidlari to’g’risidagi tasavvurlari, tushunchalari, bilimlari, qarashlarini o’z ichiga oladi.
Umuminsoniy axloq deganda turli davrlarda barcha xalqlarda kishilarning turmushi, xayot tarzida shakllanib, insonlarning o’zaro muomala – munosabatlarini tartibga solib turuvchi umumiy tushunchalar, normalar va talablar, umumiy axloqiy sifatlar tushuniladi. Milliy axloq esa umuminsoniy axloqka xos asosiy xususiyatlarni saklagan holda, ayni millat va elat kishilarigagina xos bo’lgan ayrim axloqiy xususiyatlarni ham o’zida mujassamlantiradi». ( Malla Ochilov. «Muallim qalb me‘mori». Toshkent. «O’qituvchi». 2001 yil. 3 – 4 bet ).
O’qituvchi umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlarni o’zlashtirib olishi, tajribada qo’llashi, o’zining dunyoqarashi, axloqiy tajribasi bilan takkoslashi lozim. Fikrlash va xis etish, turmushda sinab ko’rish natijasida umuminsoniy va milliy – axloqiy sifatlar, koidalar, normalar o’qituvchining o’z axloqiy fazilatiga, e‘tiqodiga aylanadi.
O’qituvchining odob normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va e‘tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e‘tikod va sifatlar o’qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o’quvchilar, ota – onalar va bashqa kishilar bilan muomala – munosabatlarida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta‘sir o’tkazishda ko’zga tashlanadi. Pedagogik takt o’qituvchi axloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta‘sirining samaradorligida, axloqiy tarbiya soxasida erishgan yutuklarida namoyon bo’ladi.
Pedagogik nazokat me’yorlari o‘qituvchidan avvalo yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Zero, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning asosiy maqsadlaridan biri komil inson tarbiyasi bo‘lib, u davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazish o‘qituvchi zimmasida. Shunday ekan, hozirgi demokratik jamiyat o‘qituvchisining o‘zi avvalo barkamol inson bo‘lishi, mukammal bilimlar sohibi, o‘z kasbining yetuk egasi bo‘lishi zarur. O‘qituvchi xulq-atvorida pedagogik nazokat ma’lum bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari ham jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi.

Yüklə 243,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin