4-mavzu: Guruh rahbarining pedagogik mahoratining o’ziga xosliklari.
REJA: Guruh rahbarining faoliyatida pedagogik mahoratning tutgan o‘rni.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
Tarbiyaviy ishlarda tarbiyaviy ishlar jarayonida o‘zaro munosabatning nutqsiz vositalarning ahamiyati.
Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga etkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o‘rnini izohlab, Buyuk davlat arbobi I.A.Karimov quyidagi fikrlarini bayon etadi: “Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi”. YOshlarni o‘qitish va tarbiyalash, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarni tayyorlashda ayniqsa o‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi o‘rni beqiyosdir.
1-topshiriq.Guruh rahbarining faoliyatida pedagogik mahoratning tutgan o‘rnini Nima uchun? Texnologiyasi orqali ochib bering.
2-topshiriq. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlarini tushunchalar tahlili metodi orqali bayon qiling.
Pedagogik texnika – o‘qituvchiga o‘quv faoliyatida ham, o‘qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo‘lgan umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil topadi. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlar: nutq madaniyati, mimik pantomima, o‘qituvchining hissiy xolati.
Nutq madaniyati- savodli gapirish, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, o‘z fikr va his-tuyg‘ularini so‘zda aniq ifodalash.
Mimik pantomima – aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki iliq tabassum.
O‘qituvchining hissiy xolati – jiddiylik darajasi, umummbaxshlik, xayrixoxlik kayfiyatini saqlash, o‘zi hissiy dam olishini tashkil etish.
Pedagogning asosiy qudrati – so‘zdan tashqari uning munosabatida nutqsiz vositalari mavjud.
1.his-hayajonni ifodalaydi – gavdani tutishi, ishora, mimika, qadam tashlash, ko‘zma-ko‘z, aloqa.
2. Prosadika va ekstrolingvistika – nutq ohangi, ovoz balandligi, tembr, pauza, uf tortish, kulish, yo‘talish.
3. Takesika – qo‘l berib ko‘rishish, urib-urib qo‘ymoq, silab qo‘ymoq, dahldorlik.
4. Proksemika - to‘g‘ri yo‘l topish, masofa tutish.
3-topshiriq. Tarbiyaviy ishlarda tarbiyaviy ishlar jarayonida o‘zaro munosabatning nutqsiz vositalarning ahamiyatini “Qanday?” texnologiyasi orqali bayon qiling.
Tarbiyaviy ishlarda tarbiyaviy ishlar jarayonida o‘zaro munosabatning nutqsiz vositalarning ahamiyati.