Pedagogik nazokatning uzluksizligini ta’minlovchi omillar: pedagogik nazokat o‘qituvchining butun pedagogik faoliyatida sayqallanib takomillashib boruvchi jarayon
pedagogik nazokat odatda tugallangan shaklga ega bo‘lmay, insoniy fazilatlar evaziga uzluksiz boyib boradi
o‘qituvchi pedagogik nazokatning tarkibiy qismlarini ijtimoiy muhitga va odamlarning yashash tarziga, urf-odatiga qarab o‘zgartirishi mumkin;
o‘qituvchi pedagogik nazokatning nozik qirralarini chuqur egallashga doimo intilishi talab etiladi
pedagogik nazokatni o‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatda o‘zi uchun eng qulay shaklga keltirib, ma’lum bir muvozanatda saqlaydi
o‘z kasbini sidqidildan sevishi, halolligi, rostgo‘yligi, axloqiy pokligi, odamiyligi, kamtarligi, samimiy muomalasi pedagogik nazokatning zarur talablaridir
pedagogik nazokat asosida o‘qituvchining mehribonligida tarbiyada talabchanlik va qattiqqo‘llik hislatlari mujassamlashgan bo‘ladi
pedagogik nazokat asosida o‘qituvchi pedagogik odob va axloq normalarini o‘zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitib boradi.
O‘qituvchi pedagogik nazokatga ta’lim va tarbiya jarayonidagi har bir vaziyatga adolatli baho berishi, o‘quvchilarning xatti-harakatini to‘g‘-ri idrok etishi, sabot va matonat, o‘zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi bilan erisha-di. Pedagogik faoliyatda o‘z kasbini sevgan o‘qituvchigina butun kuch g‘ayratini, qalb nuri va dil haroratini shu ishga bag‘ishlaydi va o‘z fao-liyatida yaxshi natijalarga erishadi. Bolalarni sevish, ularga mehr-muhab-batli bo‘lish o‘qituvchi axloqiy qiyofasini namoyon etuvchi muhim fazi-latlardir.
O‘qituvchi deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol-ja-vob qiladi, ularning yaxshi xulq va ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimlarini baholaydi, nojo‘ya xatti-harakatlari uchun tanbeh berib, lozim bo‘lganda tarbiyaviy metodlarni qo‘llaydi.
Pedagogik nazokat doimiy izlanishni, ijodkorlikni talab qiladi. Doi-miy ijodiy izlanishda bo‘lgan o‘qituvchi tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladi, ilm-fan muammolari, tarbiya etikasi va psixo-logiyasi yuzasidan erkin fikr yurita oladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning kattalar bilan muloqotga kirishish tizimi-ga ma’lum darajada kirib borib, ularning ichki qoidalarini o‘rganishga harakat qilishi kerak. Bu narsa o‘quvchilar bilan suhbatlashish orqali, fe’l-atvorini o‘rganish, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini kuzatish, o‘quvchilar hayotidagi turli voqealar va muammolarni birgalikda tahlil qilish, ular muhitida ro‘y berayotgan hodisalarga nisbatan fikr-mulo-hazalarini bilish asosida amalga oshiriladi. Bunda u o‘quvchilar jamoasida ro‘y berib turadigan, tashqi tomondan kuzatganda aslo bilib bo‘lmaydigan yashirin hodisalar va voqealarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada o‘qituvchi ta’lim-tarbiyaviy jarayonda o‘z oldida turgan vazi-falarni hal etishda o‘quvchilarning o‘zlarini ham jalb qila oladi.
Ijobiy natijalarga erishish uchun, o‘qituvchi o‘quvchilarning ishonchini qozona olishi shart. Yosh o‘quvchi “do‘st”lar ishonchini qozonish yoki ishonchiga kirishi uchun o‘qituvchi pedagogik nazokat imkoni-yatlarini o‘z o‘rnida qo‘llay olishi lozim. O‘zaro ishonch munosabatlari o‘rnatilgach, o‘quvchilar og‘ir damlarda o‘qituvchidan yordam so‘rab murojaat qiladilar, o‘z mulohazalarini u bilan baham ko‘radilar. O‘zaro ishonch norasmiy munosabatlarda ham o‘qituvchiga o‘quvchilarning ba’-zan anglab bo‘lmaydigan ichki dunyosini ko‘rish imkoniyatini beradi. O‘quvchilar bilan munosabatlarda pedagogik nazokatni qo‘llash nati-jasida:
o‘qituvchi o‘quvchilarning xarakterini, ichki dunyosini yaxshi bi-lib oladi, o‘quvchilar bilan munosabatda do‘stona muloqot qilish imko-niyatlari paydo bo‘ladi;
o‘qituvchi o‘quvchilar bilan chin ko‘ngildan bir-biriga yaqin bo‘-ladi, ba’zan eshitmasligi kerak bo‘lgan o‘quvchilarning o‘zaro sirli gap-larini eshitmasdan o‘tib ketishi mumkin, negaki o‘zgalar gapini tinglash odobsizlikdir;
o‘qituvchi ba’zan o‘quvchilar jamoasining kundalik ishlariga ara-lashmasligi, jamoada ro‘y beradigan ba’zi ko‘ngilsiz hodisalarni ijobiy hal etishni jamoa faollari zimmasiga havola etishi mumkin.
Bularning hammasi o‘qituvchining o‘quvchilar bilan bo‘ladigan ixti-loflariga, kelishmovchilik va ziddiyatlariga barham beradi.
Mamlakatimizda har qanday kasb egasi avvalo odob va axloq namu-nalariga ega bo‘lishi tabiiy, lekin pedagogik nazokat va odoblilik mut-laqo o‘zgacha harakatni va muomalani talab qiladigan o‘qituvchilar uchun chinakam mahoratdir. Chunki bu hislatlar faqatgina pedagogik qobiliyat va iste’dodga ega bo‘lgan o‘qituvchida yillar davomida shakllanadi.
O‘tkazilgan o‘z-o‘zini kuzatish asosida, o‘zingiz uchun dilkashlik xususiyatlarini kasbiy fazilat sifatida ahamiyatini aniqlang, shunda siz o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida pedagogik faoliyatingizdagi asosiy kamchiliklardan kelib chiqqan holda o‘zingiz uchun “Kommunikativ jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalashning individual-tipologik dasturi”ni tuzishingiz mumkin. Ushbu dastur – kasbiy fazilat sifatida o‘qituvchida dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantirish dasturi (o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish darajasi past bo‘lganida) bo‘la oladi hamda o‘quvchilar bilan muloqotda salbiy ko‘rinishlarni bartaraf etish (siqiqlik, tortinchoqlik, keskinlik va hokazo), kasbiy-kommunikativ ko‘nikma va malakalarni qisqa muddatda shakllantirishga zamin yaratadi. Kommunikativ jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash tizimi individual, berilgan tavsiyalar inobatga olingan holda ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Tabiiyki, muloqotga oid ko‘p narsalarni har qanday o‘qituvchi o‘zining shunchaki sog‘lom tafakkuri va tajribasi bilan ishlab chiqishi mumkin. Masalan, boshqalar bilan muloqotda tabiiy noqulaylikni his qiladigan odamlar, bunday muloqotdan keyin o‘z tajribasini ongli ravishda ort-tirishi, psixologik to‘siqlarni ma’lum bir maqsadni ko‘zlab bartaraf etishi lozim. Buning uchun yosh o‘qituvchi turli seminarlarda, yig‘ilishlarda, o‘qituvchilar davrasida ko‘proq chiqish qilishga intilishi, hamkasblari va kishilar bilan muloqot qilishning har bir imkoniyatidan foydalanishi kerak. Masalan, birorta muammo haqida bir nechta hamkasblaringiz bilan gaplashish vazifasini qo‘ying.
Yoshi ulug‘, tajribali o‘qituvchilarga o‘zingizni qiziqtirgan muammoli savollar bilan murojaat qiling, do‘kon sotuvchisining xaridorlar bilan muomalasidagi hatti - harakatini sharhlab bering va hokazo. Ko‘chada yo‘lovchining savoliga javob berganingizda, u bundan qoniqish hosil qilganini tushunishga harakat qiling. Har safar darsga tayyorgarlik ko‘rib, yangi materialni tushutirishda nafaqat pedagogik vositalar va metodlarni qanday qo‘llashni, balki sinf jamoasi bilan qanday muloqotga kirishish haqidagi fikr xayolingizni band qilsin. O‘quvchilar bilan maktabdan tashqari ta’lim va tarbiya jarayonida muloqot qilish haqida o‘ylang. Sizga ajoyib taassurot qoldirgan, yaxshi kayfiyat bag‘ishlagan muloqotdagi vaziyatlarni aslo unutmang. O‘quv-chilar bilan muloqotdagi ba’zi muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilishga urining. Xatolaringizni tan oling va ko‘ra biling, sizga qoniqish bag‘ish-lashi uchun navbatdagi muloqotlarni qanday tashkil qilishni o‘ylang.
Sizga muloqotda noloyiq inson ekanligingizni aytishsa, aslo ruhiy tushkunlikka tushmang. Xulqingiz, xatti-harakatlaringiz, hayot va ish tajribangiz bilan shaxsiy xususiyatlaringiz buning aksi ekanligiga, muloqotda dilkashlik va xushmuomalalilik fazilatlari sizda mavjudligiga o‘zingizni ishontirishga harakat qiling. Tajribalar asosida o‘z kasbiy holatingiz ustida tinimsiz ishlash, muloqotda dilkashlikni kasbiy jihatdan ahamiyatli xususiyatlarini rivojlantirish, kommunikativ qobiliyatlarni takomillashtirish, pedagogik kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllan-tirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda ta’lim va tarbiyadan ko‘z-langan maqsad shaxsning shaxsga ijobiy ta’siri ekan, demak, aynan o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik sharoitida o‘qituvchi ularning ma’naviy dunyosiga kirib borishi kerak.