5.Pedagogik nazokat - o’qituvchi axloqining ijodiy ko’rinishi. Mutaxassisning pedagogik odobi. Mutaxassisning pedagogik odobi - yuksak madaniyati va ma’naviyatida bilinadi. Ochiq ko’ngil, qat’iylik, turli vaziyatlarda o’zini tuta bilishi, talabalarga nisbatan talabchan va mehribon, tamoyilli va g’amho’r, ota-onalar, talabalar, kasbdoshlar bilan ijobiy muloqotda bo’la oladigan, fikrlovchi va dunyoqarashi keng bo’lishi lozim.
Kasb odobining tarkibi-axloqiy bilim, axloqiy his-tuyg’u, axloqiy e’tiqod, axloqiy idealdan iborat.
Axloqiy bilimlar - insonning xulqini tartibga soluvchi xulq-atvor to’g’risidagi tushunchalar, qoidalar, talablar, tamoyillardir.
Xulq-atvor tushunchalari: yaxshilik, adolat, mas’uliyat, burch, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kasbga sodiqlik.
Axloqiy qoidalar - umuminsoniy va axloqiy qadriyatlar, diniy, dunyoviy axloqiy bilimlarga ega bo’lishlik.
Axloqiy his-tuyg’u - o’z kasbidan faxrlanish, zavqlanish, g’ururlanish, o’z qadr-qimmatini anglash, mas’uliyatni, javobgarlikni his qilish.
Axloqiy e’tiqod - jamiyatga, o’z kasbiga, talabalar, kasbdoshlari, ota-onalar oldidagi vazifasini bajarishini his qilish, axloqiy bilim qarashlariga ega bo’lishdir.
Bir adib o’z vaqtida “Biz pedagoglarga unday qiling yoki bunday qiling demaymiz. Biz ularga o’zingiz boshqarmoqchi bo’lgan psihik hodisalarning qonunlarini o’rganing va shu qonunlarni hamda ularni qo’llamoqchi bo’lgan muhitlarni nazarda tutib, ish ko’ring deymiz. Faqat mana shu muhitlarning o’zigina hilma-hil emas, balki tarbiyalanuvchilarning tabiati ham bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Tarbiya muhitining hamda tarbiyalanuvchilar shaxsining shunday o’ta hilma-hilligida qandaydir umumiy tarbiyaviy retseptlar berish mumkinmi? Mana shuning uchun ham biz pedagoglarga imkon boricha umuman kishini o’rganishi, o’z tarbiyalanuvchilarini va ularni o’rab turgan muhitni o’rganishni, har doim ham hayolga kelavermaydigan pedagogik tadbirlar tarihini o’rganishni, o’zida tarbiyaning aniq ijobiy maqsadini tarkib toptirishni va egallagan bilimlarga hamda o’z aqliga tayanib, bu maqsadga erishish sari og’ishmay borishni maslahat beramiz”. Pedagogik faoliyat jarayonida o’qituvchi o’ta hilma-hil kasbiy va shaxsiy sifatlarni namoyon qiladi. Bu sifatlar bir-biri bilan uzviy bog’langan va mutaxassis - murabbiyning amaliy faoliyatida bir butun sifatida yuzaga chiqadi. Shaxsiy sifatlar, mahsus bilimlar va kasbiy bilimlar murakkab va ko’p qirrali birikmasini pedagogik qobiliyatlar deb, atash qabul qilingan. Pedagogik qobiliyatlar murakkab strukturaga egadir.
Pedagogik qobiliyatlarning shakllanishiga o’qituvchilarni tayyorlab etishtiradigan o’quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni katta ta’sir ko’rsatadi. Ammo har bir bo’lajak mutaxassis – murabbiy, bilim yurtida ishlayotgan o’qituvchi o’zlarida pedagogik qobiliyatlarini o’stirish uchun zo’r ishtiyoqni namoyon qilishlari kerak. Pedagogik qobiliyat pedagogik faoliyatning shartigina emas, balki natijasi hamdir. Pedagogik mahorat mutaxassis - murabbiyda pedagogik odobi(nazokati) ning mavjudligi bilan harakterlanadi.
Mutaxassis - murabbiyning umumiy ma’naviy tarbiyalanganligi pedagogik odobining asosidir. Pedagogik odobi - bu talabalarga nisbatan pedagogik etikaning o’ziga hos amalga oshirilishidir. Pedagogik odobi - bu o’qituvchining yuksak insoniylik, insonga mehribonlik, o’zini tuta bilishi, sabr-bardosh, har qanday vaziyatlarda ham hayrihohlik munosabatlarini o’rnata bilishi kabilarni qamrab oluvchi ma’naviy xulq-atvoridir. Pedagogik odobiga ega bo’lgan mutaxassis - murabbiy talabalar, ota-onalar, hamkasblari bilan bo’ladigan o’z munosabatlarini ustalik bilan boshqaradi. Pedagogik odobida avvalo insonga chuqur hurmat namoyon bo’ladi. Murabbiy talabaning tarkib topayotgan shaxsi bilan ish ko’radi va uning talabalar bilan bo’ladigan barcha munosabati: insonga mumkin qadar aql, talabchanlik va unga imkon darajasida ko’p hurmat tamoyili asosida ko’rinishini amalga oshiradi.
Bir qator kasbiy malakalar pedagogik odobi bilan bog’langan. Bu pedagogik vaziyatni baholash, talabalarning xususiyatlarini hisobga olish, pedagogik ta’sir keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan samarani oldindan ko’rish malakasidir. Pedagogik odobi yuksak pedagogik mahorat mavjudligining belgisidir. Pedagogik odobini egallash mutaxassis - murabbiydan o’z ustida puhta o’ylab ishlashni talab qiladi. Murabbiy o’z xatti - harakatini doimo nazorat qilishi, qarashi, ishorasi bilan talabalar xatti-harakatiga o’z munosabatini bildira olishi kerak. Ya’ni, pedagogik odobi o’qituvchida o’z tuyg’ularini ifoda qilishning sof tashqi malakalari mavjud bo’lishini ham nazarda tutadi. Malakalarning bunday majmui pedagogik mahoratining tarkibiy qismi bo’lib, u pedagogik texnikasi deb ataladi. Pedagogik texnikasi murabbiyga talabalar va ularning ota-onalari bilan muloqotda bo’lishda to’g’ri muomala tarzini tanlash imkonini beradi. Muomala tarzi, talabalar bilan munosabat uslubi, diktsiya, mimika, imo-ishorani to’g’ri tanlash, bularning barchasi pedagogik texnikasi tushunchasiga kiradi. Mutaxassis - murabbiyning pedagogik mahorati, uning intellekti va madaniyatiga milliy dasturda jiddiy e’tibor beriladi va shu o’rinda mutaxassis - murabbiy o’z pedagogik mahoratini, kasbga doir vazifalarini hal qilish qanchalik qo’lidan kelishini doimo tekshirib borishi, bola ongi hamda qalbiga eng yaxshi yo’llarni ahtarishi kerakligi ta’kidlab o’tiladi. Milliy dasturda mutaxassis - murabbiy o’z tarbiyalanuvchilarini faqat bilimlar bilan qurollantirib qolmasligi ta’kidlanadi.
Axloqiy bilimlar - insonning xulqini tartibga soluvchi xulq-atvor to’g’risidagi tushunchalar, qoidalar, talablar, tamoyillardir.
Xulq-atvor tushunchalari: yaxshilik, adolat, mas’uliyat, burch, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kasbga sodiqlik.
Axloqiy qoidalar - umuminsoniy va axloqiy qadriyatlar, diniy, dunyoviy axloqiy bilimlarga ega bo’lishlik.
Axloqiy his-tuyg’u - o’z kasbidan faxrlanish, zavqlanish, g’ururlanish, o’z qadr-qimmatini anglash, mas’uliyatni, javobgarlikni his qilish.
Axloqiy e’tiqod - jamiyatga, o’z kasbiga, talabalar, kasbdoshlari, ota-onalar oldidagi vazifasini bajarishini his qilish, axloqiy bilim qarashlariga ega bo’lishdir.