15-mavzu: Psixik jarayonlarii shakllanishida tilning ahamiyati


Psixik jarayonlarning shakllanishida tilning ahamiyati



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə3/4
tarix30.08.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#141004
1   2   3   4
15-MAVZU

Psixik jarayonlarning shakllanishida tilning ahamiyati

  • Inson ongi ijtimoiy chuqur tabiatga ega. U predmetli faoliyat jarayonida, bolaning kattalar bilan muloqotida, kattalarning bir-birlari bilan muloqot jarayonlarida shakllanadi va boshlanishidan ijtimoiy xarakterga ega. Muloqot jarayonida bolaga umuminsoniy tajribalarning asosi beriladi. SHuning uchun individual-psixologik, alohida shaxspsixologiyasi ijtimoiy holat hisoblanadi. Agar umuminsoniy tajribani berish jarayonida so‘zlar alohida ahamiyat kasb etsa, iboralar ham insoniy tajribalarni etkazishida muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlarni gaplar orqali etkazish ikkiga bo‘linishi mumkin. Aniq voqealar haqida xabar etkazish yoki voqea kommutatsiyasi va mashhur mantiqiy munosabatlar orqali yotkazish yoki munosabatlar kommutatsiyasi mavjuddir. Munosabatlar kommutatsiyasi hissiy tajribadan ongning murakkab ratsional shakllariga o‘tishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilga ta’sir qilishning uch shakli ham mavjud.

3.Muomalaga kirishish shaxsning faolligi sifatida.

  • Inson nutqi xilma-xil shakllarga ega. Lekin nutqning qanday shaklidan foydalanmaylik, u nutqning ikki asosiy: og‘zaki yoki yozma turlaridan biriga tegishli bo‘ladi. Bunda ikki tur ma’lum o‘xshashlikka ega bo‘ladi. Bu o‘xshashlik hozirgi zamon tillaridagi yozma nutq, xuddi og‘zaki nutq kabi tovushli ekanligidan iborat: yozma nutq belgilari bevosita ma’noni emas, so‘zning tovush tarkibini etkazadi. Og‘zaki nutqning asosiy boshlang‘ich ko‘rinishi bo‘lib, suhbat shaklida kechadigan nutq hisoblanadi. Bunday nutq suhbat yoki dialog deb ataladi. Uning asosiy xususiyati suhbatdosh tomonidan faol olib boriladigan nutq hisoblanadi, ya’ni, suhbat jarayonida ikki suhbatdosh ishtirok etib, tilning sodda gap va iboralarni qo‘llaydilar. Dialog nutqning ochiq holda ifodalanishi talab etmaydi, chunki suhbatdosh suhbat davomida nima haqida so‘z yuritilayotganini tushunadi va boshqa suhbatdosh tomonidan bildirilgan iborani fikran yakunlay oladi. SHunga o‘xshash vaziyatlarda birgina so‘z boshqa suhbatdosh tomonidan aytilgan iborani yakunlab qo‘yishi mumkin. bunda birgina so‘z yaxlit iboraning o‘rnini bosadi. Nutqning boshqa shaklini so‘zlovchi tomonidan aytilgan nutq tashkil etadi, bunda tinglovchilar uning nutqini idrok qiladilar, lekin unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashmaydilar. Bunday nutq monolog deb ataladi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin