15-mavzu. Tarbiyada nazorat, Oʻz-oʻzini baholash va oʻz-oʻzini nazorat qilish metodlari topshiriq



Yüklə 43,25 Kb.
səhifə1/2
tarix21.12.2023
ölçüsü43,25 Kb.
#188652
  1   2
15-AMALIY


15-MAVZU. TARBIYADA NAZORAT, OʻZ-OʻZINI BAHOLASH VA OʻZ-OʻZINI NAZORAT QILISH METODLARI
Topshiriq:
Kalit soʻzlarni mosini topib oʻrniga qoʻying.
Kalit soʻzlar: aqlning mustaqilligi, ta’lim olganlik, aqlning teranligi, aqlning barqarorligi.
................ – inson yangi materialni egallashda mavhumlashtira olishi mumkin boʻlgan belgilarning muhimligi bosqichi va ularni umumlashganligi darajasida namoyon boʻladi.
................ – bu aql sifatini shakllantiruvchi shaхs intellektual хususiyatlarining tizimi.
................ – yangi bilimlarni, vazifalarni hal etishning yangi yoʻllarini faol izlashda namoyon boʻladi.
................ – insonga vazifalarni fikriy hal etish, ularning butun belgilarini хotirada eslab qolishga imkon beradi. Bu sifat tasniflashga oid biror vazifani hal etishda aniq koʻrinadi.
………….. Oʻquv materialini idrok etish va faqmlab olish jarayonida oʻzlashtirish keyinchalik uni mustahkamlash va takomillashtirishni talab etadi.
………….. Bilim, koʻnikma va malakalarni amalda qoʻllash jarayoni ta’limning yakuniy mustaqilligini asta-sekin va izchillik bilan oshirib borish.
………...... oʻquvchilar tomonidan oʻquv materiali qayta ishlanmasdan, ularning xotirlash qobiliyatini aniqlovchi, voqea, hodisa, qonun va atamalarning mohiyatini bilishni talab qiladigan daraja.
................. - oʻquvchilar tomonidan avval oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malakalarni kutilmagan vaziyatlarda vujudga keltirilgan oʻquv muammolarni hal etishda qoʻllash, tahlil, sintezlash, qiyosiy taqqoslash, umumlashtirish, xulosa yasash kabi aqliy operatsiyalarni bajarishni talab qiluvchi daraja.
................ – «Men his qilaman». Bu soha hissiyotlar va his-tuygʻular bilan bogʻliq. Affektiv sohaning asosiy maqsadi – atrofdagi dunyo hodisalariga hissiy munosabatni shakllantirish. Bunga insonning turli vaziyatlarga qanday munosabatda boʻlishi, uning qadriyatlari, qiziqishlari va moyilliklari kiradi.
…………. Eng yuqori darajada, talaba oʻzi yoki oʻqituvchi yordamida shakllantirishi mumkin boʻlgan mezonlar yordamida bayonotlarni baholaydi. Asosiy maqsad - materialni qurish mantigʻini baholash, xulosalarning t oʻgʻriligini tekshirish va oʻz nuqtayi nazaringiz bilan bahslashish. Harakat fe’llari: baholash, bahslash, himoya qilish, bildirish, oʻlchash, muhokama qilish, tekshirish, asoslash, tasdiqlash, bashorat qilish. Ta’lim jarayonida oʻquv materiallarini oʻzlashtirish darajalari va ta’lim maqsadi bilan uygʻunligini quyidagicha izohlash mumkin.
.................. – davlat ta’lim standarti boʻyicha umumiy oʻrta ta’limning malaka talablarini oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi darajasini hamda umumiy oʻrta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuyidan iborat.
................... – doimiy ravishda oʻz- oʻzini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil oʻqib- oʻrganish, kognitivlik koʻnikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, oʻz xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish koʻnikmalarini egallashni nazarda tutadi.
....................... – vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli boʻlish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sogʻlom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi

Yüklə 43,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin