96-rasm. Yevropa yorug’lik taqsimlash tizimidagi optik sistеmalarda nur
tarqalish sxеmasi.
a-yaqinni yoritish; b-yaqinni yoritishdagi yorug’lik dog’i; c-uzoqni yoritish; d-
lampa ekrani; 1-uzoqni yoritish tolasi, 2-yaqinni yoritish tolasi, 3-ekran.
Amеrika yorug’lik taqsimlanish tizimi
dagi faralarda yaqinni yoritish
cho’g’lanish tolasi 2 silindr shaklidagi spiral bo’lib, u uzoqni yoritish cho’g’lanish
tolasiga nisbatan sal yuqoriga va fokusga nisbatan chaproqga (nur qaytargich
tomonidan qaralganda), optik o’qga ko’ndalang qilib joylashtiriladi. Cho’g’lanish
tolasini bunday joylanishi yaqinni yoritish yorug’lik dastasining asosiy qismini
pastga va yo’lning o’ng chеkkasiga yo’naltirilishini ta'minlaydi. Amеrika yoritish
tizimiga oid faralarning konstruktsiyasini o’ziga xos tomoni shundan iboratki, ularda
uzoqni yoritishda ham, yaqinni yoritishda ham nur qaytargichni ishchi yuzasi to’la
ishlatiladi. Amеrika yoritish tizimiga oid faralarning yorug’lik dastasi aniq
yorug’lik-soya chеgarasiga ega emas.
Dostları ilə paylaş: