16-bob. Mehnat munosabatlarini boshqarish


Mehnatni boshqarish tizimini takomillashtirish



Yüklə 25,72 Kb.
səhifə9/12
tarix15.02.2022
ölçüsü25,72 Kb.
#52589
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
16-MAVZU.MEHNAT MUNOSABATLARINI BOSHQARISH

16.5. Mehnatni boshqarish tizimini takomillashtirish
0‘zbekistonda mehnat munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari va shartnomalari, shuningdek, boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ular mehnat bozorining samarali amal qilishi, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlari, xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya qilinishi ta’minlanishi, mehnat unumdorligining o‘sishi, ish sifati yaxshilanishi, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga yo‘naltirilgan.

Mamlakatda mehnat qilish huquqini amalga oshirishning quyidagi kafolatlari belgilab qo‘yilgan, ya’ni davlat:

- ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan, turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;

- ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishni;

- maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni;

- har kimga kasbga va i shga ega bo‘ lishda, mehnat qili sh va ish bilan ta’ minlanish shart-sharoitlarida, mehnatga haq olishda, xizmat pog‘onasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni;

-yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‘qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularningyo‘llanmasi bilanboshqa o‘quvyurtlarida stipendiyato'lab malakasini oshirishni;

- boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to‘lashni;

- haq to£lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi.


Yüklə 25,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin