16-majburiyatlar hisobi topshiriqvariantlari Majburiyatlar turlari va ularning tavsiflari


Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish sarflari nimalardan iborat?



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə13/25
tarix02.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#40028
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
16-majburiyatlar hisobi topshiriqvariantlari Majburiyatlar turla

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish sarflari nimalardan iborat?

Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

-temir yoʻl, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun toʻlangan jarimalar;

- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining xarajatlari;

- mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bogʻliq mehnatga haq toʻlash xarajatlari(maʼmuriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari);

- ularning ijtimoiy sugʻurta ajratmalari;

- savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari;

- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

-sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idishtovogʻi va anjomlarining eskirishi;

- gaz, yoqilg'i, elektr energiyasi xarajatlari;

- tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari;

- savdo reklamasi xarajatlari;

- tashish, saqlash va sotish chogʻida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yoʻqotilishi;

- oʻrash-joylash materiallari xarajatlari; - mol-mulkni majburiy sug'urta qilish xarajatlari; - mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari;

-ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini oʻrnatish va saqlash, tuynuklar boshqalarning atrofini oʻrash bo‘yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar;

-maxsus kiyim-bosh va poyafzalni yuvish va tuzatishga materiallar qiymati;

-umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko'rikdan oʻtkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga haq toʻlash;

-kassa xo'jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari;

- umumiy ovqatlanish korxonalarida qog‘oz salfetkalar, qog'oz dasturxonlar, qog‘oz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati;

- bozorlarni oʻrganishboʻyicha belgilangan normativlar doirasida va undan o‘rtiqcha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar);

- ilgarigi ish joy boʻyicha lavozim oklad miqdorini saqlagan holda boshqa tashkilotlar, korxonalardan, shuningdek vaqtinchalik oʻrindoshlikboʻyicha xodimlarga toʻlanadiganokladlardagi farq;

- sovun, dori-darmon vositalarining qiymati; - soliqlar (yer uchun, mulk uchun, avtotransport vositalari uchun);

-umumiy foydalanishdagi avtomabilyoʻllarini saqlashga va ta'mirlashga ajratmalar;

-bank xizmatlariga toʻlovlar.

Yuqorida keltirilgan xarajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit xo‘isovaraqbulib, ko‘aysi davr bulmasin uning oy boshida krldiq summasi bulmaydi, hisobvaraqning debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ko‘rsatilsa, kredit tomonida ushbu xarajatlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin