Laboratoriya ishi №5 hayvonlar tо‘qimasidan gomogenat tayyorlash kerakli asboblar



Yüklə 18,22 Kb.
tarix14.02.2023
ölçüsü18,22 Kb.
#84332
5-laboratoriya (2) - копия


Laboratoriya ishi № 5
HAYVONLAR TО‘QIMASIDAN GOMOGENAT TAYYORLASH
Kerakli asboblar: qaychi, pinset, skalpel, gomogenizator, shisha tayoqchalar, pipetkalar 2-5-10 ml, sentrifuga, sentrifuga probirkalari, probirkalar, stakanlar, voronka, bint, filtr qog’oz, 0,25 M saxarozaning TKM buferi- pH-2H, 0,001 M-tris, 0.0025 M kaliy, 0.0025 M magniy, kalamush jigari.
Maqsad: Hayvonlar to’qimasidan gomogenat tayyorlashni o’rganish.
Ultrasentrafuga yordamida makromolekulalar va hujayra struktura komponentlari ajratilib o’rganiladi.
Metodning mohiyati shundan iboratki, turli molekulyar massaga ega bo’lgan biologik makromolekulalar ma’lum tezlikda cho’kmaga tushadi.
Ultrasentrafugani birinchi bo’lib 1925-yilda shved olimi Svedberg kashf etgan. Hozirgi zamon ultrasentrafugalari yuksak vakuum sistemasida ishlaydi. Uning rotori 8000 ayl/min tezlikda aylanadi va markazdan qochish kuchi Yerning tortishish kuchi (q) ni 500000 gacha yetkazishi mumkin. Zarrachalarning ana shunday kuch ta’sirida cho’kishi sedimentatsiya deyiladi.
Ultarsentrafugalashda komponentlarning cho’kish tezligi sedimentatsiya koeffitsienti deb ataladi, u biologic makromolekulalarning muhim harakteristikasini ifodalaydiva bu birlik Svedberg nomi bilan atalib, S harfi bilan ifodalanadi. Biologik makromolekulalarning sedimentatsiya koeffitssienti 1-200 S oralig’ida.
Hujayrada boradigan biokimyoviy jarayonlarni o’rganish uchun hujayra komponentlari toza holda ajratib olinadi.
Ishning borishi. Barcha jarayonlar sovuq xonada (0-4 C) olib boriladi. Kalamushni so’yib, jigari ajratib olinadi. To’qimani avval sovuq buffer bilan yuviladi, so’ngra yaxshilab qaychi bilan maydalanadi. Hosil bo’lgan massani gomogenizatorga (mahsus shisha idishga) solinib, elektr motoriga ulangan teflonli sop yordamida ishqalanadi. Bu jarayon gomogenizatsiya deb ataladi. Gomogenizatsiya uchun bir qism maydalangan to’qima va 10 qism maydalangan bufer olinadi, bu jarayon to bir xil massa-gomogenat hosil bo’lguncha davom ettiriladi. Gomogenat sentrifuga probirkalariga solinadi va sentrifugada aralashtiriladi. Gomogenat differensial sentrafugalash metodi bilan alohida fraksiyalarga ajratiladi.
O‘z-ozini tekshirish uchun savollar:
1. Hayvonlar to’qimasidan gomogenat tayyorlash qanday usul yordamida o’rganiladi?
2. Ultrasentrafugani kim o’rgangan?
3. Sedimentatsiya koeffissienti deb nimaga aytiladi?
4. Svedberg nomi nima?
Foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. P. Mirxamidova, D.B. Babaxanova “Molekulyar biologiya” Laboratoriya mashg’ulotidan uslubiy qo’llanma. 2020-yil.

  2. M.X. Egamberdiyev “Molekulyar biologiya” fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. 2020-yil.

  3. M.N.Valixanov,S.N.Dolimova,G.marova,P.Mirxamidova “Biologik kimyo va moleklyar biologiya(2-qism).2019-yil.

Yüklə 18,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin