Moliyaviy faoliyat bo’yicha sarflarni hisobga olish qanday amalga oshiriladi?
Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar boʻyicha, shu jumladan toʻlov muddati oʻtgan va uzaytirilgan ssudalar boʻyichatoʻlovlar.
- Mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni toʻlash xarajatlar.
- Chet el valyutasi bilan muomalalar boʻyicha salbiy kurs tafovutlaridan zararlar.
- Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shoʻba korxonalarga va hokazolarga) mablagʻlarni qayta baholashdan koʻrilgan zararlar.
- Oʻzqimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar.
- Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobda aks ettirish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
9610-«Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar»;
9620-« Valytalar kurslari farqidan zararlar».
9630-«Qimmatli qog`ozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar»
9690-«Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar».
|