Davr sarflari, ularni turkumlash va tarkibiy tuzilishini tushuntiring.
Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʻliqboʻlmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek umumxoʻjalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog'liq boʻlmaganligi, lekin ma'lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog'liq boʻlganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma'muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bogʻliqboʻlmagani va aksincha, vaqt bilan, xoʻjalik faoliyatining davomiyligi bilan bogʻliqboʻlgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi.
Mahsulot sotish, ma'muriy xarajatlar kiritiladi.
Hisobvaraqlar rejasiga binoan davr xarajatlar, xizmat koʻrsatuvchixoʻjalik xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga quyidagi hisobvaraqlar kiradi:
9410-«Sotish xarajatlari» 9420-«Maʼmuriy xarajatlar» 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» 9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari».
|