Pul oqimlari to’g’risidahisobotqanday?
Pul oqimlari haqidagi axborot xo’jalik yurituvchi subyektning pul mablag’larini jalb qilish qobiliyatiga baho berish uchun zarurdir, bu esa foydalanuvchilarga har xil xo’jalik yurituvchi subyektlarining pul oqimlarini baholash va taqqoslash uchun yangi usullar ishlab chiqishga imkon beradi.
Xususiy kapital haqida hisobot qanday?
Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to‘g‘risida, ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezyerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), sotib olingan xususiy aksiyalar va boshqa xususiy kapital elementlari to‘g‘risidagi axborot yoritib byerilishi lozim. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan tegishli axborotni yoritib byerishi kyerak. Hisobotda hisobot davridagi xususiy kapital tarkibida bo‘lgan o‘zgarishlar haqidagi axborot yoritib byerilgan bo‘lishi kyerak. Buning uchun quyidagilar to‘g‘risidagi axborotlarni yoritib byerish kyerak: qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta baholanishi, ustav kapitalini shakllantirishdagi valyuta kursidagi farqlar, rezyerv kapitalga ajratmalar, joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), tekinga olingan mol-mulk, pul dividendlari va aksiyalar ko‘rinishida to‘lanadigan dividendlar, shuningdek, xususiy kapitalni shakllantirishning boshqa manbalari.Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda quyidagilar to‘g‘risidagi axborot ham yoritib byerilishi kerak: chiqarilgan aksiyalar soni, aksiyalarning nominal qiymati, muomaladagi aksiyalar soni.Ikki hisobot davri o‘rtasida xususiy kapital tarkibidagi o‘zgarishlar moliyaviy hisobotlarda qabul qilingan va yoritib byeriladigan baholashning aniq prinsipidan kelib chiqqan holda hisobot davri davomidagi sof aktivlarning ko‘payishi yoki kamayishini aks ettiradi.
|