1
16-MA’RUZA
Ichki va tashqi elektr taьminoti tizimi uchun elektr apparatlarni tanlash
I. M a ‘ r u z a r ye j a s i:
1. Paket uzgichlar va qayta ulagichlar.
2.Boshqarish apparatlarining tuzilishi va ishlash printsipi.
Tayanch soʻzlar va iboralar
Paket
uzgichlar va qayta ulagichlar;
boshqarish
apparatlari;
kontrollerlar; komandoapparat; boshqarish
knopkasi (tugmasi); komandokontrollerlar;
rezistorlar;
reostatlar; sovutish vositalari (xavo yordamida; yog’
bilan
sovutish, suv bilan sovutish).
Paket ulagichlar va qayta ulagichlar (PU) koʻp bosqichli apparat
boʻlib, ular tok kuchi 400A gacha, oʻzgarmas kuchlanishi 220V va
oʻzgaruvchan kuchlanishi 380V boʻlgan
kichik quvvatdagi elektr
zanjirlarini ulab-uzish uchun (tez-tez boʻlmagan kommutatsiyasini amalga
oshirish uchun) belgilangan. SHuningdek, ulardan dvigatellarni yurgizish,
revers qilish va dvigatel choʻlg’amlarining ulanish sxemasini yulduz
sxemasidan uchburchak sxemasiga oʻtkazishda ‘am foydalaniladi.
16-3-rasmda PVM markali PU ning tuzilishi koʻrsatilgan boʻlib, u
aloʻida va oʻzaro bog’langan paketlar 5 ‘amda yuritish mexanizmi 4
lardan tuzilgan. Paket uzgichning bir qutbini ‘osil qiladi ‘ar bir
qutbda ikkitadan uzib-ulash
uchun belgilangan qismi mavjud. Qoʻzg’almas kontaktlar 1 kattagina massaga ega boʻlgan
plastina shaklida latundan yasaladi. ‘arakatlanadigan kontakt 2 esa PU ning kvadrat shaklidagi,
izolyatsiyalangan oʻqiga oʻrnatilgan boʻlib, aylanma xarakatga ega.
Kontaktga bosim kuchi,
uning xarakatlanuvchi qismi 2 dagi ulanadigan uchining elastiklik (qayishqoqlik) ‘ususiyati
xisobiga ‘osil qilinadi.
Xarakatlanuvchi kontakt – detal 2 ga fibrali plastinalardan ikkita yuza 3 qatiriladi. Ushbu
yuzalar oʻrtasidagi masofa ‘arakatlanuvchi kontakt qalinligidan bir oz katta boʻlib, uning paket
ichida bemalol ‘arakatlanishiga imkon beradi. Xarakatlanuvchan
kontakt-detal yuritish
mexanizmi yordamida xarakatga keltiriladi. Yuritish mexanizmining ushlagichi aylantirilganda,
avval, prujinaga ta’sir etiladi va u yuritish xolatiga kelgandan soʻng, prujina ‘arakatlanuvchi
kontakt-detalni zarur tezlik bilan ta’minlaydi.
Elektr zanjirini uzish jarayonida elektr yoyi kontaktlarning ikkala uzish joyida ‘osil
boʻlishi munosabati bilan oʻzgaruvchan tok elektr yoyining ishonchli oʻchirilishi ta’minlanadi.
Yoy, elektr toki oʻzining nolp qiymatidan birinchi bor oʻtishidayoq, oʻchiriladi.
Yuritish mexanizmining yetarli darajada ishonchli emasligi, yemirilishga qarshiligi uncha
katta emasligi (20
.
10
3
martagacha ulab-uzishni amalga oshirishi) PVM uzgichlarining kamchiligi
deb e’tirof etiladi.
Kulachokli PKV markali PU lar nisbatan takomillashgan PU lar deb xisoblanadi.
Rubilpniklar (uzgichlar) ga nisbatan paket uzgichlar va
qayta ulagichlar quyidagi
afzalliklarga ega:
- kichik oʻlchamlarga egaligi va montaj qilish osonligi;
- elektr yoyining yopiq ‘ajmda oʻchirilishi;
- bir vaqtning oʻzida bir necha zanjirni boshqarish imkoniyati;
- nominal toklarni kommutatsiya qilish imkoniyati;
- turtinish va tebranishga yuqori darajada bardosh berish qobiliyati.