16-Maruza. Issiqlik sigʹimi. Fazaviy oʹtish issiqligi


ISSIQLIK SIG‘IMLARI NISBATLARI



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə9/10
tarix11.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#111737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
0e55666a4ad822e0e34299df3591d979

ISSIQLIK SIG‘IMLARI NISBATLARI Sr]SV NI EKSPERIMENTAL ANIQLASH
Doimiy bosimdagi issiqlik sig‘imini doimiy hajmdagi issiqlik sig‘imiga nisbati gaz, suyuqlik va qattiq jismlarning xossalarini termodinamik ifodalashda katta rol o‘ynaydi. Misol uchun bunday issiqlik sig‘imlari nisbati gazlarda tovushning tarqalish tezligiga va bikrlik moduliga bog‘liqligini, quvurlarda gazlarning oqish tezligi ham shu nisbatga bog‘liqligini ko‘rsatamiz.
γ= CP/CV
kattalikning qiymati ham CP issiqlik sig‘imi (suyuqlik va qattiq jismlar uchun uni o‘lchash qulay) bo‘yicha CV aniqlanadi. Yyetarlicha siyraklashgan gazlar uchun (1) va Mayer tenglamasi
СPV+R (1)
bo‘yicha doimiy hajmdagi issiqlik sig‘imini topish oson:
СV=R/γ-1 (2)
(27) tenglama xususan, adiabatik jarayondagi ishni quyidagi ko‘rinishda yozishga imkon beradi:

Gazlarda СрV nisbatni tajribaviy aniqlash uchun 8-rasmda ko‘rsatilgan asbobdan foydalanish mumkin.

8-rasm
Bu rasmda manometr M bilan ulangan shisha idish tasvirlangan. Idish havo nasosi bilan K1 kran orqali va atmosfera havosi bilan K2 kran orqali ulanadi. Ishni K1 ochiqligida idishga havoni damlash bilan boshlanadi, bunda K2 kran yopiq turadi (Damlab bo‘lingach K1 kran ham yopib qo‘yiladi). Idishdagi tekshirilayotgan gazning dastlabki holati – bu havo temperaturasiga teng bo‘lgan yuqori bosim (atmosferaga nisbatan) va temperaturadagi holatdir. Siqilganida idishdagi havo qiziganligi tufayli, damlashdan keyin siqilgan havo temperaturasi issiqlik almashinuvi tufayli yana xona temperaturasiga tenglashishi uchun bir oz vaqt kutiladi. Shundan keyin idishdagi boshlang‘ich bosim o‘lchanadi. U P1 ga teng bo‘lsin.
Tajribaning birinchi qismi quyidagidan iborat: K2 kran ochilib, undagi bosim atmosfera bosimi P bilan tehglashgunga qadar, havoning idishdan chiqib ketishi (kengayishi) uchun imkon yaratiladi, so‘ngra K2 kran yana yopiladi.
Gazning kengayish jarayonini adiabatik deb hisoblash mumkin, chunki u juda tez boradi va devorlar orqali tashqi muhit bilan issiqlik almashinuvini hisobga olmasa ham bo‘ladi.
K2 kranning yopilishi bosimlar tenglashgan momentda olib boriladi. Adiabatik kengayish tufayli kranni yopish momentida idishdagi gaz sovugan bo‘ladi.
Jarayonning ikkinchi qismi quyidagicha: issiqlik almashinuvi tufayli idishdagi gazning temperaturasi dastlabki xona temperaturasiga tenglashgunga qadar kutiladi. Bunda idishdagi bosim qandaydir P2 kattalikkacha oshadi va buni manometrdan ko‘rish mumkin.
Tajribaning birinchi qismi oxirida xayolan idishda aynan kengayishdan keyin idishning barcha V qismini egallaydigan gazning V1 hajmini ajratamiz (8-rasmda bu qism AA va VV tekisliklar bilan ajratilgan). U holda tajribaning birinchi qismidagi havoning ajratilgan qismidagi holatning o‘zgarishi (K2 kran yopilgunicha) Puasson tenglamasi bilan aniqlanadi:
P1V1γ=PV γ (3)
Idishda qolgan gazning oxirgi holatini uning dastlabki holati bilan solishtirib (K2 kran ochilishidan oldin), bu ikkala holat birgina temperaturaga taaluqli ekanligini ko‘rish mumkin va bu holatlar Boyl-Mariott qonuni bilan ifodalanadi:
P1V1=P2V (4)
(3) va (4) dan o‘lchashning iloji bo‘lmagan V1 ni qisqartiramiz. Buning uchun (4) tenglamani γ darajaga ko‘tarib, so‘ngra (3) ga bo‘lish kerak.
Natijada: ga ega bo‘lamiz, logarifmlab:
(5)
ni hosil qilamiz. Bu tajribada γ ni aniqlash Р1, Р2 va Р larni o‘lchashga olb keladi.
γ ni aniqlashning boshqa usuli asosida qattiq muhitlarda ultratovushning tarqalishini tekshirish yotadi. Ultratovush deb, chastotasi 2. 104 Gers dan oshadigan mexanik tebranishlar yuzaga keltirgan to‘lqinlarga aytiladi.
Muhitda ultratovush tarqalayotganida muhitdagi o‘zgarishlarni ifodalash uchun nuqtaviy usuldan foydalaniladi: muhit elementar hajmlarga bo‘linib chiqiladi va bu hajmlarda bosim va temperaturaga ega bo‘lgan yetarlicha miqdorda molekulalar mavjud. Muhitning ultratovush o‘tadigan har bir elementar hajmida zichlik, bosim va temperatura davriy ravishda o‘zgarib turadi. Parametrlarning tez o‘zgarishi tufayli ultratovushning tarqalishini adiabatik deb hisoblash mumkin. Bundan tashqari, o‘lchamlarning kichikligidan elementar hajmlar ichidagi temperatura va bosimlar farqi haqida gapirib bo‘lmaydi. Shuning uchun, tez o‘zgarishlarda muhitning ixtiyoriy hajmi muvozanatli o‘zgarish singari o‘zgarishni boshdan o‘tkazadi (kvazimuvozanatli jarayon). Tovush kvazimuvozanatli tarqalishida gaz va suyuqliklarda uning tezligi :
(31)
Formula bilan aniqlanadi va bu yerda ρ0 - g‘alayonlanmagan muhit zichligi, -siqilishning izotermik koeffitsiyenti. (31) dah , P0 va αt larni bilgan holda γ ni aniqlash mumkin.
Ideal gazlar uchun αt = 1/P bolib, bu (31) ni quyidagi ko‘rinishda yozishga imkon beradi:

Holat tenglamasidan zichlik ni topib:
(32)
ko‘rinishga kelamiz.
Bu formula ultratovush tarqalishidagi ultratovushning tezligi, molyar massasi, va temperatura bo‘yicha gazlar uchun γ kattalikni aniqlashga imkon beradi.
Quyidagi jadvalda 20°C temperaturada ayrim gazlar uchun ultraakustik usul bilan aniqlangan γ ning qiymatlari berilgan:





Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin