NISBIYLIK NAZARIYASIDA TEZLIK, VAQT, MASOFA, MASSA VA ENERGIYA.
1.Tezliklarni qo’shishning relyativistik qonuni. Yorug’lik tezligiga yaqin tezliklar bilan harakat qilayotgan sistemalarda tezliklarni qo’shishning klassik qonuni to’g’ri bo’lmaydi, chunki u yorug’likning vakuumdagi tezligi o’zgarmas degan fikrga ziddir.
Agar harakatlanayotgan poezd tezligi ga va shu poezd yoritgichlaridan poezdning harakat yo’nalishi bo’yicha tarqalayotgan yorug’likning tezligi c ga teng bo’lsa, yorug’likning yerga nisbatan tezligi ga emas, balki c ga teng bo’lishi kerak. Tezliklarni qo’shishning yangi qonuni talab etiladigan natijaga olib kelishi lozim.
Jismning K1 sanoq sistemasiga nisbatan tezligini bilan, shu jismning K sanoq sistemasiga nisbatan tezligini bilan belgilasak u holda tezliklarni qo’shishning relyativistik qonuni:
(3)
formula bilan aniqlanadi.
Tezliklarni qo’shishning relyativistik qonunining ajoyib xossasi shuki va u2 tezliklar har qanday bo’lganda ham (albatta, c dan katta bo’lmaganda) natijaviy u tezlik yorug’lik tezligi c dan katta bo’lmaydi.
2. Masofaning nisbiyligi. Masofa absolyut kattalik bo’lmay jismning berilgan sanoq sistemasiga nisbatan harakat tezligiga bog’liq.
K sanoq sistemasiga nisbatan tinchlikdagi chizg’ichning shu sanoq sistemasidagi uzunligini l0 bilan belgilasak u holda K1 sanoq sistemasiga nisbatan tezlik bilan harakatlanayotgan bu chizg’ichning shu sanoq sistemasidagi l uzunligi
(1)
ifoda bilan aniqlanadi.
(1) ifodadan l0 ekanligi, ya’ni Eynshteyn postulatlariga ko’ra jismlarning yorug’lik tezligiga yaqin tezliklar bilan harakatlanayotgan sanoq sistemasidagi uzunligi l tinch turgan sanoq sistemasidagi uzunligi l0 dan qisqa bo’lishi ko’rinib turibdi.
Vaqt oraliqlarining nisbiyligi. K inertsial sistemasining ayni bir nuqtasida sodir bo’layotgan ikki hodisa orasidagi vaqt oralig’i t0 ga teng bo’lsa, u holda K sistemaga nisbatan tezlik bilan harakatlanuvchi K1 sanoq sistemasidagi ikki hodisa orasidagi vaqt oralig’i t quyidagiga teng bo’ladi:
(2)
t > t0 ekanligi, yorug’lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanuvchi sanoq sistemalarida vaqt sekin o’tishini ko’rsatadi.
3. Relyativistik massa. Klassik mexanika tassavvurlariga muvofiq massa o’zgarmas kattalikdir. Lekin 1901 yilda o’tkazilgan tajribalar harakatlana-yotgan elektronning tezligi ortishi bilan massasi ham ortib borishini ko’rsatdi.
Agar tinch turgan jismning massasini m0 desak, u tezlik bilan harakatlanayotgan jismning massasi quyidagi formula bilan topiladi:
(1)
Dostları ilə paylaş: |