Olamning mexanik manzarasi. Olam manzarasi haqida qadimdati boshlab olimlar mulohaza yuritishgati. Biroq ular faqat tafakkurgagina tayanib, tajriba va kuzatislidan kelib chiqadigan umumlashtirishni nazardan qochirganlar.
Tabiat hodisalarini o‘rganishda tajriba natijalariga asoslanishni birinchi bo‘lib G.Galiley boshlab berdi. Shuning uchun fizikaning fan sifatida shakllanishi Galiley dan boshlangan deb qaraladi. Bunda u inersiya, nisbiylik prinsipi haqidagi g'oyalami aytib, ulaming tasdig'ini tajribada kuzatdi. Bu boradagi ishlar I. Nyuton tomonidan davom ettirildi. Shu tariqa XVII asrda tabiatshunoslikdan mexanika ajralib chiqdi va olamning mexanik manzarasi yaratildi.
Olamning mexanik manzarasi materiya, harakat, fazo, vaqt, o‘zaro ta’sir, sabab va oqibat qonunlyati kabi elementlardan tashkil topgan bo‘lib, unda tabiatdagi turli jarayoniarni mexanika qonunlari asosida tushuntirish mumkin deb qaraydi. Olamning mexanik manzarasiga kolra, materiya zarr alar dan tashkil topgan modda deb tushuntinlgan; olam harakatlanuvchi materiyadan tashkil topgan va barcha ko'rinishda harakatlar mexanik harakatga keladi; fazo va vaqt absolyut moliiyat bo'lib, materiya va harakatga bog‘liq emas deb qaraladi (Nyuton), XX asrda bunday qarash inkor etildi (Eynshteyn); o’zaro ta’sir universal tortishish qonuni asosida bo‘lib, u bir onda boMadi; oqibat albatta sabot bilan bogliq (voqealar sababli bog‘lanishga ega, bir holat ma’lum bo‘1sa, keyingi holami sabab-oqibat prinsipi asosida aniqlash mumkin); Nyuton tomonidan yaratilgan klassik mexanika tasavvuriga ko'ra awal alohida-alohida boMgan hodisalar, jaiayonlar, dalillar bir tizimga keltiriladi, ular bir-biri bilan mexanik qonuniyat- lar asosida bog‘lanib, utnumiy yagona manzarani tashkil etadi.
Olamning elektromagnit manzarasi.XIX asrda elektromagnit hodisalami tadqiq qilish, ulaming qonuniyatlarini kashf etish boshlandi. Lekin ulami mexanik nuqtayi nazardan qandaydir fluid (faraz qilingan maxsus suyiiqlik, muhit) asosida tushuntirishga urinishlar bo‘ldi. Bunday qaiashlar tanqidga uchrab, inkor etila boshlandi. Sbunda
M.Faradey elektromagnit maydon tushunchasini kiritdi. Bu fanda muhim olg‘a siljish bo‘ldi. So‘ngra bu g‘oyani rivojlantirib, J. Maksvell elektromagnit maydon nazariyasini yaratdi. Alohida-alohida deb qaralayotgan elektr va magnit hodisalar ma’lum tartibga keltirildi- Bunda elektromagnit maydon fazoda uzluksiz o‘zgaradi deb qaraldi,
Olamning mexanik manzarasi bo‘yicha matcriya moddadan iborat deb qaralgan bo‘lsa, olamning elektromagnit manzarasida materiya maydon shaklida bo‘lishi ham mumkinligi qayd etildi. Harakat faqat modda va uning zarralari harakatidangina iborat bo‘lmasdan, balki maydon va uning elektromagnit toiqinlarining harakati sifatida ham qaralishini taqozo etdi, O‘zaro ta’sir faqat gravitatsion maydon orqali bir ondagina emas, balki chekli tezlik bilan tarqaluvchi elektromagnit maydon orqali ham bo'lishi e’tirof etildi. Shunday qilib, Olamning elektromagnit manzarasi shakllandi.
Shu bilan birga tabiatda ikkita fundamental o‘zaro ta’sir - gravitatsion va elektromagnit o’zaro ta’sir mavjudligi qayd etildi.