16 mavzu. Investitsiyalarni moliyalashtirishning lizing mexanizmi


Lizing munosabatlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi. Lizing to‘lovlarini summasini aniqlash



Yüklə 94,72 Kb.
səhifə6/7
tarix13.06.2023
ölçüsü94,72 Kb.
#129370
1   2   3   4   5   6   7
16-ma\'ruza

Lizing munosabatlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi. Lizing to‘lovlarini summasini aniqlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 avgust 2002 yildagi «Lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni iqtisodiyot tarmoqlarini, xususan kichiq va xususiy tadbirkorlikni zamonaviy texnologiya uskunalari bilan jihozlashda, shuningdek, mamlakatimizning ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlab chiqarilgan asbob-uskuna va texnikani sotishda lizing faoliyati rolini oshirish maqsadida chiqarilgan zaruriy me’yoriy hujjat bo‘lib, mamalakatimizda lizing munosabatlarini rivojlantirishda yangicha bosqichni boshlab berdi.
Ushbu farmonga ko‘ra 2002 yilning 1 sentyabridan boshlab lizing to‘lovlari - qo‘shilgan qiymat solig‘idan, lizingga berish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan texnologiya va uskunalari - vakil bankning tegishli tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda boj to‘lovlari va sotishga soliqlardan ozod qilindi.
Belgilab qo‘yildiki, 2002 yilning 1 sentyabridan boshlab lizing oladigan ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar lizingga berilgan mulkka soliq to‘lashdan lizing shartnomasi amal qiladigan muddatgacha ozod qilinadilar; lizing beruvchini soliqqa tortish chog‘ida u lizingga berish uchun mulk harid qilishga olgan kreditlar foizi hamda belgilangan boshqa to‘lovlarning summasi uning jami daromadidan chegirib tashlanadi
Amaliyotda, tadbirkorlik faoliyatini yurituvchilar ko‘pgina hollarda, bir-biriga muqobil darajada bo‘lgan tanlovga duch keladi. Masalan, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun olinadigan uskunalarni moliyalashtirish samaralimi yoki bu uskunalarni ijaraga olib, ulardan foydalanish unumliroqmi? Ushbu masala nafaqat tadbirkorlar oldida, shuningdek uskunlarni ishlab chiqaruvchi oldida ham turadi. Mulk egasi uchun eng muhimi ijara to‘lovlari hajmini belgilab olish va uskunalar ijarasining moliyaviy samaradorligini aniqlashdir. Ijaraga oluvchi esa, muqobil variantlar mavjud bo‘lgan holda, o‘zi uchun asosiy masalani, ya’ni uskunalarni ijaraga olishni yoki ularni harid qilishni hal qilishi zarur. Ikkala masala ham sof moliyaviy tamoyillar asosida hal qilinishi mumkin. Bu borada qaysi bir usuldan foydalanmaylik buning yechimi pul oqimlarini bugungi o‘lcham kontseptsiyasiga asoslanadi. Uskunalar uchun ijara haqi to‘lovi quyidagicha aniqlanadi:
Aytaylik, R qiymatga ega bo‘lgan uskuna n yilga ijaraga berilayapti. Uning qoldiq qiymati (ijara muddati oxirida) S ni tashkil etodi. Ijara to‘lovlari oqimi vaqt omilini hisobga olgan holda eskirish qiymatiga teng bo‘lishi lozim. Ijara to‘lovi, yilda bir marotaba yilning oxirida to‘lanadigan bo‘lsa, uskunalarga safarbar etilgan mablag‘larni belgilangan me’yorda ta’minlovchi bir marotabali ijara to‘lovi quyidagi formula asosida aniqlanadi:

R= (9.7)


bu yerda,
R-yillik ijara to‘lovi
R-uskunaning boshlang‘ich qiymati
S-uskunaning qoldiq qiymati
Ani-yillik doimiy daromadni taqqoslash uchun keltiriladigan koeffitsient (bo‘lajak daromadni belgilangan vaqtdagi bugungi qiymatini aniqlash koeffitsienti);
V-ko‘paytiruvchi diskont.
Bunda ijara to‘lovi uskuna qiymati, qabul qilingan daromadlilik me’yori (I) va ijara muddatiga bog‘liq bo‘layapti. Formulada ijara to‘lovlari bir marotaba yil oxirida to‘lanishi ko‘zda tutilgan. U faqat uskunani ijaraga topshirishda ko‘zlanga daromad me’yori asosida kelib chiqadigan hajmni aniqlab beradi.
Agar, ijara shartnomasida uskunani uning egasi tomonidan ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, unda ushbu harajatlar ijara to‘lovida inobatga olinadi.
Hisob-kitobda inobatga olinayotgan daromadlilik me’yori albatta uskunani amortizatsiya me’yoridan yuqoriroq bo‘lishi tabiiy holdir. Qabul qilingan daromadlilik me’yori (I) bilan amortizatsiya me’yori (a) farqi ijara operatsiyasini taxminiy real daromadliligini ko‘rsatadi.
Misol. 9.1.Aytaylik, ijaraga topshirish vaqtida 1 mln. so‘mlik qiymatga ega bo‘lgan uskuna 4 yilga ijaraga berilgan. Ijara muddati tugash vaqtiga kelib uskunaning qoldiq qiymati 400 ming so‘mni tashkil etodi.
Uskunaga sarflangan mablag‘ga nisbatan qo‘yiladigan talab, yiliga 15% daromad keltirishi zarur deylik. Belgilangan daromadlilikni ta’minlash sharti bilan to‘lanadigan ijara haqi qanchani tashkil etodi, agar ijara to‘lovi
bir marotaba yil oxirida to‘lansa?
Ushbu misolning yechimini yillik ijara to‘lovi formulasi asosida hisoblaymiz.


=

A) Bunda a4;15 teng 2.85498


Barcha yuqoridagi shartlar saqlanib qolgan holda aytaylik ijara muddati 4 yil emas 8 yil deylik va uskunaning qoldiq qiymati ikki baravar kamaygan deb faraz qilaylik. Bunda


A8,15= 4.487732 va

1000-200 *1,15-8


R= =208,3 ming so‘m.
4,487732

Ko‘pchilik hollarda amaliyotda moliyaviy lizing bo‘yicha ijara to‘lovlari hisoblash uchun annutet formulasidan foydalaniladi:




(9.8)
Bu yerda, R- ijara to‘lovlari summasi;
A- amortizatsiya ajratmalari summasi yoki (ijaraga berilayotgan mulk qiymati);
P – shartnoma muddati;
I – lizing bo‘yicha foiz;
T – ijara to‘lovlari davrlari.
Bu yerda diskitlash usuli qo‘llanilmagan.
Misol. 9.2. Balans qiymati 20 mln. so‘m bo‘lgan asosiy vosita lizingga (ijaraga) berildi. Lizing shartnoma muddati 5 yil va yillik 10 foizdan lizing (ijara) to‘lovi amalga oshiriladi. Yillik to‘lanadigan lizing (ijara) to‘lovlarini hisoblang.
Echilishi:
Yuqoridagi (9.8) formula asosan, yillik lizing (ijara) to‘lovlarini hisoblaymiz, ya’ni:
R = 20000* 0,1/1-1: (1+0,1)5 = 5263 m so‘m.
Hozirgi vaqtda aniq kompьyuter dasturlari orqali lizing to‘lovlarini banklar mijoz hohlagan variantda hisoblab berishlari mumkin.
Uskunaning samaradorligini baholash-usulining mohiyati shundan iboratki, bunda daromadlilik darajasi murakkab foizlarning yillik stavkasini hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu yerda birinchi navbatda uskuna uchun ijara to‘lovlari koeffitsenti aniqlanadi. Bu koeffitsent asosida yillik foiz stavkasi ko‘rsatkichi (i) hisoblanadi.
Yilning oxirida bir marotaba to‘lanadigan ijara to‘lovlari uchun taqqosla koeffitsenti quyidagicha aniqlanadi:
(9.9)
R-hizmat ko‘rsatish va ta’mirlash harajatlarisiz ijara to‘lovining summasi
Ayrim iqtisodchilar5 lizing oluvchi va lizing beruvchi tomonlarning o‘zaro munosabatlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, lizingning ikki turini ajratadilar. Birinchisi, to‘g‘ri, ya’ni bevosita va ikkinchisi - bilvosita (egri) lizing. Agar mulk ishlab chiqaruvchi yoki uning egasi lizing beruvchi bo‘lib hizmat qilsa bu bevosita lizing demakdir, agarda mulk ijaraga uchinchi shaxs orqali berilsa, u holda bunday lizing bilvosita yoki egri lizingni tashkil etodi.
Kredit bilan ta’minlash uslubiga ko‘ra muddatli va qaytariladigan lizingni ajratish mumkin. Muddatli lizing bir marotabali ijara bo‘lib, shartnoma muddati tugagach, u egasiga qaytariladi. Qaytariladigan ijara sharoitida esa ijara bir necha marotabaga beriladi.
Ijaraga beriladigan ob’ektning xususiyatlaridan kelib chiqib ko‘char mulk lizingi va ko‘chmas mulk lizingini ajratishadi.
Odatda ko‘chmas mulk lizingi qurilishda ishlatiladi. Bunday hollarda, lizing kompaniyalari, qurilishni kredit bilan ta’minlaydilar, so‘ngra esa uni ko‘chmas mulk lizingi tariqasida rasmiylashtiradilar.
Ko‘chmas mulk ob’ektini lizing kompaniyasi quradi, jihozlaydi va o‘z navbatida ushbu ob’ekt ishlatilishi evaziga olinadigan foydani ko‘pgina qismiga ega bo‘ladi. Ammo, ob’ektni o‘zi emas, aksincha, ijaraga olingan firma yoki tashkilot ishlatadi.
Qurib bitkazilgan ob’ektni foydalanish uchun qabul qilib olgan mijoz, undan o‘zi foydalanishi mumkin yoki bo‘lmasa qisman uni ijaraga topshirishi ham mumkin.
Lizing operatsiyalari muayyan risklar bilan bog‘liq. Bu risk (xavf)larni baholashda odatda quyidagi omillarni e’tiborga olish kerak:
lizing oluvchi kompaniyaning tijorat obro‘si va moliyaviy holati;
ushbu kompaniya faoliyat yuritayotgan mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va fiskal, monetor siyosat (milliylashtirish riski, garov huquqlarini tatbiq etilishdagi qiyinchiliklar riski va boshqalar);
kelushuvnoma hajmining sotish narxi va keyingi yillarda ikqilamchi bozorda ushbu narxning o‘zgarishi;
lizing oluvchi firmaning lizing ob’ektidan foydalanish shartlari.
Lizingga oid bo‘lgan risk qator omillarga bog‘liq. Lekin ular tarkibida ikkita omil asosiydir.
lizing kelishuvnomasining sifati;
uskunalarni yetkazib berish muddatlarining bo‘zilishi.
Agar taklif etilgan lizing ob’ekti lizing shartnomasiga mos kelmasa va bu uning oluvchiga lizing ob’ektidan voz kechish huquqini bersa, ana shunday nomuvofiqlik bartaraf etilgunga qadar yoki lizing oluvchi lizing ob’ektini olgunga qadar barcha xavflar lizing beruvchi zimmasida bo‘ladi.
Sotuvchining nochorligi yoki lizing ob’ektining undan foydalanish maqsadlariga nomuvofiqligi zaiflari lizing oluvchining zimmasida bo‘ladi, lizing beruvchining sotuvchini yeki lizing ob’ektini tanlash yoxud lizing beruvchi lizing oluvchini muayyan sotuvchini yoki lizing ob’ektini tanlashga g‘ayriqonuniy tarzda majburlash turi bundan mustasno.



Yüklə 94,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin