16-mavzu. Iste’mol, jamg’arma va investiciyalar reja: Iste`mol va jamg`armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o`zaro bog`liqligi



Yüklə 71,25 Kb.
səhifə4/4
tarix10.08.2022
ölçüsü71,25 Kb.
#63074
1   2   3   4
4-jadval
O`zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalar dinamikasi to`g`risida ma`lumot

Yillar

Joriy narxlarda ,mlrd sum.

O’tgan yilga nisbatan o’sish (foizda)

2009

744,5

101,0

2010

1320,9

104,0

2011

1442,4

103,8

2012

1899,2

104,5

2013

2473,2

105,2

2014

3012,9

107,0

2015

3838,3

109,1

2016

5479,7

122,9

2017

8483,7

128,3

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari
Bu sohada o`tgan davr mobaynida ko`zga tashlanuvchi o`ta muhim jihat –respublikamizda investitsiya faolligining sezilarli darajada oshganligidir. Ayniqsa, mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yaxshilash va xorijiy sarmoyalarni jalb etish jarayonlariga bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlash chora-tadbirlarining ta`siri ahamiyatli bo`ldi. Ma`lumki, mamlakatimizda 2014 yilda faoliyati iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarni, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishga yo`naltirilgan, 1 milliard AQSh doll. hajmidagi Nizom jamg`armasiga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi tashkil etilgan edi. O`zining respublikadagi investitsion jarayonlarni qo`llab-quvvatlash faoliyatini amalga oshirish mobaynida mazkur fond 2017 yil boshiga o`z mablag`lari hajmini 3,2 milliard doll.dan ortiq bo`lishiga erishib, yaqin istiqbolda 5 milliard doll.ga etkazish ko`zda tutilmoqda. O`tgan ikki yil mobaynida o`nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSh dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi.
Mamlakatimiz bo`yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida qariyb 250 milliard so`mlik asosiy fondga ega bo`lgan jami 423 ta ob`ekt, jumladan, oziq-ovqat sanoatida 145 ta, qurilish materiallari sanoatida 118 ta, engil va to`qimachilik sanoatida 65 ta, qishloq va o`rmon xo`jaligi sohasida 58 ta, kimyo va neft-kimyo sanoatida 13 ta, farmatsevtika tarmog`ida 8 ta ob`ekt ishga tushirildi.
2018 yilda ishga tushirilgan va hozirgi kunda qurilayotgan yirik ishlab chiqarish inshootlari qatorida Farg`ona vodiysini elektr energiyasi bilan muntazam ta`minlash imkonini beradigan, uzunligi 165 kilometrlik Yangi Angren issiqlik elektr stantsiyasi – «O`zbekiston» yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi barpo etilganini alohida ta`kidlash joiz. Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasini «So`g`diyona» kuchlantirish stantsiyasi bilan bog`laydigan, G`uzor-Surxon yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va Toshkent shahri elektr ta`minoti ob`ektlari loyihalarini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda. Shuningdek, 2018 yili 2 ming 600 kilometrdan ortiq ichimlik suvi hamda 825 kilometrdan ziyod tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.
Bugungi kunda O`zbekistonda investitsion faoliyatni ta`minlashning zarur shart-sharoitlari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
- mamlakatimizdagi investitsiya muhiti va imkoniyatlari to`g`risidagi ma`lumotlarni xalqaro maydonda keng targ`ib etish;
- mamlakatimizdagi bozor axboroti xizmatini rivojlantirish, marketing xizmati faoliyatini va tashqi iqtisodiy qonunchilikni faollashtirish;
- yirik xorijiy banklarning filiallarini, xalqaro kompaniya va korporatsiyalar vakolatxonalarini ochish uchun etarli sharoitlar yaratish;
- infratuzilma sohasidagi (yo`llar, transport, aloqa) qo`shma investitsiyalarni amalga oshirishni faollashtirish;
- xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik strategiyasini, ayniqsa dengiz yo`llariga chiqib olish va shu orqali eksport-import yuk tashuvlarini amalga oshirishga yo`naltirilgan, o`zaro foydali kooperatsiya aloqalarini yo`lga qo`yish va boshqalar.
Yüklə 71,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin