16-mavzu. Kichik biznes moliyasi reja


Jamoat kompaniyasiga o‘zgarish



Yüklə 39,35 Kb.
səhifə8/16
tarix17.06.2023
ölçüsü39,35 Kb.
#131951
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
16-mavzu. Kichik biznes moliyasi reja

Jamoat kompaniyasiga o‘zgarish
Odatiy kichik biznes kompaniyasining hissadorlik kompaniyasi bo‘lishi uchun qayta baholash emas, balki zarur tadbirlarni amalga oshirish kerak. Listingga o‘tish ko‘plab munosabatlardagi yuqori darajaga chiqishni anglatadi. Qoidaga ko‘ra, quyidagi omillar hisobga olinishi kerak:
Ro‘yxatga olingan kompaniyalar qonun yoki moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bilan belgilangan qat’iy qoidalarga rioya qilishlari kerak.

  • Ro‘yxatga olingan kompaniyalar faoliyati moliyaviy tahlilchilar, OAV kuzatuvchilari va boshqa shaxslar tomonidan sinchiklab o‘rganiladi.

  • Listing bilan bog‘liq xarajatlar katta bo‘lib, ayrim kompaniyalar uchun real siquvchi omil bo‘lishi mumkin.

Kichik biznesni moliyalashtirish amaliyoti
Mulkdorlar tomonidan taqdim qilingan mablag‘lar ulushi ancha kichik (5%). Moliyaviy mablag‘larning eng katta foizi banklar tomonidan ajratilgan. Banklar tomonidan moliyalashtirish doirasida taxminan to‘rtdan uch qismini muddatli kredit va to‘rtdan bir qismini— overdraft tashkil qiladi. Venchur kapital shubhasiz ayrim kompaniyalar uchun muhim moliyalashtirish manbasi bo‘lsa-da, uning umumiy ulushi katta emas.
16.6. Kichik biznes kompaniyasi qiymatini baholash
Yirik kompaniyalar qimmatli qog‘ozlarining yirik bozori mavjud bo‘lishi agar bizda ichki axborotga kirish imkoniyati bo‘lmasa qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholashning eng yaxshi usuli uni joriy bahosi bo‘lishini ko‘rsatadi. Kichik kompaniyalar uchun joriy bozor qiymati mavjud bo‘lmaydi. Ba’zan narxni belgilash yoki mulkni topshirish uchun kichik biznes kompaniyalari oddiy aksiyalarini baholash amalga oshiriladi.
Bunday baholashni o‘tkazishga to‘rtta asosiy yondashuv mavjud. Shuni yodda tutish kerakki, ma’lum yondashuvdan foydalanib biz biznesga kiritilgan o‘z kapitalimiz qiymati qanday bahoga egaligini aniqlaymiz. Nazariy jihatdan modomiki barcha yondashuvlar umumiy maqsadga ega bo‘lsa ulardan ishonchli foydalanganda bir xil natijaga erishiladi. Amaliyotda mazkur tamoyil doimo ishlamaydi, bu real aktivlar bozori samarasizligi va kamchiligi hisobidan ro‘y beradi. Bu navbat bilan yondashuvlardan har birini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 39,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin