16.3. Kichik biznesni soliqqa tortish Soliqqa nisbatan kompaniya daromadlaridagi yagona farq kichik va yirik kompaniyalar o‘rtasidagi soliq stavkasidagi tafovutdir. Kichik kompaniyalar uchun soliq chegirmalari qoidaga ko‘ra ancha keng bo‘ladi. Qayd qilish kerakki, soliqqa tortishga nisbatan kichik va yirik tushunchalari faqat foyda nuqtai nazaridan belgilanadi. Shunday tarzda alohida kompaniyalar bir yil mobaynida foyda pasayishi hisobidan yirik kompaniyalar toifasidan kichik kompaniyalar toifasiga o‘tishi mumkin. Amaliyatda bunday holatlar sodir bo‘ladi.
Soliqlardan qochish Soliqqa tortish nuqtai nazaridan kichik va yirik biznes kompaniyalari o‘rtasidagi eng yorqin farq ularni soliqqa tortishdan tashqari qandaydir harakatlarni qanchalik amalga oshirishlaridadir.
Modomiki kichik kompaniyalar qoidaga ko‘ra, Aksionerlar hayotining shaxsiy holatlari bilan yaxshi tanish bo‘lsalar, ushbu shaxslarning sof farovonligini maksimallashtirish choralarini ko‘rishlari kerak.
Masalan, agar barcha Aksionerlar yuqori chegaraviy stavka bo‘yicha daromad solig‘ini to‘lasalar, bunda ularning foydasi kompaniya ixtiyorida qolishi kerak, ularga dividend sifatida to‘lanmasligi kerak.
Uzoq muddatli istiqbolda mazkur strategiyaning natijasi eng avvalo aksiyalarni topshirishga soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni paydo bo‘lishi hisoblanadi, ammo bu soliqqa tortish jihatidan eng samarali bo‘lishi mumkin.
16.4. Risk va diskont stavkasi Yirik biznes kompaniyalariga nisbatan CAPM modeli doirasida belgilangan stavka bo‘yicha kelgusi pul oqimlarini diskontlash kapital qo‘yilmalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida risklar to‘g‘risida qarorni kiritishning oqilona usuli sanaladi. Kichik kompaniyalar uchun mazkur tamoyil ikkita sababga ko‘ra ishlamaydi.
Yirik biznes korxonasiga investitsiya kiritayotgan shaxs qoidaga ko‘ra, har bir kompaniya aksionerlik kapitalining nisbatan yuqori bo‘lmagan ulushiga egalik qiladi, u aksiyalarning yuqori diversifikatsiyalangan portfelining nisbatan kichik qismini tashkil qiladi. (odatiy kuzatuvlar shuni isbotlaydi:London fond birjasida ro‘yxatga olingan taxminan 80% aksiyalar investitsion institutlarga tegishli bo‘lib, ular qoidaga ko‘ra yaxshi diversifikatsiya qilingan qimmatli qog‘ozlar portfeliga egalik qiladilar.) mazkur sababga ko‘ra investorlar nisbatan past riskka duch keladilar.
CAPM modeli bo‘yicha diskont stavkasi faqat tizimli risk bilan bog‘langan.
Qoidaga ko‘ra, kichik biznes sohasidagi aksiyalar egalari yetarlicha diversifikatsiya qilinmagan. Odatiy kichik kompaniyalardagi Aksionerlar ning investitsiyalari ularning umumiy investitsiyalarining katta qismini tashkil qiladi. Agar kichik kompaniya bankrotlikka uchrasa, bunda ular boyligining katta qismi yo‘qotiladi.
Modomiki kichik kompaniyalar aksiyalari qoidaga ko‘ra samarasiz portfellar, kichik biznesning investitsion imkoniyatlari sohasida qo‘llaniladigan diskont stavkasidan iborat bo‘lsa tizimlikda ham o‘ziga xos risk hisobga olinishi kerak.
Oldingi boblarda ko‘rib chiqilgan Famava French (Fama and French 1996), tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, kichik biznes kompaniyalari bankrotlikning ancha yuqori riskiga duch kelib, yirik kompaniyalarga qaraganda ancha riskli investitsiyalash ob’yekti bo‘ladilar. Mazkur holatda Famiva French uch omilli modelidan foydalanish to‘g‘ri bo‘ladi.
Birinchi sabab shuni anglatadiki, nazariyada diskontning mos tushuvchi stavkasini to‘g‘ri aniqlashning usuli mavjud emas,
CAPM modeli uning minimal miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi.
Ikkinchi sabab shuni ko‘zda tutadiki, kichik biznesdagi faoliyat tahlilida Famoyi French tomonidan ishlab chiqilgan CAPM uch omilli versiyasidan foydalanish zarur. Ko‘rinib turibdiki, risk darajasini o‘lchash uchun 6-bobda ko‘rib chiqilgan subyektiv usullardan foydalanish mumkin, masalan, ta’sirchanlik tahlili va eng yomon va eng yaxshi holatlarni aniqlash.