with open("salom.txt", "w") as fayl:
fayl.write("salom olam")
Joriy Python skriptining joylashgan papkasini ochsak, u yerda salom.txt faylini ko'rish mumkin. Ushbu fayl har qanday matn muharriridan ochilishi mumkin va agar kerak bo'lsa o'zgartirilishi ham mumkin. Keling, ushbu faylga yana bitta qator qo'shamiz:
1
2
|
with open("salom.txt", "a") as fayl:
fayl.write("\nHayr, olam")
|
Agar satrni yangi qatorga yozish zarur bo„lsa, u holda, yuqoridagi kabi, yozilayotgan satr oldidan "\n"(yangi satrga o‟tish belgisi) qo„yish yetarli bo„ladi.
Yukunida salom.txt faylida quyidagi matn hosil bo„ladi: salom olam
Hayr, olam
Faylga yozishning yana bir usuli - ma'lumotlarni konsolga chiqarish uchun ishlatiladigan standart print() metodan foydalanish orqali amalga oshiriladi:
1
2
|
with open("salom.txt", "a") as salom_fayl: print("Salom, olam", file=salom_fayl)
|
print metodi yordamida ma'lumotlarni faylga chiqarish uchun faylning nomi file parametri orqali beriladi va birinchi parametr faylga yoziladigan ma‟lumotni ifodalaydi.
2. Fayldan o'qish
Fayldan o'qish uchun r (Read) rejimida ochiladi va uning mazmunini turli usullar bilan o'qish mumkin:
readline() - fayldan bir qator o'qiydi;
read() - faylning butun tarkibini bir qatorga o'qiydi;
readlines() - faylning barcha satrlarini ro'yxatga oladi.
Masalan, biz yuqorida yozilgan fayllarni satrlar bo'yicha ko'rib chiqamiz:
Dostları ilə paylaş: |