16-mavzu. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 6-sinf “Adabiyot” darsliklarining mazmun-mohiyati Reja: Birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi nashrlarining qiyosiy tahlili


Bobur shaxsiga hurmat uyg‘otuvchi va shu orqali o‘quvchida insoniylik tuyg‘ularini shakllantiruvchi parcha bilan almashtirish mumkin edi



Yüklə 37 Kb.
səhifə3/3
tarix14.06.2023
ölçüsü37 Kb.
#129940
1   2   3
16-ma\'ruza mavzusi. Makt.dars.maz.

Bobur shaxsiga hurmat uyg‘otuvchi va shu orqali o‘quvchida insoniylik tuyg‘ularini shakllantiruvchi parcha bilan almashtirish mumkin edi.
Darslikda ijodkor tarjimayi holining batafsil xronikasini berish qanchalik to‘g‘ri? Ijodkor hayoti va ijodiga oid matnlarda sanalar, joy hamda asarlar nomi shu darajada ko‘pki, o‘quvchi emas, o‘qituvchi ham shoshib qoladi. Misol tariqasida Turob To‘la haqidagi ma'lumotni keltiramiz: “...yoshlar gazetasida adabiy xodim, O‘zbekiston Davlat radioeshittirish qo‘mitasida muharrir va suxandon, O‘zbekiston Davlat nashriyoti (O‘zdavnashr) muharriri, “O‘zbekfilm” kinostudiyasida ssenariy bo‘limi mudiri, Respublika Kinochilar uyushmasida kotib, Madaniyat vazirligi san'at ishlari boshqarmasi boshlig‘i, Hamza nomidagi teatr direktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi Adabiyotni targ‘ib etish markazi rahbari” (1-qism, 27-bet) kabi. Bunday ma'lumotlar o‘quvchini chalg‘itadi, qolaversa, oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar ham son-sanoqsiz va keraksiz ma'lumotlarni yod olishga qanchadan-qancha kuch sarflaydilar.
Har bir asardan keyin uning tahlilini berish ijobiy holat. Lekin tahlilda ham e'tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar bor. Turob To‘laning 4 sahifalik hikoyasiga 5 betdan iborat izoh berilishi natijasida o‘quvchining fikrlashi uchun hojat qoldirilmaydi.
“Adabiyot” darsliklarini tahlil qilishdan maqsad katta mehnat va mashaqqatlar samarasi bo‘lgan kitobni yoki yuqori ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan mualliflarni tanqid qilish emas. Aksincha, bu mutaxassis sifatidagi burchimiz va vazifamiz bo‘lib, yangi darsliklarni yaratish, qayta nashr etish jarayonida nazarda tutish uchun bildirilgan taklif-mulohazadir.
Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin