16-mavzu. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 6-sinf “Adabiyot” darsliklarining mazmun-mohiyati Reja: Birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi nashrlarining qiyosiy tahlili


Kuyib o‘rtanmish elning xokidurman



Yüklə 37 Kb.
səhifə2/3
tarix14.06.2023
ölçüsü37 Kb.
#129940
1   2   3
16-ma\'ruza mavzusi. Makt.dars.maz.

Kuyib o‘rtanmish elning xokidurman.
Avazkim, nazm elin cholokidurman,
Boshin olmoqqa xonning pokidurman”.
Abayning “Nasihatlar” kitobidan berilgan pandlarni darslikda ancha-muncha ixchamlashtirgan holda mazmunan o‘quvchi uchun mos keladiganlarini saralagan holda berish joiz. Negaki, Abay nasihatlari adibning muayyan yoshdagi hayotiy tajribalari mahsuli sifatida 6-sinf o‘quvchisiga og‘irlik qiladi. Natijada hayotiy misollar bilan dalillanganmagan bu nasihatlarni o‘quvchi yuzaki qabul qiladi va tez yoddan chiqaradi. “Nasihatlar”dagi “Yettinchi so‘z”, “O‘n yettinchi so‘z”lar o‘quvchini qiziqtira olarmikan? “O‘n yettinchi so‘z” dagi Aql va G‘ayrat Yurakka, ya'ni ko‘ngilga bo‘ysunishi kerak degan fikr ham nisbiy va munozaralidir. Ko‘ngil istagi va amri bilan qilingan hamma ish ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. “O‘ttiz yettinchi so‘z”dan o‘rin olgan “G‘ayratsiz jahl – tul, qayg‘usiz oshiq – tul, shogirdsiz olim – tul” (2-qism, 81-bet) nasihatini o‘quvchiga qanday tushuntiramiz? Qolaversa, shu qismdan o‘rin olgan 2-,3-,8,-9-,15-nasihatlarni ham o‘quvchi hazm qila olmaydi.
Bolani kitobxon qiladigan, uni kitoblar olami sari yo‘llaydigan asosiy omil darslik. Agar shoir yoki yozuvchi ijodidan berilgan namunalar bolani o‘ziga rom etsa, u albatta, ijodkorning boshqa asarlarini ham izlab topadi. “Rangin tuyg‘ular” bo‘limi Zulfiya ijodi bilan boshlanadi. Ammo shoira ijodidan berilgan she'rlar o‘quvchini shoira ijodidan uzoqlashtiradi. Holbuki, shoiraning o‘quvchi yoshiga mos asarlari ham bor edi. Berilgan she'rlar na o‘quvchi tuyg‘ulariga ta'sir qiladi, na she'rlar yuzasidan berilgan ilmiy tahlillar uni qoniqtiradi. Zulfiyaning “Nevara”, “Men o‘tgan umrga” she'rlarida murakkab va katta hayotiy yo‘lni bosib o‘tgan ayolning umr haqidagi falsafiy qarashlari bayon etilgan. Bu she'rlardagi tuyg‘ularni 12-13 yoshli o‘quvchiga majburlab singdirib bo‘ladimi?
Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni “romanidan berilgan 23 sahifalik “Nizomning tantiligi” hikoyasini “Yulduzli tunlar” romanidan
Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin