17 – Ma`ruza Reanimasiya asoslari. Reja Reanimatsiya haqida tu
Klinik diagnostikasi.Terminal holatning klinikasi nafas va qon aylanishining bo’lmasligi yoki ulardan birining bo’lmasligi bilan xarakterlanadi. Terida sianoz, lablarning ko’karishi, nafas olish bo’lmaydi yoki yordamchi muskullarning ishtiroki bilan yuzaki nafas harakatlarining kuzatilishi, har zamonda nafas olish akti kuzatilishi mumkin, buni aniqlash uchun bemorni og’iz burnini oldiga fonendaskop yoki qulog’imizni, yoki oynacha qo’yib aniqlash mumkin. Qon aylanishining to’xtashi darakchi belgilari:
Ko’zlar qorachiqlari kengaygan va yorg’ulik sezish refleksi aniqlanmaydi.
Pulsning katta arteriyalarda bo’lmaganligi bu qon aylanishni to’xtaganligining erta belgisi hisoblanadi. Ko’zlar qorachig’ining kengayishi miya – gipoksiyasining nisbatan kechgi simptomi hisoblanib qon aylanish to’xtagandan so’ng 30-60 soniyadan so’ng rivojlanadi, shuning uchun reanimatsion yordamni boshlashda bu alomatni kutish kerak emas, chunki vaqt yoqotiladi.