Terminal holatlar
Terminal xolat- organizm hayot uchun muhim a'zolar faoliyati buzulishining kritik bo’sag‘asi bo’lib, A/B ning tushishi, gazlar almashinuvining va metabolizmning keskin buzilishi bilan kechadigan jarayon.
Terminal xolat va klinik o’lim. Terminal xolatlar deb - qo’shimcha aralashmasiz o’limga olib keluvchi vital funksiyalarning dekompensasiya bilan kechuvchi patologik jarayonga aytiladi. Terminal xolat bu – o’lim bilan hayog’t o’rtasidagi chegaraviy xolat bo’lib, biologik o’lim bilan tugashi mumkin. Xayog’tiy muhim organlar faoliyatini to’xtashiga klinik o’lim deyiladi. Biroq, klinik o’limda xayog’t uchun muhim a’zolarda moddalar almashinuvi saqlangan bo’ladi. Bu qaytar jarayog’n bo’lib, bu xolatdan organizmni qayta tiriltirish mumkin.
Biologik o’lim – qaytmas jarayon bo’lib, xayotiy muhim organlar va sistemalar faoliyatining to’xtashi bilan birga moddalar almashinuvi xam to’xtaydi.
Terminal xolat davrlari:
Preogoniya
Agoniya
Klinik o’lim
1. Preogoniya – markaziy nerv sistemasida po’stloq usti qismida tormozlanish, po’stloq osti qismida qo’zalish bo’ladi. AQB 60 mm. simob ustunidan past, puls tezlashgan, hansirash, teri yuzasida oqarish, sianoz, nafas qisishi bo’ladi. Bir minutdan bir necha sutkagacha davom etishi mumkin.
2. Agoniya. Bemorni hushi va ko’z reflekslari (yog’rulikni sezish refleksdan tashqari) yog’’qoladi. Puls aniqlanmaydi yog’ki ipsimon bo’ladi, yurak tonlari bo’iq, chuqur, nafas olishi onda-sonda, chuqur va tez-tez yuzaki bo’ladi. Noadekvat nafas va qon aylanish natijasida kompensator mexanizmlar toliqadi. Bu xolat davomiyligi bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etib nafas va yurak to’xtashiga olib keladi.
Terminal pauza – bu davrda tormozlanish po’stloq ostiga o’tadi, lekin hamma hujayralari tormozlanmaydi. Barcha hayotiy jarayog’nlar (nafas olishi, yurak urishi, hushi) tiklanadi. Atrofdagilarga nisbatan reaksiya paydo bo’lishi mumkin. Bu bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etadi.
Dostları ilə paylaş: |