1) marshrutizatsiya protokollari ko„plab marshrutlar bilan (multipath routing)
– manbadan yetib boruvchi nuqtagacha bir nechta marshrut qo„llaniladi, va bu
bog„lanish ishonchligini yuqorilatish bilan birga, sarf xarajtni va energiya
xarajatini orttiradi;
2) «so„rov bo„yicha» (query-based) marshrutizatsiya protokollari – tugun
tarmoqga va boshqa tugunga ma‟lumotlarga so„rov jo„natadi;
3) tugunlar orasida «so„zlashuvlarga» asoslangan (negotiation routing),
marshrutizatsiya protokollari;
4) xizmat ko„rsatish sifatini hisobga oladigan, protokollar (QoS-based),
tarmoqda xizmatlarning belgilangan daradjasin ta‟minlaydi.
Ma‟lumotlar agregatsiyasiga yo„naltirilgan, protokollarda, bazaviy stansiya
(BS) xabarlari manbasi orasida joylashgan, oraliq tugunlar, ma‟lumotlar
agregatsiyasini amalga oshirishi va BS ga kiritilgan ma‟lumotlarni jo„natishi
mumkin. Ushbu jarayonda sensor tugunlarda energiyani tejash imkoni yaratiladi.
Marshrutizatsiyaning barcha protokolini ikki turga ajratish mumkin- birida
bog„lanish asoschisi xabar manbasi hisoblansa, boshqalarida – qabul qiluvchi
hisoblanadi. Tugun turlari asosida SST marshrutizatsiya protokollarining tasnifi
24.5-rasmda ko„rsatilgan.
24.5-rasm. Tugun turlari asosida SST marshrutizatsiya protokollari tasnifi
Dostları ilə paylaş: