Asinxron o’qitish. Asinxron o’qitish, boshqa tomondan, o’quvchi yoki o’qituvchi ishtirok emagan holatda ham amalga oshirilishi mumkin. O’quvchilarga veb, elektron pochta va xabarlar orqali etkaziladigan, birlashma forumlarda jo’natiladigan kurs ishlari va xabarlar asinxron elektron o’qitishga misol bo’ladi. Ushbu holatlarda, qoidaga ko’ra, talabalar mashqlarni o’zlari bajarishlari va mashg’ulot o’tkazilishini ta’minlab turish uchun instrument sifatida Internetdan foydalanishlari mumkin. Talaba nizolar kelib chiqishidan xavotirlanmagan holda, mashg’ulotlarni o’z imkoniyatlari doirasida bajarish bilan o’quv rejaga rioya qilishi mumkin. Bu usul o’quv rejada mashg’ulotlarning turli rejalarini mustaqil trazda o’rganishni afzal ko’radigan foydalanuvchilar uchun yaxshi hisoblanadi. Shu bilan birga, kurs ishlarini mustaqil bajara olish uchun motivastiya etishmaydiganlar uchun asinxron o’qitishga nisbatan foyda olinmasligini aniqlashlari mumkin. Asinxron o’qitish real interaktiv ta’lim muhiti bo’lmaganligi sababli o’zlarini ajralib qolgandek his qilishlari mumkin. Elektron o’qitishning samarali kurslari tarkibiga asinxron va sinxron o’qitish tadbirlari kirishi kerak. Bu talabalarga va o’qituvchilarga dars jadvalidan yoki o’qitishning eng maqbul metodlaridan qat’i nazar etkazishning turli formatlaridan foyda olish imkoniyatini beradi. Bunday yondashuv talabalarga zarur bo’lganda zudlik bilan yordam bera olish, shu bilan birga o’z o’rganish templarida o’qish imkoniyatiga ega.
Elektron o’qitish ko’pgina texnologiyalardan foydalanishni o’z ichiga oladi – ulardan ayrimlari ushbu texnologiyalar uchun maxsus ishlab chiqilgan, shu vaqtda boshqa texnologiyalar o’qitish jarayonini odatda to’ldirib turadi, masalan, kompyuter o’yinlari. Kommunikastiya texnologiyalari elektron o’qitish sohasida keng qo’llaniladi. Elektron pochtadan foydalanishdan va xabarlar juda tez almashinishdan boshlab xabarlar forumlari va ijtimoiy tarmoqlarda ko’pgina instrumentlarni ko’ramiz, ular yordamida har qanday internet foydalanuvchi har qanday holatda foydalanishi mumkin.
Boshqa dasturiy ta’minot bilan o’zaro to’ldiruvchi asosida ishlaydigan ayrim texnologiyalar ham mavjud va yangi funkstiyalarga, masalan, dasturiy ta’minotga ega. Ushbu
funkstiya yordamida boshqa shaxslar ishlayotgan vaqtida o’zgartirish kiritish uchun, shuningdek prezentastiyani namoyish etish davomida fikr-mulohazalarni kiritish va mikrofondanni ishga tushirish imkonini beradigan namoyish uchun yoki ekrandan birgalikda foydalanish uchun siz va hamkasbingizga imkoniyat beradigan instrument sifatida videokonferenstiya davomida interaktiv doskadan foydalaniladi.
Elektron o’qitish ma’lumotlar bazasi va CMS (Content Management System) texnologiyadan samarali foydalanish imkonini beradi.
Ma’lumotlar bazasi va CMS texnologiya kursning kontentini, test natijalari va talabalar yozishmalarini saqlash uchun birgalikda ishlaydi. Axborot ma’lumotlar bazasi va CMS texnologiyada saqlanadi va ma’lumotlarni qo’shish, yangilash va o’chirib tashlash uchun foydalanuvchi interfeysini taqdim etadi. Yaxshi LMS ko’p hollarda, ishning borishi to’g’risidagi hisobotlarni shakllantirish va saqlash uchun hisobot instrumentini o’z ichiga oladi.
Tarkibining sifatini yaxshilash uchun texnologiyalar turlichadir. Flash, va PowerPoint kabi dasturiy ta’minot prezentastiyani silliq va qiziqarli, yuqori sifatli, grafik jihatdan tarkibi boyitilgan holda bajarilishiga yordam beradi. Matnlarni qayta ishlash paketlari mavjud va matni yoki veb-sahifalarni formatlaydigan HTML muharrirlardan foydalanish qulaydir. Shuningdek kurslar uchun viktorina va o’yinlar kabi interaktiv elementlarni yaratish uchun foydalaniladigan qulay ko’plab onlayn-servislar mavjud.