17-guruh elementlari. Galogenlar va nodir gazlar reja



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə8/9
tarix02.01.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#43265
1   2   3   4   5   6   7   8   9
17-GURUH ELEMENTLARI. GALOGENLAR VA NODIR GAZLAR

Ishlatilishi. НСl metallurgiya, to’qimachilik, oziq-ovqat va meditsinada ishlatiladi.

Galogenlarning kislorodli birikmalari.

Ftorda + oksidlanish darajasi hech qachon bo’lmaydi, chunk itabiatda undan kuchli oksidlovchi yo’q. Uning ionlanish potensiali 17,42 V. Undan so’n gazot - 14,53 V, kislorod - 13,61V.

1927 yildaLebobirinchimarta КНF2elektrolizida ОF2hosilbo’lishiniko’rsatdi.

Bumoddagazholatdagiftorninatriyishqorieritmasidano’tkazilsahosilbo’ladi.

2NaOH + 2F2 = 2NaF + HOH + OF2

1930 yilda Ruff ОF2 konstantalarini tekshirib, uning kuchli oksidlovchiligini ko’rsatdi. OF2 – rangsiz, o’tkir hidli gaz. Тsuyuq = - 723,8oС. Тqayn = -144,8oС.

4НJ + OF2 = J2 + HOH + 2HF

OF2 + 2NaOH = O2 + HOH + 2NaF

Galogenlarning kislorodli birikmalari to’g’risida to’xtalamiz. Xlorda Сl2O; СlO2; Сl2O va Сl2O7

Xlor kislotalar hosil qiladi. НСlO; НСlO2; HClO3; HClO4.

Cl2O – yashil jigarrang gaz. Nafas olish va shilliq pardalarga kuchli ta’sir qiladi. Тsuyuq = -115oС. Тqayn = + 3,7oС. d=3,02.

Cl2O – kuchli endotermik modda. Shuning uchun u juda beqaror.

Qizdirilganda, suyuq holatda kuydirilganda portlaydi.

2Cl2O = 2Cl2 + O2

Suvda Cl2O erib НСlO hosil qiladi: Cl2O + НОН = 2НСlO kuchli oksidlovchi:

S + 2Cl2O = 2Cl2 + SO2 Disproporsiyalanish reaksiyasi:

3Cl2O + 6NaОН = 4NaCl + 2NaClO3 + 3HOH

Olinishi:

2Сl2 + HgO = HgCl2 + Cl2O

HClO – gipoxlorit kislota, beqaror, faqat suyultirilgan eritmalardagina mavjud:



I) 2HClO=2НCl+2O II) HClO+2O=HClO3 3HOCl=2HCl+HClO3

havoda turganda НСl va HClO3 hosil qiladi.

HClO va uning tuzlari yaxshi oksidlovchi.

3КСlO + 4KMnO4 + 2HOH = 4MnO2 + 3KClO3 + 4KOH disproporsiyalanish:

3КСlO = KClO3 + 2KCl

НClO kuchsiz kislota, uning tuzlari gipoxloridlar xlorning suv bilan ta’siri orqali olinadi. Сl2 + H2O = HCl + HClO

1792 y. da Parij yaqinidagi Javel degan joyda Bertole gaz holatdagi xlorni kaliy karbonat eritmasidan o’tkazib, quyidagi moddalarni oldi:

2КОН + Сl2 = КСl + KClO + H2O

Cl2 + 2K2CO3 + H2O = KClO + KCl + 2KHCO3

1820 yilda Labray soda yoki natriy gidroksid eritmasidan xlor o’tkazib:

2NaOH+Cl2=NaCl+NaClO+H2O

Na2CO3 + Cl2 + H2O = NaCl + NaClO + 2NaHCO3 Ca(OH)2 dan Cl2 o’tkazilsa xlorli ohak hosil bo’ladi.

Са(ОН)2 + Cl2 = CaClOCl + H2O

CaClOCl ning parchalanish mexanizmi:



  1. СаClOCl + CO2 = CaCO3 + Cl2 bakteriyalarni o’ldiradi.

  2. 2СaClOCl + H2O + CO2 = CaCl + CaCO3 + 2HClO

HClO → HCl + O (atomar)

Xlor (IV) oksid. Yashil sariq rangli bo’g’uvchi gaz. –76°С da qaynaydi. СlO2 – sovutilganda qizil jigar rangli suyuqlikka aylanadi. Agar yana sovutilsa, jigarrangli kristall hosil bo’ladi. Bu oksid suvda eritilganda xlorit va xlorat kislota hosil bo’ladi.

2СlO2 + Н2О = НClO2 + HClO3

Ishqoriy muhitda bu reaksiya qaytmas bo’ladi.

2СlO2 + 2NaOH = NaClO2 + NaClO3 + H2O

ClO2 ni olish uchun KClO3 ga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettiriladi.

KClO3 + H2SO4 = HCl + KHSO4

3HClO3 = 2ClO2 + H2O + HClO4 ClO2 – juda kuchli oksidlovchi:

Р + СlO2 + 2H2O = H3PO4 + HCl HClO2 – texnik ahamiyatga ega emas.

NaClO2 – oqartaruvchi modda sifatida ishlatiladi. Kir yuvish kukunlariga qo’shiladi. Og’ir metallarning xloritlari urilganda yoki qizdirilganda portlaydi.

Xlor trioksidi – СlO·ClO2 ozon ta’sir ettirib olinadi.

ClO2 + O3 = ClO3 + Cl2 ClO3 portlaydi:

4ClO3 = 2ClO2 + Cl2 + 4O2

HClO3 – faqat eritmada mavjud, eritmadagi konsentratsiyasi 40% dan ortmaydi.

50% li eritma tayyorlansa portlaydi, bir asosli kuchli kislota.

4H2S + 2HClO3 = 4S + Cl2O + 5H2O

4SO2 + 2HClO3 + 3H2O = 4H2SO4 + Cl2O Olinishi:

Ba(ClO3)2 + H2SO4 = BaSO4 + 2HClO3

Xlorat kislota rangsiz, qattiq moddalar, xona temperaturasida barqaror va suvda yaxshi eriydi. Ular oksidlovchi, lekin gipoxloritlarga qaraganda kuchsiz oksidlovchi.

4KClO3 = 2KCl + 3O2

Xloratlarni olish uchun60-70°С da ishqorlar eritmasiga gaz holatdagi xlor yuborib olinadi 3Сl2 + 6KOH = KClO3 + 5KCl + 3H2O

KClO3 – suvda yaxshi eriydi va monokristallar hosil qiladi. Gugurt ishlab chiqarish, Bengal olovi va portlovchi moddalartayyorlashda ishlatiladi.

Tajriba:

3S + 2KClO3 kuchsiz potlash→ = 2KCl + 3SO2

6P + 5KClO3 = 3P2O5 + 3KCl

3C + 2KClO3 = 3CO2 + 2KCl

Shakarni juda sekin tuz bilan aralashtiriladi va 1 tomchi konsentrlangan sulfat kislota qo’shilsa yorug’ alanga berib yonadi.

Сl2O7 toza holda moysimon suyuqlik, qaynash temperaturasi 83°С. Qattiq chayqatilsa portlaydi. Oddiy sharoitda Рва S ni oksidlaydi.

Cl2O7 + H2O = 2HClO4 Cl2O7 ni olish uchun:

P2O5 + 6HClO4 = 2H3PO4 + 3Cl2O7

HClO4 – 12 °С dan pastda harakatchan suyuqlik, havoda kuchli tutaydi,

Olinishi: KClO4 + H2SO4 = HClO4 + KHSO4 Suyuq НClO4 – molekula dimerlangan.

СlO-, ClO2-, СlO3 -,ClO4-

Chapdan o’ngga qarab barqarorlik ortadi. Gipoxlorid har qanday muhitda oksidlovchi: NaClO + 2KJ + H2O = J2 + NaCl + 2KOH Xloratlarning oksidlovchilik xossasi ko’proq qattiq holda ko’rinadi: KClO3 + 3MnO2 + 6KOH = KCl + 3K2MnO4 + 3H2O

Cl 5+ + 6е→ Cl- 1

Mn4+ - 2е→ Mn6+ 3

Gipobromid kislota HBrO erkin holda uchramaydi, hatto gipoxlorid kislota ham uchramaydi. Ular faqat past haroratda eritmadagina mavjud bo’ladi. Bu eritma sariq rangli. Tuzlari beqaror bo’lib, faqat eritmadagina mavjud bo’ladi.

Gipobromid kislota tuzlari КСl tuzi kabi olinadi va gipobromidlar deyiladi.

3NaBrO → NaBrO3 + 2NaBr

Bromat kislota – HBrO3 beqaror modda bo’lib, faqat suvdagi eritmalarida mavjud bo’ladi, 100оС da parchalanadi.

HBrO3 – bir asosli kuchli kislota. SO2, H2S, HBr larni oksidlaydi. Olinishi:

Br2 + 5Cl2 + 6H2O = 2HBrO3 + 10HCl

Ba(BrO3)2 + H2SO4 = BaSO4 + 2HBrO3

5HBr + HBrO3 = 3Br2 + 3H2O

5H2S + 2HBrO3 = 5S + Br2 + 6H2O 5SO2 + 2HBrO3 + 4H2O = 5H2SO4 + Br2

Bromat kislota BrF3 ning gidrolizi qilib olinadi:

BrF3 + 2H2O = HBrO2 + 3HF

Hosil bo’lgan bromat kislota disproportsiyalanadi:

3HBrO2 = 2HBrO3 + HBr

3BrF3 + 6H2O = 2HBrO3 + 9HF + HBr

NaBrO3 + F2 + 2NaOH = NaBrO4 + 2NaF + H2O

Gipoyodid kislota HJO juda beqaror bo’lib, eritmadagina mavjud bo’ladi, xolos. Uning tuzlari sovuqda ishqoriy yod eritmasida eritib olinadi.

J2 + 2KOH = KJO + KJ + H2O KJO sovuqda disproportsiyalanadi:

3KJO = KJO3 + 2KJ

Gipoyodid kislota simob oksidni yod bilan aralashtirib olinadi:

HgO + 2J2 + H2O = 2HJO + HgJ2

Gipoyodid kislota gipobromit va gipoxlorit kislotaga nisbatan kuchsizroqdir.

10JO2→ J2 + 4J2O5

Yodat kislota HJO3 gipoxlorit va gipobromid kislotalarga nisbatan ancha barqaror.

Suvda yaxshi eriydi. 310 g gipobromit kislotaga 100 g suvda eriydi. Yodat kislota molekulyar komplekslar hosil qiladi:

3HJO3 = HJ3O8 (HJO3·J2O5)

Yod (V) oksidi oq kukun modda. Oson parchalanadi.

2J2O5 = 2J2 + 5J2

U oksidlovchi 5HJ + HJO3 = 3J2 + H2O

Olinishi:

NaJO3 + H2SO4 = NaHSO4 + HJO3 J2 + 5Cl2 + 6H2O = 2HJO3 + 10HCl KJO3 tuzi barqaror.

KJ + 6KMnO4 + 6KOH = KJO3 + 6K2MnO4 + 3H2O

3J2 + 6KOH = KJO3 + 5KJ + 3H2O Periodat kislotasi – HJO4 .

HJO4·2H2O (H5JO6 ) ortoyod kislotasi deyiladi.

Bu kislotadagi hamma vodorod atomlari metallga aylanishi mumkin.

Ag5JO6 tuzi ma’lum. H5JO6 gigroskopik modda. Olinishi:

Ba5(JO6)2 + 5H2SO4 = BaSO4 + 2H5JO6

Ortoperiodatlar yodlarni xlor ishtirokida oksidlab olishi mumkin:

KJO3 + Cl2 + 6KOH = K5JO6 + 2KCl + 3H2O

KJO3 ni ishqoriy muhitda elektroliz qilib ham ortoperiodatlar olish mumkin. HJO4·4H2O ham ma’lum. H2O·HJO4 – kompleks ham bor.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin