elеktr-yoy dеb ataladi.
Anodda - 2600
0
C, katodda - 2400
0
C, yoyda - 6000...7000
0
C.
2.1. Asosiy tushunchalar
Yoy
ta’sirida elektrodning metall o’zagi, uning qoplamasi, buyum
metalli eriydi.
Elektrod metallning shlak bilan qoplangan tomchilari payvand
vannaga
o’tadi va bu yerda asosiy metall bilan aralashadi, erigan
shlak esa vanna sirtiga suzib chiqadi .
Payvand vannaning
o’lchamlari payvandlash rejimlariga va
chokning fazoda joylashishiga, yoyni buyum sirti boylab surilish
tezligiga, payvand birikmaning konstruktsiyasiga, birikmaning
payvandlanadigan chetlariga ishlov berishga va boshqalarga
bog’liq.
Ular odatda quyidagi chegaralarida
bo’ladi: chuqurligi 6 mm, eni
8-15 mm, uzunligi 10-30 mm gacha
bo’ladi.
Yoy uzunligi
– bu buyum va elektrod orasidagi masofa.
Dastaki payvandlashda yoy uzunligi payvandlash shroitlariga va
elektrod markasiga
ko’ra (0,5-1,2)del oraliqda bo’lishi kerak.
Yoy uzunligi bundan kichik
bo’lsa chok shakllanishini yomonlaydi va
qisqa tutashuvga olib kelishi mumkin/
Yoy uzunligi oshib ketsa chok chuqurligi kamayadi, elektrod
metallning sachrashi
ko’payadi, chok sifatining mexanik xosalari ham,
shakli ham yomonlashadi.
Elektrod
qobig’i erish natijasida yoy atrofida va payvand vanna
ustida havoni siqib chiqaruvchi va shu bilan payvand chokni
himoyalovchi gaz muhiti xosil
bo’ladi. Gaz muhitida legirlovchi
elementlar, elektrod va asosiy metall
bug’lari ham bo’ladi.
Payvand vanna ustidagi shlak uni havodan ximoyalaydi, erigan
metallni zararli
qo’shimchalardan tozalaydi va sekin sovishni
ta’minlaydi.
Payvand vannada metall kristallanadi va payvandlanadigan
detallarni biriktiradigan chok xosil
bo’ladi.
Chok ustida qotgan shlak qatlami
bo’ladi.
Yoy elektrod uchini payvandlanayotgan buyumga qisqa tegizganda
yonadi.
Qisqa tutashuv toki
o’tishi va elektr qarshiligi natijasida elektrod
uchi yuqori temperaturagacha tez qizib ketadi, bu temperatura
ta’sirida
elektrod
buyumdan
3-4
mmga
qo’tarilganda,
gaz
oraligi
ionizatsiyalashadi va payvand yoy paydo
bo’ladi.
|