2.2.Payvandlash davomida elektrodning harakatlari
Payvandlash davomida elektrod uchta
yo’nalishda harakatlanadi.
Birinchi harakat
– elektrodni o’z o’qi bo’lab sekinlik bilan
ilgarilanma harakati. Bu bilan elektrodni erishi bilan yoy doimiy
uzunlikda
bo’lib turadi.
Ikkinchi harakat
– elektrodni chok o’qi bo’ylab harakati. Bu
harakatni tezligi tok kuchi, elektrod diametri, elektrodni erish tezligi,
chok turi va boshqa omillar.
Uchinchi harakat
– elektrodni chokka tik harakati. Bu harakat
chokning eni va chuqurligini
ta’minlaydi. Elektrod uchining ko’ndalang
yo’nalishdagi tebranma harakati payvand birikmaning chetlarini
tayorlashga, material xossalariga, payvandlovchining tajribasig
bog’liq.
Bunday tebranma harakat eni (1,5-5)d
el
ga teng
bo’lgan chok xosil
bo’lishiga olib keladi.
Elektrod uchini ko’ndalang harakatlarning traektoriyalari:
(А, Б) - payvandlanadigan chetlari kam qizdiriladi;
(
В,Г,Д) - payvandlanadigan chetlari me’yorda qizdiriladi;
(Е–Ж) - payvandlanadigan chetlari kuchli qizdiriladi;
(З, И) - payvandlanadigan chetlarining bittasi kuchli qizdiriladi;
(K)
– chok ildizi yaxshi qizdiriladi.
2.3. Payvand choklar va birikmalar
Payvand choklarning turlari
Payvand choklar shakliga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
- uchma-uchli payvand choklar;
- burchakli payvand choklar;
-
o’yma payvand choklar.
Payvand birikmalarning turlari
Payvandlanadigan detallarning birikish xusussiyatiga ko’ra
payvand birikmalarning quydagi turlari ajratiladi
- uchma uch birikmalar;
- burchakli birikmalar;
- tavr birikmalar;
- ustma-ust birikmalar;
- toretsli birikmalar.
|