Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaningishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
Qonunchilikda belgilangan foyda solig‘i bo‘yicha yil davomida
hisoblangan bo‘nak to‘lovlari va qayta hisoblash bo‘yicha haqiqatda foydadan
to‘lovlarni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar mo‘ljallangan:
9810 “Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”;
9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
bo‘yicha xarajatlar”.
Yil davomida budjetga foydadan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha
hisoblangan to‘lovlar 9810 “Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan
hisoblanadigan boshqa soliq va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar”hisobvarag‘ining
debetida budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni (turlari bo‘yicha) hisobga oluvchi
hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Hisobot davri tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzilganda 9810 “Foyda
solig‘i bo‘yicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliq va
yig‘imlar
bo‘yicha
xarajatlar”hisobvarag‘i
9910 “Yakuniy
moliyaviy
natija”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda yopiladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini
hisobga oluvchi hisobvaraqlar bo‘yicha analitik hisob soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarning turlari bo‘yicha yuritiladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini
hisobga oluvchi hisobvaraqlar bog‘lanishini quyidagi namunaviy xo‘jalik
operatsiyalari misolida ko‘rib chiqamiz:
1)
Foydadan budjetga to‘lovlar bo‘yicha yil davomida hisoblangan summalar:
D 9810 “Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”
D 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
bo‘yicha xarajatlar”
K 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”.
2)
Hisobot davrining oxirida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash
uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9910 “Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar” K 9810
“Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”
K 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar”.