Asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan
moliyaviy natijani (foydani yoki zararni) aniqlashda
ilgari qayta baholangan
asosiy vositalarning hamda boshqa mol-mulkning narxini oshirish summasining
ushbu asosiy vositalarni va boshqa mol-mulkni oldingi narxni pasaytirish
summasidan ortiq summalari asosiy vositalar hamda boshqa mol-mulkning chiqib
ketishidan olingan daromad tarkibiga kiritiladi.
Soliq to‘lovchi tomonidan tekin olingan mol-mulk va (yoki)
xizmatlar soliq
to‘lovchining daromadi deb e’tirof etiladi.
Mol-mulkni (xizmatlarni) tekin asosda olish chog‘ida oluvchi shaxsning
daromadlari, ushbu mol-mulkning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan
holda aniqlanadi.
Tekin olingan mol-mulkning (xizmatlarning) bozor qiymati hujjat bilan
tasdiqlanishi kerak. Xususan, quyidagilar shunday hujjatlar bo‘lishi mumkin:
1)
yuklab jo‘natishga, yetkazib berishga yoki topshirishga doir hujjatlar;
2)
mahsulot yetkazib beruvchilarning narxga doir ma’lumotlari
(praysvaraqlar);
3)
ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar;
4)
birja xabarlari;
5)
davlat statistika organlarining ma’lumotlari.
Qarz beruvchiga foizli daromad to‘lash majburiyatisiz qarz (qaytarish sharti bilan
moliyaviy yordam) olish chog‘ida qarz oluvchining daromadi qarz (qaytarish
sharti bilan moliyaviy yordam) olish sanasida O‘zR
MB tomonidan belgilangan
qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Qarz
beruvchining daromadini aniqlashning xuddi shunday tartibi qarz (qaytarish sharti
bilan moliyaviy yordam) olish sanasida stavkasi O‘zR MB tomonidan belgilangan
qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lgan foizlar to‘lash sharti bilan berilgan
qarzlarga (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordamga) nisbatan qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: