17-mavzu: Murakkab sintaktik butunlik va punktuatsiya Reja


Tinish belgilarining vazifasi



Yüklə 68,27 Kb.
səhifə3/6
tarix22.12.2023
ölçüsü68,27 Kb.
#189852
1   2   3   4   5   6
17-mavzu Murakkab sintaktik butunlik va punktuatsiya

Tinish belgilarining vazifasi
NUQTA VA UNING QO’LLANISH O’RINLARI
1. Tuzilishidan qat'i nazar, tinch ohang, oxiri pasayuvchi, so’nuvchi intonatsiya bilan aytiladigan gaplar (darak gap)ning oxiriga nuqta qo’yi-ladi. Bunday ohang "nuqta" ohangi deb yuritiladi: Tong shabadasi g’ir-g’ir esa boshladi. (O.) Erta bahor. Daraxtlar uyg’ona boshlagan. (U.)
2. Orzu-istak, iltimos, maslahat ko’rinishidagi buyruq gaplarning oxiriga nuqta qo’yiladi: Jonajon vatan, mehring men qalbimga jo etsam. (Kamtar) Sabo, arzimni yetkur, mohitobon bir kelib ketsin. (H.H.)
3. Remarka ko’rinishidagi gaplar oxiriga nuqta qo’yiladi: Shohista. (asta) Hamdam aka, Hamdam (aylanib orqasiga qaraydi va Shohistani ko’radi.). Shuningdek, davomi bor. boshi 3-sonda. tipidagi iboralarning oxiriga ham nuqta qo’yiladi.
4. Numerativlar bilan sanab ko’rsatilgan gaplarning oxiriga ham nuqta qo’yiladi: Paxta yig’im-terimiga faol ishtirok etgan quyidagi talabalar mukofotga takdim etilsin:
1. Do’stov Norboy – o’zbek filologiya yo’nalishining 3- kurs talabasi.
2. To’xtayev Xo’jayor – o’zbek filolotiya yo’nalishining 1- kurs talabasi.
Reja:
1. Til sinfiy emas.
2. Til jamiyatning ko’rash va rivojlanish qurolidir.
3. ...
5. Darak gaplardan tashkil topgan sarlavhalar oxiriga nuqta qo’yi-ladi: Paxta nobudgarchiligiga qarshi kurash xalq nazoratchilarining burchi. (gazeta)
6. Bosh harflar yoki bo’g’inlar bilan ko’rsatilgan shartli qisqartma-lardan so’ng: A. Navoiy, A.S. Pushkin kabi.
7. Havolada muallif nomidan keyin: G’.G’ulom. Tanlagan asarlar. –T.: 1985.
8. Matematikada nuqta ko’paytiruv alomati sifatida qo’llanadi: 2.2=4, 3.3=9
9. Ba'zan nuqta sanalarda, kun, oy va yillarni ajratish, murakkab sonlarni guruhlash uchun ishlatiladi: 20.XI.2010.; 01.03.2010.; 54.400.
SO’ROQ BELGISI VA UNING QO’LLANISH O’RINLARI
1. So’roq mazmunini anglatuvchi gaplardan keyin qo’yiladi: Motor-ning qayeriga o’q tekkan ekan? Samolyot havoda yana qancha tura olishi mumkin ekan? Benzin baklari yorilib ketmasmikin? (kinojurnal-dan).
2. Matnlarda biron so’z, jumla noaniqlik, gumon, anglashilmovchilik bildirsa, bunday so’z yoki jumladan so’ng so’roq belgisi qavsga o’ralgan holda qo’yiladi: Pomir tog’lari bo’ylab qilingan ilmiy izlanish natijalari ham to’plamdan joy olmaganligi (?) ajablanarli! ("F.T.")
3. So’roq gap bilan ifodalangan sarlavhalardan keyin so’roq belgisi qo’yiladi: Xo’jalik yilini qanday yakunlayapsiz? (radiodan) Oilaviy shirkat usuli qanday samaralar berdi? (radiodan)
4. So’roq olmoshlari so’roq ma'nosi uchun ishlatilsa, ulardan keyin so’roq belgisi qo’yiladi: To’ldiruvchi kimni? nimani? kim bilan? nima bilan? so’roqlariga javob bo’ladi.

Yüklə 68,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin