17-mavzu. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi


Interyerning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat



Yüklə 242,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix28.09.2023
ölçüsü242,72 Kb.
#150072
1   2   3   4   5   6   7   8
1146 (1)

Interyerning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat
devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib,
bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Ko‘pincha naqqoshlik 
ganch o‘ymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. Ayniqsa, Toshkentda keng tarqalgan 
o‘simlik naqshlari - majnuntol, anor, xrizantema butalarining yoyilgan shoxlarini ko‘plab
uchratish mumkin. Bu lavhalar faqatgina bezak emas o‘z falsafiy ma’nosiga egadir. Masalan,
majnuntol - sevgi sog‘inchi, anor - serhosillik, lola - bahor, gulsafsar - osoyishtalik va uzoq 
umrni anglatgan. An’anaviy badiiy hunarmandchilik buyumlari patnislar, ko‘zachalar har biri
o‘zining betakror xislatlariga ega bo‘lib, ularni xarid qilishgina emas, balki ulardan
zavqlanish, ularning donoligini tushunish va ularning badiiy qimmatiga baho berish muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu yodgorliklar estetik kechinmalar manbayi hamdir. Hech bir
o‘zbek xonadoni yo‘qki unda kulolchilik, badiiy kashtachilik, zargarlik buyumlari bilan
bezatilmagan bo‘lsin. O‘rta asr Sharq miniatyuralari rangtasviridan olingan bezaklar interer
dizayniga ham kirib kelishi milliy turmush estetikasining yuksalishida muhim ahamiyat kasb 
etib qolmay, yangi-yangi an’analarni vujudga keltirmoqda. 

Yüklə 242,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin