17-mavzu. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi



Yüklə 242,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix28.09.2023
ölçüsü242,72 Kb.
#150072
  1   2   3   4   5   6   7   8
1146 (1)



17-mavzu. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi 
 
Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi. 
Ma’lumki, qadim-qadim davrlardan beri kishilar o‘zlarini qurshab turgan tabiat, unda sodir
bo‘ladigan turli-tuman o‘zgarishlarni kuzatganlar. Borliqni asosiy shakllaridan bo‘lgan
tabiiy borliq, uning o‘ziga xosligi, tabiatni tashkil qilgan narsa va hodisalar, barcha organik 
va noorganik moddalar olami, o‘simliklar va hayvonot dunyosi insoniyatni qiziqtirgan eng
asosiy muammolardan bo‘lgan. Nafaqat tabiat balki tabiat go‘zalligi, uning estetik
tarbiyaviy ahamiyati masalalari ham qadimdan mutafakkir va donishmandlarni qiziqtirib
kelgan. Insoniyat ma’naviy yuksalishidagi eng buyuk nuqtalardan biri uni tabiat va odamzod 
hayotidagi o'zaro uyg‘unlik va mutanosiblikning mavjudligini idrok etish, tabiat va 
dunyoning tartibli yaratilishi haqidagi tushuncha bolgan.Go‘zallik haqidagi ilk tasavvurlar ham 
tabiat bilan bog‘liqdir. Tabiatdagi organizmlarning har biri o‘z holicha emas, balki boshqa 
organizmlar bilan bogliq holda yashaydi. Nabotot olami ham, hayvonot olami ham quyosh,
suv, havo, tuproq ta’sirida yashaydi, rivojlanadi. O‘zbek xalqi tabiatga tarixan uzoq
davrdan buyon mehr bilan qarashga, uni asrab-avaylashga o‘rganib kelgan. Bu milliy
bayram, qadimiy an’ana, urf-odatlarda ham yaqqol ko‘rinadi. Xususan, O‘rta Osiyo
xalqlarining har yili nishonlanadigan Navro‘z bayrami, asrlar davomida ona Yerga va 
tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, uni
ardoqlash tuyg‘ularini tarbiyalagan. 
Tabiatga estetik munosabat xususida Qadimgi Xitoy daochilik ta’limotida ham o‘ziga xos 
yondoshuv mavjuddir. Daosizm ta’limotida Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosida
vujudga kelgan, u tabiatning bir qismi, uning vazifasi fazilat (de) yo'lidan borish. Har
qanday sun’iy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini o‘zgartirishga intilish odamlar
uchun halokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbayi tabiat joriy
etgan qonunlardan chekinishdir. Shu sababli, Laoszi nazdida faoliyat - daoga qarshi
qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili «uvey»- faoliyatsizlik,
donishmand kishining «dao»si - bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida 
tabiatga qarshi bo‘lmagan faol xatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos 
faoliyatdir. Tabiat go‘zalligini asl holda saqlash va uni ko‘rish, his qilish daochilikda
muhim ahamiyat kasb etgan.
Go‘zallik haqidagi tasavvurlarning tabiat bilan bog‘liqligi yunon falsafasida ham namoyon 
bo‘ladi. Qadimgi yunonlar olamning tartibli ekanligini, uyg‘unlik va go‘zallik bilan bog‘liq 
idrok etishgan. Tabiatdagi go‘zallik bu qarama-qarshilikning kelishuvi, bu osoyishtalikdir.
Tabiatning dialektik taraqqiyoti, undagi go‘zallikning o‘ziga xosligi tahlil etilgan. Qur’oni 
Karim va Hadisi shariflarda Islom qonun va qoidalari, shariat ahkomlari bilan bir qatorda
atrof-muhitni toza saqlash, tabiat boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni isrof qilmaslik,
insonning yashash tarzi, shaxsiy gigiyenasi, zurriyotni tozaligiga, о’simlik-hayvonot
dunyosini asrashga, umuman ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilgan. 
Tabiatdagi eng oddiy narsa va hodisalar mazmuni va shakli uyg‘unligi bilan go‘zaldir.
Go‘zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo‘lib, aniq hissiy ta’sir o‘tkazish
orqali insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik, zavqlanish,
tola ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga imon yaratadi. Go‘zallik doimo foydalidir, 
lekin bu foydalilik jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga moljallangan bo‘ladi. Tabiatdagi 
go‘zallik ijtimoiy hayot go‘zalligidan, foydali amaliy faoliyatidagi go‘zallik badiiy ijoddagi 
go‘zallikdan farq qiladi. Lekin go‘zallik qanchalik o‘zining rango-rangligi bilan ajralib tur-
masin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega bo'lib, mana shu umumiy tub 
belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy-falsafiy istiloh-go‘zallik tushunchasi orqali
talqin etish imkoniyati mavjud. 
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi birdaniga paydo bo‘lmagan, albatta, u
sekin-asta, inson zoti va tabiati rivojlanib borgani sari shakllanib borgan. Inson atrofidagi


tabiatni o‘zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi,
olchanadi, inson uchun tabiatning go‘zallik va xunuk tomonlari ayon bo'la boshlaydi. 
Biz yashab turgan asrda insoniyat ulkan vayron qilish qudratiga ega bo'lgan ishlab chiqarish
kuchlariga ham ega bo‘lib qoldi. Shu narsa aniq-ravshan bo‘lib bormoqdaki, tabiatga faqat 
moddiy manfaatdorlik nuqtayi nazaridan munosabatda bo‘lish salbiy oqibatlarga ham olib
keladi. Insoniyat hozir tabiatni, atrof-muhitni himoya qilib, undan oqilona tarzda foydalanib,
ayni vaqtda, tabiiy hamohanglik sirlari ichiga yanada chuqur kirib borib, o‘ziga uning
yangidan-yangi mo‘jizalarini ochmoqda, undan ta’lim saboqlari olmoqda. Tabiatning estetik 
jihatlari. Darhaqiqat estetik go‘zalliklarning xilma-xil ko‘rinishilari orasida tabiat go‘zalligi 
inson uchun hammadan ko‘ra yaqinroq va tushunarliroqdir. Tabiat bilan yaqin bo‘lishga 
ichki bir intilish, undagi go‘zallik, nafosat olamiga oshno bo‘lish barcha uchun xosdir. Tabiat 
butun tabiiy xilma-xilligi bilan bizni o‘rab turgan dunyo demakdir. Jonli va jonsiz tabiat
o‘zining murakkab qonunlari asosida yashaydi va rivojlanadi.Tabiat estetikasi insonga tabiiy 
go‘zallik va uyg‘unlikni ko‘rish va qadrlashni o‘rgatadi. Tabiatdagi har bir hodisaning
go‘zal va takrorlanmasligini sezish mumkin. Inson tabiatdagi go‘zallikni avvalo ko‘rish 
orqali idrok etadi, uni tabiatdagi ranglar va shakllarning uyg‘unligi, tabiiyligi zavqlantiradi.
Masalan, bahorda olamning gulga burkanishi, yozda o‘rmonlarning yashillika burkanishi,
kuzda esa olovdek tovlanishi, barglarning qizg‘ish rangi, qishda oppoq qorga burkangan qir-
adirlar barchaga estetik zavq beradi. 
Tabiat go‘zalligini his etish va idrok etish uchun uning uch jihatini tushunish lozim. Bu tabiiy 
organizmning o‘ziga xos tuzilishi, uzaro mutanosibligi, doimiy harakatda, rivojlanishda bo‘lgan
jonli organizmning o‘ziga xos xususiyatini, tabiiy obyektlarga xos bo‘lgan dekorativ go‘zallik,
masalan, kapalak qanotlari, yoki tovus patlaridagi ajib bir uyg‘unlik va go‘zallikni ajrata bilish 
lozim. Bu ayniqsa san’at orqali yetkazib beriladi.Tabiat estetikasi tabiatni sevishni, uning 
go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bolishni o‘rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar uchun 
yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok 
etishni taqozo qiladi. Mustaqillik yillarida shahar va qishloqlarimizning qiyofasi butunlay
o'zgardi, yangidan-yangi inshootlar qad ko‘tardi. Barpo etilayotgan yangi ko‘chalar, yo‘llar,
maydonlar, insonda yuksak mas’uliyat, go‘zalliklarni asrash va vatanparvarlik ruhiyatini
uyg'otishi bilan birga dizaynning insonparvarlik mohiyatini namoyon qiladi. 

Yüklə 242,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin