17-mavzu. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi


Zamonaviy shaharsozlik estetikasi



Yüklə 242,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix28.09.2023
ölçüsü242,72 Kb.
#150072
1   2   3   4   5   6   7   8
1146 (1)

Zamonaviy shaharsozlik estetikasi
inson kamolotida muhim o‘rinni egallaydi. Har bir 
viloyat, shaharning o‘ziga xos shaharsozlik an’analari mavjud bo‘lib, ular davrlar mobaynida 
takomillashib, milliy va zamonaviy an’analarni uyg‘unlashtirib boradi. 
Mustaqillik yillarida shaharsozlik beqiyos o‘zgarishlarga, taraqqiyotga yuz tutdi. Shaharlarda 
nafaqat tarixiy obidalar qayta tiklandi, balki ziyoratgohlar obodonlashtirildi, qator zamonaviy
kasb-hunar kollejlari, maktablar, zavodlar, fabrikalar, sport maydonlari, shifoxonalar, 
mehmonxonalar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, bozorlar, yo‘llar, ko‘priklar, savdo majmualari, 
favvoralar, gulzorlar barpo etildi. Ayniqsa keyingi yillarda bu sohada muhim o‘zgarishlar


bo‘ldi. Turar-joylarni takomillashtirish, badiiy loyihasini muhandis, dizayner mutaxassislar 
yordamida qulay, chiroyli, shinam bolishiga erishish uchun maxsus loyihalar qabul
qilinmoqda. Zamonaviy shaharsozlik dizaynini takomillashtirish uchun «Davlat arxitektura va 
qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya
va normativlari, kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish,
Shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini qayta ko‘rib chiqish» taqozo etiladi. 
Bugun O‘zbekistonning barcha shaharlarida katta hajmdagi qurilish va obodonlashtirish
ishlari olib borilmoqda. Viloyat markazlari Nukus, Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand,
Buxoro, Guliston, Qarshi, Termiz kabi shaharlarni zamonaviy me’morlik talablari asosida
tubdan qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday keng ko'lamli ishlar
natijasida Samarqand shahri jahondagi inson o‘z umri davomida albatta borib ko‘rishi zarur 
bolgan 50 shaharning biriga aylandi. Buyuk Britaniyaning «Ekonomist» jurnalida e’lon
qilinishicha Toshkent shahar obodligi va yashash uchun qulayligi jihatidan dunyo
reytingida 140 ta shahar orasida 58 o‘rinni egalladi. Bu misollarning barchasi madaniy
makonda dizaynning o‘rni va roli ortib borayotganini ko‘rsatadi. Nafaqat Toshkent, balki
butun O‘zbekistonning go'zalligi dunyoga namoyon qilinmoqda. Bunda funksionallik va
badiiylik, foydalilik va go‘zallik, tejamkorlik va ta’sirchanlik, qulaylik va shinamlik kabi
dizayn paradigmalari madaniy makonni shakllantirishning asosiy omili boladi va dizaynning 
insonparvarlik maqsadini namoyon etadi. Bu milliylik va umuminsoniylik uyg‘unligi, urf-odat
va an’analar, tarixiy tajribaga asoslangan holda sog‘lom turmush tarzi va qulay sharoit
yaratib berish, bir so‘z bilan aytganda yurtimizdagi obodlik va farovonlik bilan belgilanadi. 
Dizaynning estetik xususiyatlari. Italyanchada loyiha, rasm ma’nolarini anglatuvchi disegno
so‘zi o‘rta asrlarda inson tabiatida mavjud bolgan ijodkorlik xususiyatlarini ham
ifodalagan. Ammo, «ingliz tilidagi design so‘zi birinchi marta 1919-yil ingliz rassomi
Djozef Sinelo tomonidan sanoatda ishlab chiqarilgan narsalar namunasiga nisbatan qollanilgan.
Bunda u aniqroq ifodalash uchun industrial so‘zini kiritib «industrial design» sanoatga,
uning taraqqiy etgan mashina texnikasi va seriyali ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yangi
badiiy predmetli ijod sohasini anglatuvchi so‘z birikmasini qollaydi. Vaqt o‘tishi bilan bu
termin xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib bordi». 
Dizayn avval narsa va buyumlar olamini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish
maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati bo‘lsa bugunga kelib inson faoliyatining barcha 
yo‘nalish va ko‘rinishlarini qamrab olib, nufuzli, keng tarqalgan ijodiy faoliyatga aylandi.
Narsa va predmetlar, atrof-muhitni loyihalar ekan dizayner ayni paytda inson va uning hayot
tarzini ham loyihalaydi. Dizaynning eng asosiy estetik xususiyatlaridan biri, mahsulot
sifatini oshirishning ta’sirchan vositasi ekanligidadir. U ilmiy tafakkurning so‘nggi
muvaffaqiyatlarini o‘zida gavdalantiradigan, eng yuksak texnikaning iqtisodiy, estetik va 
boshqa iste’molchilik talablariga javob beradigan, jahon bozorida raqobatbardosh
bolishi kerak, bunda esa hal qiluvchi omil dizayndir. Dizayn bu ijodiy faoliyat bolib, uning 
maqsadi sanoat mahsulotlari shakli va sifatini beigilab berishdir. Bu xususiyatlar mahsulotning
tashqi belgilarini qamrab oladi, shu bilan birgalikda mahsulotni xaridor-iste’molchi nuqtayi 
nazarida ham, tayyorlab yetkazib beruvchi nuqtayi nazaridan bir butunlikka olib keluvchi
funksional va strukturaviy aloqadorligini ham o‘z ichiga oladi. Dizayn amaliy san’at
sohalarini sanoat olamiga ham tatbiq etib, mahsulot shaklini faqat mantiqiy tuzilish,
maqsadga muvofiq emas balki, hissiyotlarga ta’sir etishini ta’minlaydi. Dizayn bugun 
jamiyatning ilmiy-texnik va estetik darajasini ham ko‘rsatadi. Bu biz kundalik
amaliyotimizda qo‘llaydigan mehnat qurollaridan tortib, uy jihozlari-yu, kommunikatsion
vositalar televizor, kompyuterlarda ham namoyon bo‘ladi. Bugungi kunga kelib dizayn kirib 
bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Shaharsozlikdan tortib, xonadonimiz interer (ichki ko‘rinishi) va
ekstereri (tashqi ko‘rinishi), transportdan tortib, mehnat vositalarigacha, maishiy turmush
buyumlar olamidan tortib, liboslar, daftar-kitobdan tortib, gazeta-jurnallargacha ularning
ishtiroki zaruriyatga aylanib qolgan. Dizayn so‘zining o‘zi inglizcha chizish, loyihalash
ma’nosini anglatadi. U inson moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun iste’mol 


buyumlari olamini uyg‘unlashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyatdir. Mustaqillikdan so‘ng aholi
turmush darajasining yuksalayotganligi, estetik madaniyatning takomillashib borayotganini
kuzatish mumkin. Bunda dizayn katta rol o‘ynamoqda. Bugungi dizayn moddiy ishlab
chiqarish muhitini estetik qayta qurish, uni xalqimiz manfaatlari va ehtiyojlariga mos
keltirishga xizmat qilmoqda.

Yüklə 242,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin